M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 mundarija kirish


Download 1.5 Mb.
bet3/16
Sana26.01.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1128851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari

Kurs ishining tavsifi. Kurs ishi kirish, uch bob, olti paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat holda yoritib berildi. Kurs ishida bir nechtadan ortiq manbadan foydalanildi. Ishda 11 ta rasm va jadval keltirilgan. Ishning asosiy hajmi betni tashkil etadi.


I-BOB. Bioxilma-xillikni biosfera va inson hayotidagi ahamiyati
Bioxilma-xillik oʻzi nima. Inson va bioxilma-xillik o’rtasidagi o’zaro munosabatlar
Bioxilma-xillik nima va u qayerda? Qayerda hayot bo’lsa, o’sha joyda bioxilma-xillikning har xil formalari mavjud. Bioxilma-xillik: uyimiz atrofidagi bog’da ham, yoki yirik megopolis shaharlarda ham, hatto inson oyog’i etmaydigan abadiay qahroton Arktika muzliklarida, o’ta jazirama sahrolarda ham ko’pgina o’simlik va hayvonlar hayot faoliyatining izlarini uchratish mumkin. Harorat va namlikning har qanday ta’sirida tirik mavjudotlarning qaysidir formasi yashaydi.
Biz o’zimiz yashayotgan atrof-muhitni qayeriga qaramaylik hayotning xilma-xil formalariga ko’zimiz tushadi. O’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar o’z hayotiy muammolarini har xil yechadilar. Ular: hujum qiladigan yirtqichlardan o’lja sifatida yashirinadilar, o’simlikxo’r hayvonlardan o’zlarini himoya qiladilar, avlodlarini dunyoga keltiradilar va bu faoliyatlarning xilma–xilligi natijasida ekosistemalar strukturasi va xususiyatlari belgilanadi, shuningdek atrof–muhit o’zgarishiga qarshi turish, moslanishi shakllanadi. Hayotning bu abadiy chizig’ida ko’p sonli tirik jonzotlar dunyosi - mayda mikroorganizmlardan tortib, hayvonlar, o’simliklar muhim ahamiyatga ega.
Atrof-muhit uchun ulkan, qayta tiklab bo’lmas darajadagi bu yo’qotish – avvalambor inson hayot tarziga katta salbiy ta’sir qiladi. Yer biosferasi bioxilma-xilligi shuni ko’rsatadiki, juda oddiy formalardan biroz murakkabroq formalar shakllanadi. Shuning uchun biotsenozlarda mavjud bo’lgan o’ta murakkab komponentlardan tortib to juda oddiysigacha saqlab qolish o’ta muhimdir.
Bioxilma-xillikni Yerda hayot mavjudligini asosi, ya’ni uni “hayot matritsasi” deb atashmoqda. Sayyoramiz biosferasiga inson ta’siri masshtabi ko’lamini uning bioxilma-xilligi bilan inson o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni hisobga olish orqali tasavvur qilish mumkin. (1-rasm).
Yerning hayotni ushlab turuvchi asosiy sharoit – uning biosfera va uning tarkibiga kiruvchi ekosistemalar muvozanatni ushlab turish hisoblanadi. Biosfera ichida hududiy jihatdan nisbatan kichikroq toifadagi muvozanatlashgan ekosistemalar mavjud bo’lishi lozim. Boshqacha aytganda ma’lum miqdordagi landshaftda o’rmon, sahro, cho’l, ko’l, daryo, yaylov va b.q. bo’lishi shart.
Yer sayyorasining to’liq mavjudligi va uning iqlim balansi - suv, uglerod, azot, fosfor, va boshqa moddalar va energiya aylanishi va o’zaro aloqalari tufayli yuz beradi.
Insoniyatning atrof-muhitga antropogen ta’siri natigasida global iqlim o’zgarishi bioxilma-xillikning qisqarishiga katta ta’sir o’tkazmoqda. Tabiiy ekosistemalarning qisqarishi ( suv havzalari, o’rmon massivlari, botqoqliklar va h.k.) Yer shari yuzasining ishlab chiqiladigan karbonat angidrid gazining yutilishi, quyosh yorug’ligi nurlarining qaytarilishi kabi xususiyatlarini tushiradi va bu iqlim o’zgarishi, dunyo okean sathining ko’tarilishida namoyon bo’lmoqda. Iqlim o’zgarish sabablarini o’rganish insoniyatga mavjud bixilma-xillikni saqlash uchun muhim omil ekanligini isbotladi.
O’simlik qoplami – erroziyadan ogohlantiruvchi muhim omil bo’lib, yerni haydaladigan qatlamini infiltratsiya ta’minoti va grunt suv zahiralarini to’lg’azilishini ta’minlaydi.
Butun biosferada, har bir mamlakatda o’simlik va hayvon turlari yerda hayot davom etishi uchun sharoit bo’lishini ta’minlaydi. Tasavvur qilaylik, Yerda faqat inson o’zigina yolg’iz qoldi. O’simlik, hayvon va mikroorganiuzmlar yo’qolib ketdi. Bunday holatda kelgusidagi voqealarni tasavvur qilish qiyin emas. Oziq – ovqat mahsulotlari bo’lmaydi, ultrabinafsha nurlanishni qaytaradigan ozon qatlami siyraklashib ozon tuynugi hosil bo’ladi. Kislorod tanqisligidan nafas olib bo’lmaydi, iqlim hayot uchun mutlaqo noqulay bo’ladi va h.k.o.


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling