M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 mundarija kirish


Bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar


Download 1.5 Mb.
bet15/16
Sana26.01.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1128851
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari

Bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar
O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash va ularni himoya qilishning rasmiy harakatlari birinchi marotaba XIX asrning oxirlarida boshlangan. O‘rmonlarni himoya qilish bo‘yicha “O‘rmonlarni himoya qilish haqidagi farmon” (1987) qabul qilingan. Bundan so‘ng 1918 yilda “Turkistonda O‘rmon va yerlarni davlat mulkiga musodara qilish haqidagi Qonun qabul qilindi, unda Davlat O‘rmon jamg‘armasini tuzilishi ko‘zda tutilgan edi.
1924 yildan boshlab tabiatni muhofaza qilish muammolariga katta e’tibor berila boshladi. Qo‘riqlanadigan hududlarni himoya qilish, yog‘ochlardan iqtisodiy foydalanishini tashkil etish, daraxtzorlarni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarni pul bilan ta’minlash boshlandi. O‘zbekistonda 1926 yilda G‘uralash qo‘riqxonasi va 1947 yilda Chotqol davlat quriqxonlari yaratilishda u o‘z aksini topgan. O‘zbekistonda alohida tabiatni muhofaza qilish tashkilotlarning yaratilish sanalari:
1940 y. – Vazirlar Mahkamasi qoshida davlat ovchilik nazorati.
1947 y. – Chotqol qo‘riqxonasi.
1962 y. – Vazirlar Mahkamasi qoshida baliqlar zahirasini muhofaza qilish boshqarmasi,.
1963 y. – Baliqlar zahirasidan foydalanishni tartibga keltirish va muhofaza qilish. O‘zbek havzalararo boshqarmasi – O‘zbeksuvbaliq.
1982 y. – Davlat O‘rmon Qo‘mitasi qo‘riqxonalar va ovchi xo‘jaliklar Bosh boshqarmasi.
1988 y. – O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi tarkibidagi qo‘riqxonalar, hayvonot va o‘simliklar olamini muhofaza qilish. Davlat nazorati mavjud (Davlatbionazorati).
O‘rmon Kodeksi 1978 yilning 26 iyunida qabul qilingan. O‘rmon resurslarini ishlatish, qayta tiklash hamda yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rmon resurslaridan foydalanish javobgarligi belgilab berildi.
“Hayvonot olamidan foydalanish va muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun 1982 yilda qabul qilingan. Hayvonot olamining qayta ishlab chiqarish, oqilona foydalanish va muhofaza qilishga yo‘naltirilgan huquqiy munosabatlarini aniqlangan.
“Yer to‘g‘risida”gi Qonun 1990 yilning 20 iyunida qabul qilingan va 1991 yilning 20 noyabridagi 1993 y. 7 maydagi 1994 y. 6 may va 23 sentabrdagi barcha xo‘jalik shakllarini keng huquqli rivojlanishi uchun, tabiiy muhitini saqlash va yaxshilash, hosildorlik yerlarini qayta ishlab chiqish, yerlarni qo‘riqlash va ulardan oqilona foydalanish uchun sharoitlar yaratish maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishni yo‘naltirish kabi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 1992 yilning 9 dekabrda qabul qilingan. Unda huquqiy, iqtisodiy va atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish asoslarini tashkil etish, tabiiy manbalardan oqilona foydalanish, ekologik tizimini, alohida obektlarni va tabiat majmualarini muhofaza qilish, muqobil atrof muhit uchun fuqarolar huquqi kafolatlanishi belgilab berilgan.
“Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonun 1993 yilning 7 mayida qabul qilingan bo‘lib, unda huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslarini yaratish va alohida muhofaza qilinadigan hududlarni boshqarilishi aniqlab berilgan.
1993 yil 6 maydagi O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish haqida”gi Qonunida, suvga bo‘lgan munosabatni, xalq xo‘jaligida va aholini ehtiyoji uchun suvdan oqilona foydalanishini tartiblari ta’kidlangan. Qonunda suvni ifloslanish, bug‘lanish, qisqarishdan muhofaza qilish, suvga bo‘lgan zararli ta’sirlarni ogohlantirish va tugatish, holatini yaxshilash, shuningdek fuqarolarning va dehqonchilik xo‘jaliklarning, tashkilot, muassasa, idoralarning suv sohasidagi munosabatlari huquqlarini himoya qilinishi belgilab berilgan.
1994 yilning 22 sentabrda “Qazilmalar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingani va unda yer qazilmalridan to‘g‘ri foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha munosabatlarni tartibga solinishi berilgan.
1996 yilning dekabr oyida “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.
Respublikada noyob va yo‘qolib ketayotgan hayvon va o‘simliklar turini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek ulardan foydalanish tartibini amalga oshirilishi ko‘rsatilgan qonun va qonunga oid aktlardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan 1993 yil 3 sentabrda “Noyob va yo‘qolib ketayotgan hayvon va o‘simlik turlarini muhofaza qilishni kuchaytirish va ulardan foydalanishni tartibga solish haqida”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 dekabrdagi 600-raqamli “Yovvoyi hayvon va o‘simliklarni muhofazasini kuchaytirish bo‘yicha va ulardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 fevralda 76-f raqamli “O‘zbekiston Respublikasida yirtqich qushlarni olib kelinishi va chetga chiqarilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi farmoyishi bilan tartibga solinishi belgilangan.
O‘zbekistonda baliqchilik va ovchilikni olib borish tartibini aks ettiruvchi qonunlar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1991 yil 10 apreldagi “Respublika hududida ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini olib borish va ov qilish haqida”gi Nizomi tasdiqlangan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida ov va baliqchilik qoidalari hamda Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan buyruqlari asosida amalga oshiriladi.
Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzganlik uchun quyidagi javobgarlikka tortish turlari belgilangan: Ma’muriy, jinoiy, fuqarolik-huquqiy (moddiy), intizomli, iqtisodiy. 1994 y. 22 sentabrda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida” shuningdek jinoiy kodekslari qabul qilingan, unda ekologik qonunbuzarlik uchun tegishli ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.
Hozirgi kunda hayvonot va o‘simliklar olamidan foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha yangi qonunlar yaratilmoqda va ko‘rib chiqish bosqichida turibdi.

Xulosa
Biz tomonimizdan olib borilgan izlanishlarga asoslanib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, barchamiz uchun muhim boʻlgan tabiatni asrash, uni muhofaza qilish barchamizni burchimizdir. Bundan tashqari, bioxilma xillikni saqlash toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilinishi ham muhim. Bioxilma – xillikni saqlashga qaratilgan strategiyaning muvaffaqiyatga erishishi keng jamoatchilikning , xususan qarorlar qabul qilish uchun mas’ul shaxslar, mahalliy hokimyat ma’muriyati , muhofaza qilinuvchi hududning tarkibida va atrofida yashayotgan aholi va yosh avlod o‘rtasida biologik xilma xillikni saqlash undan unumli foydalanishning hamda ularga qo‘yilayotgan talablarni mohiyat asosini tushinishi va tegishli darajada bilimlarga ega bo‘lishi taqozo qilinadi. Ular quyudagilarni o‘z ichiga oladi: mas’ul shaxslarning ma’rifiy saviyalarini oshirish , ommaviy axborat vositalari orqali va mahalliy darajada aholining ma’lumot saviyasini oshirish borasida tegishli dasturlarni ishlab chiqish , maktab va oily o‘quv yurtlari uhun mavjud dasturlarni ishlab chiqish , muhofaza qilinuvchi hududlar bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda jamoatchilikning ishtirokini ta’minlovchi mexanizmlarni rivojlantirish. Biologik xilma – xillik atamasi nisbatan yangi hisoblanadi. Bioxilma – xillik deganda sayyoramizdagi barcha tiriklikning xilma – xilligi yoki hayvonlar o’simliklar mikroorganizmlar, barcha genotiplar va ekotizmlarning xilma-xilligi.
O’zbekiston Respublikasi “Biologik xilma-xillikni saqlash” Milliy strategiya va xarakat dasturi qabul qilib (1998), xalqaro hamjamiyat oldida o’zining milliy biologik resurslarini muhofaza qilish uchun javobgarligini e’lon qildi.
Hozirgi vaqtda qo’riqxonada qo’riqlash rejimi tashkil qilingan, biotexnik tadbirlar o’tkazilmoqda , ilgari insonlar xo’jalik faoliyati ta’sirida buzilgan o’rmonlarning aloxida qismlari qisman o’z holiga tiklanmoqda. Lekin bu tadbirlar o’simliklar va hayvonot dunyosini saqlab qolish uchun yetarli bo’lmayyapti. Boshqa faqat qo’riqxonalari kabi Zarafshon qo’riqxonasida ham xududning qurishi sodir bo’lmoqda, bu esa daraxt va butalarning qurib qolishiga olib kelmoqda.
Qo’riqxona tashkil qilinishiga qaramasdan antropogen xususiyatga ega bo’lgan salbiy omillar qirg’ovullarga hamon ta’sir qilishda davom etib kelyapdi.
Jumladan, ular uya qo’rish va tuxum qo’yish davrida dalalarda mol boqishi, noqonuniy ovlash ayniqsa qo’riqlanadigan zonada va undan tashqarida ko’p
ovlanadi, qirg’ovullar esa qo’riqxona xududidan tez-tez chiqib turadi.
Biz taraqqiy etayapmiz, lekin tabiat inqirozga yuz tutmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri tirik organizmlarni tur soni miqdorini kamayib ketishi, sabablari juda ko‘p va xilma xildir. Bundan 2000 yil oldin asrimizni boshida 3 mln aholi yashagan, mana shu aholi 1950- yilda 3 mlrga, 20-asr oxiriga kelib 7 mlrdga yetdi va insoniyatning xo‘jalik yuritish faoliyati natijasida yer yuzining qiyofasi o‘zgardi. Antropogen degan 3-omilning ta’siri nihoyatda ko‘paydi. Bioxilma xillikni asrash uni kelgusi avlodlarga yetkazish to‘g‘risida aholi o‘rtasida tashviqot va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Biologik xilma-xillikni muhofaza qilishning eng katta muammolaridan biri - bioxilma-xillik bizga taqdim etayotgan xizmatlarning qiymati qanday ekanligini baholab beruvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy baholashning mavjud emasligi hisoblanadi.


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling