M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 mundarija kirish


Strategiyaning maqsadlari va vazifalari


Download 1.5 Mb.
bet11/16
Sana26.01.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1128851
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari

Strategiyaning maqsadlari va vazifalari. Ushbu Bioxilma-xillikni saqlash strategiyasining konsepsiyasi O‘zbekiston rivojlanishning muvozanatli va barqaror shakliga erishishidan, u uzoq muddatli istiqbolda millatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlari bog‘liq bo‘lgan ekotizimlarning asosiy xizmatlarini ta’minlaydigan bioxilma-xillikni e’tirof etishi, baholashi va saqlab qolishidan iboratdir.
Strategiyaning maqsadi 2029 yilga kelib bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni, ekotizimlar faoliyat ko‘rsatishi va ular tomonidan asosiy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash uchun samarali va shoshilinch chora-tadbirlar ishlab chiqilishidan iborat.
Bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni, oziq-ovqat xavfsizligini, aholi yashashi uchun qulay muhitni hamda mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun 2029 yilgacha quyidagi strategik maqsadlar belgilandi:
bioxilma-xillik masalalarini davlat hokimiyati boshqaruvi organlari va butun jamiyatning faoliyatiga kiritish;
- bioxilma-xillikka to‘g‘ridan to‘g‘ri yuklamalarni qisqartirish, uning komponentlaridan oziq-ovqat landshaftlarida barqaror foydalanish;
- muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlar hududi tizimini rivojlantirish, ekotizim xizmatlari tomonidan ta’minlanadigan afzalliklar hajmini ko‘paytirish;
- salohiyatni rejalashtirish, yaratish va moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish yo‘li bilan biologik xilma-xillik saqlash va undan barqaror foydalanish samaradorligini oshirish.
Strategiya turli darajalardagi davlat va nodavlat tuzilmalari, aholining kelishilgan sa’y-harakatlarini safarbar qilishga, shuningdek, bioxilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan donorlarni jalb etishga yo‘naltirilgan.
Mamlakatning yanada iqtisodiy rivojlanishi, aholi sonining va tabiiy resurslarga bo‘lgan talabning o‘sishi sharoitlarida faqat “yashil iqtisodiyot” prinsiplariga amal qilish mamlakatning ekologik xavfsizligini, yerning uzoq muddatli mahsuldorligini ta’minlashga, biologik xilma-xillikni va ekotizimlarning asosiy xizmatlarini saqlab qolishga qodirdir.
Biologik xilma-xillik saqlab qolinishi va undan barqaror foydalanishni ta’minlash quyidagi asosiy yo‘nalishlarni amalga oshirish bilan bog‘liqdir:
- biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
- hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastri va monitoringi yuritilishini takomillashtirish;
- ushbu sohada siyosatni shakllantirish va kompleks qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan biologik xilma-xillikning holati va ahamiyati to‘g‘risidagi zamonaviy ilmiy axborotni takomillashtirish;
- muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish;
- eng zaif tabiiy ekologik tizimlar tanazzuli va fragmentatsiyasi sur’atlarini pasaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
- hayvonot va o‘simliklar dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazorat qilishni kuchaytirish;
- ekologik turizmni rivojlantirish;
- biologik xilma-xillikka nisbatan aholining xabardorligi va ekologik madaniyati darajasini oshirish.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling