M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 mundarija kirish


Download 1.5 Mb.
bet13/16
Sana26.01.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1128851
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari

birinchi bosqich (2019 — 2023-yillar) — qonunchilik bazasini takomillashtirish va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida beshta muhofaza qilinadigan tabiiy hudud barpo etish;
ikkinchi bosqich (2024 — 2028-yillar) — maqsadli ko‘rsatkichlarga va kutilayotgan natijalarga erishish.
Maqsadli ko‘rsatkichlar va kutilayotgan natijalar. Strategiyani amalga oshirish dasturlari bo‘yicha:
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 12 foizgacha kengaytirishga;
Orol dengizining qurigan tubini 1,2 mln gektargacha o‘rmonzorlashtirishga;
Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlarni 1000 tagacha ko‘paytirishga;
har yili 1000 tagacha tuvaloqlarni ko‘paytirish va tabiatga qo‘yib yuborishga;
markaziy bo‘g‘inga — davlat qo‘riqxonalarining etalon ekotizimlariga ega bo‘lgan biologik xilma-xillik komponentlari monitoringining yagona tizimini yaratishga;
zamonaviy bioaxborot texnologiyalar (GIS-texnologiyalar) asosida biologik xilma-xillikning davlat monitoringi va davlat kadastrining yagona axborot ma’lumotlar bazasini yaratishga;
uch tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) ish yuritadigan www.biodiversity.uz saytini yaratishga;
O‘zbekiston suv havzalarida qushlarning ovlanadigan turlari soni har yili hisobga olinishiga;
Quyimozor va To‘dako‘l suv omborlarini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suvli-botqoq joylar ro‘yxatiga (Ramsar Konvensiyasi) kiritish bo‘yicha materiallarni tayyorlashga va belgilangan tartibda berilishini tashkil etishga;
biologik xilma-xillikka bosim pasayishiga;
zarur moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga;
iqtisodiyotning barcha sektorlarida biologik xilma-xillikni saqlash masalalari integratsiya qilinishiga;
ilmiy bilimlarga va oldini oluvchi yondashuvga asoslangan tegishli kompleks qarorlar qabul qilinishiga va samarali amalga oshirilishiga erishiladi.
Strategiyani amalga oshirish uchun 2019-2028-yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgan. Harakatlar strategiyasi rivojlantirish strategiyalari va harakatlar rejalarini, sektorlar bo‘yicha dasturlar va boshqa rejalarni tahlil qilishga asoslangan va manfaatdor vazirliklar va idoralarni, ilmiy jamoatchilikni va ekologik nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etgan holda maslahatlashuv jarayoni yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan.


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling