M. X. Tadjieva Toshkent Pedagogika kolledji direktori,p f. n


Muxim kasbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsning sifatlari; 2


Download 0.79 Mb.
bet21/35
Sana09.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1472888
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Bog'liq
loyiha 2 umk

1.Muxim kasbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsning sifatlari;
2.Pedagogik jarayonni shaxsga yo’naltirish asosidagi mualliflik texnologiyalar.
3. Shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim texnologiyasi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o’qituvchi innovasiya faoliyatiga bo’lgan zaruriyat quyidagilar bilan o’lchanadi:
"ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o’quv jarayoni
texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o’qituvchining innovasiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va foydalanishdan iborat bo’ladi;
"ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o’qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
"pedagogik yangilikni o’zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o’qituvchining munosabati xarakteri o’zgarishi.
O’qituvchining innovasion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovasiyani ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi. Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o’zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo’llanish mashxurligi darajasi va sohasiga ko’ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, sub'ektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik me'yori o’qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.
Natijalilik o’qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Pedagogik yangilik o’z mohiyatiga ko’ra ommaviy tajribalar mulki bo’lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o’qituvchilarning faoliyatiga olib kiriladi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob'ektiv baho olgandan so’ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
O’qituvchining innovasion faoliyati o’z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi.
Innovasion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
V.A. Slastenin tadqiqotlarida o’qituvchining innovasion faoliyatga bo’lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:
"shaxsning ijodiy-motivasion yo’nalganligi, bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy
yutuqlarga intil ish; peshqadamlikka intilish; o’z kamolotiga intilish va boshqalar;
"kreativlik, bu - hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo’lish, tavakkal qilish,
tanqidiy fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o’zicha mushohada yuritish, refleksiya;
"kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati;
pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konsepsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o’zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;
"o’qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur'ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat'iyatlik, o’ziga ishonch; mas'uliyatlilik, halollik, haqiqatgo’ylik, o’zini tuta bilish va boshqalar.
Innovasion faoliyat tadqiqotlari o’qituvchining innovasion faoliyatga hozirligi me'yorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastenin):
"innovasion foliyatga bo’lgan zaruriyatni anglash;
"ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik;
"shaxsiy maqsadlarni innovasion faoliyat bilan moslashtirish;
"ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga shaylik;
"innovasion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;
"innovasion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta'siri;
"kasbiy refleksiyaga bo’lgan qobiliyat.
Oliy maktabdagi innovasiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari,
o’qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovasion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi.
Innovasion faoliyatda eng muhim masalalardan biri - o’qituvchi shaxsidir.
O’qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo’lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg’ullikni, ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o’ch bo’lishi lozim.
O’qituvchini innovasion faoliyatga tayyorlash ikki yo’nalishda amalga oshirilishi lozim:
"yangilikni idrok qilishga innovasion shaylikni shakllantirish;"yangicha harakat qila olishga o’rgatish.
Innovasion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o’quv-bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega.
Innovasiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o’rganish oliy maktab o’quv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
Pedagogik jarayonni shaxsga yo’naltirish asosidagi mualliflik texnologiyalar.
Erkin saxsni sakllantiris muammosi ta‘lim tizimda o‘quv-tarbiyaviy ishlarini pedagogik texnologiya “rels”iga o‘tkazisni taqozo etadi. Albatta, bu jarayon oson kechmaydi: bugun ixtiyoriy qurilayotgan va joriy etilayotgan o‘qitis tizimini qat‘iyan ilmiy asoslangan pedgogik tizimga aylantiris kerak. Aslida ham ijtimoiy tajriba elementlari – bilim, ko‘nikma, ijodiy faoliyat, ob‘ektiv borliqqa munosabatlar – pedagogik jarayon mahsulidir va ma‘lum pedagogik tizim doirasida sakllantiriladi. Pedagogik texnologiya esa amaliyotga joriy etilayotgan pedagogik tizim loyihasidir. Unda pedagogik tizim nima? Uning tarkibi qanday? Bu savollarga javobni mavjud pedagogik nashrlardan topish mumkin.
N. V. Kuzmina pedagogik tizim o‘zida ta‘lim va tarbiya maqsadiga bo‘ysundirilgan o‘zfaro bog‘liq tarkibli elementlardan tashkil topisini uqtiradi, ular: pedagogik maqsad; o‘quv va ilmiy axborot; pedagogik aloqa vositalari; o‘quvcilar va pedagog. V.P.Bespalkoning ta‘rifiga ko‘ra “Pedagogik tizim ma‘lum saxs sifatlarini sakllantirisga tartibli, aniq maqsadni ko‘zlab va oldindan o‘ylab pedagogik ta‘sir etishni vujudga keltiris uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq vositalar va jarayonlar yig‘indisidir”.
Binobarin, har bir jamiyatda saxsni sakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravisda pedagogik tizim mavjud bo‘lisi kerak. Agar maqsad o‘zgarsa mavjud tizim ham o‘zgarisi muqarrardir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalasda bos maqsad qilib qo‘ydi. Demak, Milliy dastur ta‘lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi hisoblanib, milliy istiqlol mafkurasining mohiyat-mazmuniga to‘liq mos keladi. Faqat ijtimoiy (davlat) buyurtmasigina ta‘lim-tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab beradi yoki oliy (o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar) ta‘lim uchun pedagogik tizimning mavjudlik sartlarini kafolatlaydi.
Har qanday pedagogik tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi invariantiv elementlardan tashkil topadi: 1 – o‘quvcilar (talabalar); 2 – ta‘lim (tarbiya) maqsadlari; 3 – ta‘lim (tarbiya) mazmuni; 4 – didaktik jarayonlar; 5 – tashkiliy sakllar; 6 – pedagog yoki o‘qitishning texnik vositalari.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim texnologiyasi. Bu texnologiyaning mohiyatini cuqurroq anglas uchun akademik Bespalko B. P. Tomonidan yaratilgan “didaktik jarayonini bosqaris tizimining rivojlanis spirali”ni tahlil qilish kerak bo‘ladi.
“Yo‘naltirilgan axborotli jarayon” (YAJ) ordinatasiga ta‘limni tashkil etishning yakka tartibli sakli joylastirildi. “Tarqoq axborotli jarayon” (TAJ) ordinatasiga esa – guruhli. Tabiiyki, masg‘ulotning guruh sakli yakka tartibdagi saklidan iborat bo‘ladi, keyin esa rivojlanisning birmunca yuqori darajasida yakka tartibli sakliga yana qaytadi. Demak, “maslahatci” (3) tizim tabiiy holda “guruhli ta‘lim”ga (1) ko‘tariladi, uning sezilarli darajadagi kucsizligi “repetitor” (7) tizimini vujudga keltiradi.
Repetitorlik “kichik guruh”(5) o‘lchamigacha kengayish sabablarini tasavvur qilish qiyin emas.
XVI asrga kelib nasr islaridagi inqiloviy o‘zgarislar ta‘lim tizimida “darsliklar”ni (4) qullas imkoniyatini tug‘dirdi. Kommunikattsiya sohasidagi texnikaviy taraqqiyot esa sinf va xonadonlarni axborotli uzatis vositalari bilan jihozlanadi. Kompyuterlarning vujudga kelishi didaktik jarayonni yopiq bosqaris imkoniyatlarini tug‘dirsada-da, o‘quvcilarning individual qobilyatlarini hisobga olmadi (dasturli ta‘lim - 6). Shaxsiy kompyuterlar texnikasining rivojlanisi psixologik-pedagogik bilimlar o‘sisi bilan hamkorlikda saxsga yo‘naltirilgan ta‘lim muammosini keltirib chiqarmoqda.
Akademik B. P. Bespalko tizim 8 - yakka tartibli bilish faoliyatini dasturli bosqarisga alohida urg‘u berib “xalq ta‘limi tizimining barca bo‘g‘inlarida rivojlanisning yangi bosqicini ifodalaydi va o‘quvcilarning sog‘lig‘iga zarar yetkazmagan holda zaruriy musbat siljislarga olib keladi” debta‘kidlaydi. O‘zida aniq o‘rnatilgan didaktik masalalar va pedagogik texnologiyalarni mujassamlastirgan pedagogik tizim saxsga yo‘naltirilgan ta‘lim, deb ta‘riflanadi. Bu tizimdagi didaktik masalalarga qisqaca izoh beriladi. Hozirda mavjud yakkalasgan pedagogik tizimlar – umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta‘lim – saxsni tarbiyalas, ta‘lim beris va takomillastirisning yagona tizimiga aylanisi kerak. Saxsga yo‘naltirilgan ta‘lim barca turdagi ta‘limlarni yo‘nalislar bo‘yica integratsiyalasni taqozo etadi. Ta‘limning birinchi bosqicidayoq (maktabgaca ta‘lim) bolaning ehtimolli saxsiy yo‘nalishlari psixologik-pedagogik kuzatislar yordamida aniqlanadi, ma‘lum faoliyat turiga mos qobilyatlari, yangi iste‘dod nisonalari belgilab oligadi. Bu tabaqalastiris psixologik pedagogika sohasi bo‘lib, afsuski, kam tadqiq qilingan va kam islangan. Shu bilan birgalikda hammaga yaxshi ma‘lumki, shaxsning maxsus iste‘dod nishonalarini erta aniqlas va uni muntazam rivojlantirib boris vaqti soati bilan o‘z mevasini beradi – yangi g‘oya va faoliyat metodlarini haqiqiy yaratuvchisi tarbiyalanadi.

  • shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi;

  • davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;

  • uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi;

  • fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;

  • ishlab chiqarish kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.

Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo‘lishini va hayot o‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
Bugungi kunda bolalarni maktabgacha ta’limga jalb etish 20% ni tashkil etmoqda. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunning X1 moddasi maktabgacha ta’limga bag‘ishlangan. «Maktabgacha ta’lim» bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladi» deyiladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasida: maktabgacha ta’limning tarkibi va mazmunini qayta ko‘rib chiqish, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni, o‘zbek xalqining milliy an’analari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining o‘ziga xosligi, tilda o‘z aksini topuvchi tafakkur xususiyatlari xalq pedagogikasining ulkan tajribasi oiladagi o‘zaro munosabat, milliy o‘z-o‘zini anglash, boshqa xalq madaniyatidagi ijobiy xususiyatlarini uyg‘unlashtirish masalalari, maktabgacha va oila ta’limida hal etilmoqda.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • ta’limning ustuvorligi – uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intelektning nufuzi;

  • ta’limning demokratlashuvi – ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o‘tilishi;

  • ta’limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarining aniqlanishi va rivojlanishuvi, milliy va umubashariy qadriyatlar ustivorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;

  • ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;

  • ta’limning milliy yo‘naltirilganligi – ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;

  • ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;

iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun lozim-sharoit yaratish
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtiroq etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:

  • Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustivor ravishda tayyorlash;

  • Maktabgacha ta’limni samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;

  • Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;

  • Zamonaviy o‘kuv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun lozim-sharoitlar yaratish;

  • Maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo‘yicha malakali maslaxat ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;

  • Maktabgacha ta’lim va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ish mazmuni va vazifasi o‘quvchilarga fan asoslarini o‘rganish, ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga ularni tayyorlashdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim quyidagi bosqichlardan iboratdir

Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadilar. Boshlano‘ich ta’limning asosiy vazifasi va ish mazmuni umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, ko‘nikma va malaka asoslarini shakllantirishdan iboratdir.


Umumiy o‘rta ta’lim boshlano‘ich ta’lim negizida tashkil etilib, u o‘quvchilarga bilimning zarur hajmini beradi (umumiy o‘rta ta’lim DTS da belgilangan), ularda mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba-ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim doirasida bolalarning qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish maqsadida muayyan yo‘nalishdagi ixtisoslashtirilgan, maxsus ta’lim muassasalari (maktab-internatlar, musiqa, sport, xoreografiya hamda tasviriy san’at, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar va tarbiyaviy fan yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim beruvchi maktablar va boshqalar) ni tashkil etish mumkin.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’limning tarkibiy bo‘lib, uning vazifasi va ish mazmuni o‘quvchilarga muayyan yo‘nalishda mutaxassislik yoki kasb-hunar ma’lumotini berish va ularda bu boradagi amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir. O‘quvchilar to‘qqiz yillik umumiy-majburiy ta’limni tugatganlaridan so‘ng yana uch yil o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limini ixtiyoriy tarzda o‘zlashtiradilar. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida olib boriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan, shuningdek, ixtisoslik faoliyati yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘luvchi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beradi.
Akademik litsey o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini jadal o‘stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va muayyan mutaxassislikka yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi. Akademik litsey o‘rta maxsus uch yillik o‘quv yurti hisoblanadi. Ushbu o‘quv yurtida o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha bilimlarni oshirish va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Akademik litseylar asosan oliy o‘kuv yurtlari qoshida tashkil etiladi.
Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydigan omillardir. Shunday o‘quvchilar borki, ular o‘rta ta’lim jarayonida ma’lum yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarining iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni to‘o‘ri yo‘naltirish katta ahamiyat kasb etadi. Akademik litseylar aynan shu maqsadni amalga oshirishga iqtidorli, iste’dodli bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslik ma’lumotini olishni ta’minlovchi hamda uch yil davomida tashkil etiluvchi kasb-hunar ta’limini yo‘lga qo‘yadigan o‘quv yurtidir.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘o‘risida” gi Qonuniga ko‘ra akademik litsey va kasb-hunar kollejining maqomi tengdir. Mazkur turdagi o‘quv yurtlarida tahsil olgan o‘quvchilar oliy o‘quv yurtiga kirishda yoki tanlangan yo‘nalish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishda, konstitutsiyaviy haq-huquqlaridan foydalanishda teng huquqlidir. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari yuqorida qayd etilganidek, o‘z oldlariga qo‘ygan maqsadlari bilangina bir-biridan ma’lum ma’noda farq qiladi.
Kasb-hunar kollejlari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va boshqa ta’lim muassasalari turli yo‘nalishlarda tashkil etiladi. Shuni alohida qayd etish joizki, yangidan tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlari ayni vaqtda ishlab turgan bilim yurtlaridan ham mazmunan, ham shaklan tubdan farq qiladi. Bu farqlar nimalarda ko‘rinadi?
Yangi tipdagi kasb-hunar kollejlarining faoliyati, o‘quv jarayonini samarali texnika va texnologiya yutuqlari yordamida tashkil etilib, yuksak malakali usta, kichik mutaxassis tayyorlashdan iboratdir. Ta’lim jarayoni jahon talablariga javob beruvchi, istiqbolni ko‘zlab chiqilgan o‘quv rejasi va dasturlari asosida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari uchun ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari o‘zidan oldingi ta’lim bosqichi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini o‘zidan keyingi bosqichda turgan oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlari bilan o‘zaro boo‘liqlikda bo‘lib, ta’limning uzluksiz va izchillik tamoyiliga to‘la mos keladi.
Navbatdagi farq, kasb-hunar kollejlari pedagoglarining saviyasi yuqoriligi va ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyaning tatbiq etilganligidadir.
Kasb-hunar kollejlarida zamonaviy asbob-uskunalar, o‘quv-uslubiy qurollar, ko‘rgazmali vositalar, axborot texnologiyalar va kompyuterlar bilan jihozlanishi ham tubdan farq qiladi. O‘quv binolari, ustaxonalarning zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kasb-hunar kollejlarida ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxassislar tayyorlanadi. Yana bir afzalligi bunday o‘quv yurtlarida har hududning o‘ziga xos jo‘o‘rofiy va demografik shart-sharoitlari va mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlari hisobga olingan holda kadrlar tayyorlanadi.
Kollejlarda kadrlar tayyorlash jarayoni ikki yoqlama tizim asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarga beriladigan ishlab chiqarish ta’limi o‘quv muassasasining ustaxonalarida va ishlab chiqarish korxonalaridagi amaliyot bilan uzviy boo‘liq holda olib boriladi.
Umumiy o‘rta maktablarning to‘qqizinchi sinfini tugatganlar yakuniy davlat attestatsiyasi natijasini, o‘quvchi tomonidan yio‘ilgan reyting ko‘rsatkichlari hamda pedagogik-psixologik tashxis markazlarining tavsiyalariga asosan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muayyan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishni davom ettiradilar.

8-Mavzu: Pedagogning innovatsion faoliyati.


Reja:
1.Pedagogning ish mazmuni va mohiyati.


2.Pedagog tarbiyachi -nutq madaniyati.

Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir.


Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta’rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi”.
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy ahlok, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgӯylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va hayvonlarga g‘amxurlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi ahloqiy sifatlarni tarbiyalaydi.
Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal kilishi kerak:

  1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali pedagoglarning tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tadbiq eta oladigan bo‘lishi;

  2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa olishi;

  3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo‘lishi lozim. Ta’lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi;

  4. Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ularning diqqatini jalb kilib, faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;

  5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yishi;

  6. Kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;

  7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi;

  8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashtirib turishi;

  9. Pedagog bolalarga nisbatan hayrihoxlik munosabatda bo‘lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, hafa bo‘lsa ovuntara olishi;

  10. Kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak.

Eng muhimi – tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g‘ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling