M. Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxutektura qurilish universiteti


Download 18.39 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi18.39 Kb.
#1176173
Bog'liq
SamDAQU 501


M.Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxutektura qurilish universiteti
Arxitektura fakulteti
Diplomant: Jamolov A.
SamDAQU 504-Arx guruhi bitiruvchisi Jamolov Avazbekning “Samarqand shahridagi shaharlararo avtovokzal loyihasi” mavzusidagi diplom loyihasiga
TAQRIZ
Maskur diplom loyihasi Samarqand shahrining kelajakdagi ravnaqi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan obyektni qurish uchun loyihadir. Tanlangan joy ham Samarqand shahrining rivojlanishi hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda talabga javob beradi.
Loyihalanayotgan avtovokzal binosining arxitektonikasi, arxitekturasi, uning me’moriy-rejaviy arxitekturaviy obrazi avtovokzal bosh rejasi obyektining magistral yo’l bilan bog’lanish yechimlari Samarqand shahrining hozirgi halqaro maydon miqyosidagi mavqeyiga, mahalliy va xorijiy turistlarning zamonaviy ehtiyojlariga mos kelishligi masalalari yuqori saviyada yechilgan bo’lishi kerak. Ana shu talablardan kelib chiqqan holda 504-Arx guruhi diplomanti Jamolov Avazbekning bajargan diplom loyihasining kasbiy saviyasiga, loyihaning tarkibi va hajmiga yaxshi baho qo’yish mumkin.
Diplomant A.Jamolov avtovokzalning ma’ishiy-rejaviy yechimini arxitekturaviy zamonaviy talablar asosida ochishga harakat qilgan. Avtovokzalning funksiyaviy texnologiyasini, me’moriy va shaharsozlik nuqtai nazaridan yaxshi tashkillashtirishga, ushbu progressional masalalarni yaxshi tushunishga harakat qilgan va uning yechimini ishlab chiqqan.
Shu bilan birga loyihada ayrim kamchiliklar ham mavjud: Kamchiliklar avto vagzalni joylashuvida bosh rejada, avftobuslarni kelib ketishida va konstruktiv yechimida kamchiliklar mavjud.
Umuman olganda bitiruvchi talaba A.Jamolovning universitetdagi o’qishi davomida olgan nazariy bilim va ko’nikmalarini, hamda erishgan kasbiy mahoratini, bajargan diplom loyihasi va komyuterda ishlash ko’nikmalarini yaxshi baholash mumkin. Shu munosabat bilan men bitiruvchi A.Jamolovning diplom loyihasini Yakuniy Davlat Komissiyasi oldida himoya qilishiga tavsiya etaman.
Taqrizchi: “ MOVORUNNAHR ARCH DESIGHN ” Xudoyberdiyev K.
(F.I.Sh., ish joyi, ilmiy unvoni, lavozimi)
Download 18.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling