M7-19-guruh magistranti ubaydullayeva saidaxon bahromjon qizi


Mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish


Download 0.73 Mb.
bet3/3
Sana21.06.2020
Hajmi0.73 Mb.
#120781
1   2   3
Bog'liq
Ubaydullayeva Saidaxon Bahromjon qizi


9. Mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish

Unumdorligi 43560 nm3/soat bo’lgan ammiak ishlab chiqarish sexini metanni konversiyalash bo’limini loyihalash. Asosiy qurilma trubkali pech.

Mehnat kodeksi 77-modda. Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh

Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu Mehnat kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Sex bo’yicha hizmat ko’rsatuvchi hodimlar uchun maxsus ishchi kiyimlari, oyoq kiyimlari, himoya vositalari joriy etilgan.

Mehnat muxofazasini boshqarish tizimiga ishchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitish va mehnat muxofazasini targ‘ib qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini va jihozlarining xavfsizligini ta’minlash, ish sharoitini sanitar-gigienik ahvolini me’yorlashtirish kiradi.

Yangi loyihalangan ammiak ishlab chiqarish sexida mehnat muxofazasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish korxonada ro‘y berishi mumkin bo‘lgan jarohatlanish va kasbiy kasalliklarni oldini olishda, texnologik jarayonlarni xavfsizligini ta’minlashda muhim ro’l o‘ynaydi. Bu hizmatni to‘g‘ri tashkil qilish mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va mehnat muxofazasiga aloqador bo‘lgan normativ hujjatlar va yo‘llanmalarga asoslanadi.

Ishchi – hodimlarning ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson organizmidagi fiziologik jarayonlar ayniqsa organizm termoregulyatsiyasiga meterologik (iqlimiy) sharoitini ifodalovchi omillar-havoning harorati, nisbiy namligi, barometrik bosim va ish joylaridagi havo harakatining tezligi katta ta’sir ko‘rsatadi.

Texnologik rejimning buzilishi yoki jihozlar nosozligi natijasida faqat mexanik buzilishlariga emas, balki ishchi zonasiga katta massadagi zararli moddalarni chiqishiga olib keluvchi portlashlar sodir bo‘lishi mumkin.

Loyixalanayotgan sexdagi ishlab chiqarish zararli faktorlariga quyidagilar kiradi:


  • yuqori parametrlar (yuqori bosim va harorat)ga ega bo‘lgan bug‘larning qo‘llanilishi;

  • ko‘p miqdordagi mexanizmlarning siljuvchi qisimlarini mavjudligi;

  • portlash mumkin bo‘lgan ammiak havo aralashmalari hosil bo‘lishi,

  • o‘z-o‘zidan yonuvchi surkov moylari mavjudligi;

  • bug‘ va eritmalarning, ammiakning teriga termik ta’siri;

  • hosil bo‘layotgan zaharli moddalar konsentratsiyasining ruhsat etilgan me’yori (REK)dan ortib ketishi

Ishchi hududining havosida zaharli moddalarning ruhsat etilgan konsentratsiyalari

Jadval 9.1



Moddalarning nomlanishi

Ruxsat etilgan konsentratsiyasi(REK) mg/m3

Xavf sinfi

Azot oksidi

5

2

Ammiak

20

5

uglerod oksidi

20

4

Xlor

1

2

Uyuvchi ishqorlar

0.5

2

Ishlatib bo’lingan oltingugurt tozalash, metan konversiyasi,is gazi konversiyasi metanlashtirish va ammiak xosil qilish jarayon katalizatorlari maxsus omborlarga vaqtinchlik saqlash uchun jo’natiladi.

Ikkinchi reformingdan keyin konvertirlangan gaz.



  1. Tashlama chiqindilari soni – 1 ta.

  2. Chiqindi gazlarning umumiy hajmi – 7 300 000 m3

  3. Davriyligi : davriy ravishda – ishga tushirish, to’xtatish, texnologik rejimning buzilishi tashlash harorati: 330 – 380 0C

  4. Zararli moddalarning atmosferaga tashlanishini ruhsat etilgan miqdori.

CO – 41.316 kg/d ; NO ­– 18.612 kg/d ;

NO2 – 14.429 kg/d ; SO2 ­- 3.528 kg/d ;



  1. Tashlama tarkibi:

SO2 – 10.01% ; CO – 117.21% ;

NO – 52.81% ; N2 – 40.94 % ;

Sexda texnologik jarayonlar va uskunalardan foydalanish xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda shikastlanishlarni oldini olish uchun xavfsizlikning maxsus texnik vositalari qo‘llaniladi. Ularga xavfsizlik himoyalovchisi va tuzuvchi tuzilmalar, xavfsizlik masofalari va o‘lchamlari, yorug‘lik signalizatsiya va xavfsizlik belgilari, xavfli mintaqalar ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishlarni kiritish mumkin.

Elektr qurilmalarining tok o‘tkazuvchi hamma qismlari (magnitli tushirgichlar, taqsimlash shitlari, boshqarish tugmalari, kalitlari) ham doimiy to‘siqlar bilan himoyalangan bo‘lishi zarur.

Tuzilishiga ko‘ra, doimiy to‘siqlar uskunaning ajralmas qismi kabi tayyorlanadi. Ularning tashqi sirti uskunaning rangida, ichki sirti esa to‘siqni olib yoki ochib qo‘yib ishlash xavfli ekanligidan ogohlantiruvchi qizil rangda bo‘ladi.

Texnologik va umum sex uskunalari ishini blokirovkalashdan maqsad ulardan xavfsiz foydalanish imkonini yanada oshirishdan iborat.

Blokirovkalash tizimlari quyidagi maqsadlarga hizmat qiladi:

-texnologik jarayon va umum sex uskunalarining to‘g‘ri boshqarishga barham berish;

-xavf paydo bo‘lganda ishlayotgan uskunani darxol to‘xtatish;

-ayrim mexanizm va detallarning xavfli zonadan tashqari harakatlanishga imkoniyat yaratish uchun.

Me’yordagi ish sharoitining buzilishi, ayrim mexanizmlarning ishlamay qolishi oqibatida mazkur qurilmaga hizmat ko‘rsatadigan kishi salomatligiga putur yetishi mumkin.

Blokirovkalash uchun ko‘pincha har xil relelardan foydalaniladi.

Texnologik uskunalarga hizmat ko‘rsatishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, falokatlar oldini olish, bino hamda inshoatlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun mashinalar bilan tuzilmalar, xavfsizlik masofalari va o‘lchamlari deganda, uskunalar yoki ob’ektlar o‘rtasidagi ruhsat etilgan eng kichik masofalar tushuniladi. Bu masofalar qisqartirilganda shikastlanish xavfi paydo bo‘ladi.

Rangli signallar va xavfsizlik belgilari

Falokatlar va ko’ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida rangli plakatlar hamda xavfsizlik belgilaridan foydalanish mehnat xavfsizligi nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega.

Rangli signallar va xavfsizlik belgilari ishlovchilarning diqqat-e’tiborini bevosita xavfga jalb etishga, mumkin bo‘lgan xavfdan ogoxlantirishga, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida muayyan ishlarni bajarish uchun ko‘rsatmalar berish va ruhsat etishga, shuningdek axborot berishga mo‘ljallangan.

Xavfsizlik belgilari korxonalar, qurilish maydonlarining hududlari, ishlab chiqarish xonalari, ish o‘rinlari va ishlab chiqarish uskunalariga o‘rnatilishi kerak. «Rangli signal va xavfsizlik belgilari» ga muvofiq rangli signallar hamda xavfsizlik belgilarining to‘rt turi-qizil, sariq, yashil, ko‘k belgilangan.

Qizil-taqiqlash, bevosita xavf, yong‘inga qarshi texnikaning belgilanishi.

Sariq-ogoxlantirish, mumkin bo‘lgan xavf belgisi.

Yashil-xavfsizlik «shu yerdan chiqilsin» belgisi.

Ko‘k-ko‘rsatma, yong‘in xavfsizligi belgilari, axborot.



ОПВБ-98 signal uzatuvchi qurilmaning tuzilishi. Avtomatik signal berish qurilmasining sxemasi ko’rsatilgan. Bu qurilma asosan avariya holatlarida blokirovkalsh uchun ishlatiladi

Xavfli mintaqa - deb, ishlayotgan uskunalar va harakatlanuvchi uzel hamda detallar yoki ish asbobi harakatining chekka nuqtalariga yaqinidagi bo‘shliqqa aytiladi.

Ishlab chiqarishda mehnat muxofazasi asosiy shartlari


  1. Umum sex instruksiyasiga, texnika xavfsizligiga, yong’in xavfsizligiga va sanitariya normalariga amal qilish, texnologiya rejimga hamda remont qilish instruksityalariga, sexni ishga tushirish va to‘xtatish ko‘rsatmasiga rioya qilish;

  2. Saqlagich qurilmalarini KIP signalizatsiya blokirovka, KMPlarni siqilgan havo bilan uzluksiz ta’minlang, giptelsiya qurilmalarini uzluksiz ta’minlang;

  3. Harakatdagi mashinalarni ishlashini harakatdagi qismlarni himoyalashni to‘liq ta’minlash;

  4. Hamma ishchilarni texnika xavfsizligi va yong‘inga qarshi instruktaj bilan sistematik ravishda ta’minlab borish va bu sohada doimo imtixonlar olish va ishchilar bilimini oshirib borish;

  5. Saqlagich qurilmalari, nazorat o‘lchov va sozlangan qurilmalarni ishlatish;

  6. Bosim ostida ishlovchi apparatlarni va komunikatsiyali birikmalariga tegish ishlab turgan vaqtda ta’qiqlanadi.

  7. Qurilmalar binolarni pol va devorlari doimo suv bilan yuvib turilishi shart. Eritma sochilgan va to‘kilgan joylari tezlik bilan yuvib tashlanishi shart;

  8. Ishlab chiqarish binolarida va ishlab chiqarish jarayonida hamda omborlarda yonuvchi moylash materiallari va ishlab chiqarish chiqindilari bilan kontaktlashga yo‘l qo‘ymaslik, faqatgina uchqun chiqarmaydigan asboblar bilan ishlash

  9. Ishlab chiqarish va maishiy binolar yong‘inga qarshi asboblar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Shaxsiy himoya vositalari

  1. Ish vaqtida maxsus kiyim boshlardan foydalanish va himoya vositalari bo‘lishi shart. Ish tugagandan so’ng maxsus kiyim boshlar yuvishga berilishi kerak.

  2. Havodagi zaharli moddalardan nafas olish organlarini ko‘z va terini himoya qilish uchun asosiy vosita sifatida filtrlovchi protivagaz ishlatiladi. Havo tarkibida kislorod miqdori 18%dan kam bo‘lmaganda zaharli moddalar miqdori 0,5%dan ko‘p bo‘lmagan taqdirda filtrda protivagazlardan foydalanishga ruhsat etiladi. Korobka markazi “M”.

  3. Agressiv suyuqliklar bilan ishlaganda maxsus himoya ko‘z oynaklaridan foydalanish kerak.

  4. Sex aptechkalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Elektr xavfsizligi

Elektr xavfsizligi bo‘yicha korxonada ko‘p ishlar tashkil qilingan. Ishchilar elektr toki bilan ishlashni bilishi kerak. Har bir qurilma yerga ulangan. Yerga ulanish 40m gacha bo‘lishi mumkin. Kontur bo‘yicha joylashtirilgan yerga ulab muxofaza qilish qurilmasining asosiy prinsipi yerga ulashga mo‘ljallangan metall qoziqlar, elektr qurilmasi o‘rnatilgan maydon atrofi bo‘ylab, yoki butun maydon bo‘ylab, xisoblab chiqilgan ma’lum oraliqlar bo‘yicha joylashtirib chiqiladi va o‘zaro metall polosadan qilingan o‘tkazgich yordamida bir-biri bilan payvandlab ulab qo‘yiladi. Kontur bilan yerga ulashda elektr xavfsizligi butun yerga ulangan qoziqlar o‘rnatilgan, yerga ulangan qoziqlar xisobiga tenglashtiriladi, ya’ni butun zona bo‘ylab potensiallari ayirmasi yo‘qoladi.



Yerga ulash qurilmasi.

Elektr ta’minoti

Ammiak ishlab chiqarish ta’minoti bo’yicha 1 kategoriyaga kiradi. 6 kV li texnologik agregatni elektro dvigatellarni sexni «RU-6kV» podstansiyalarga ulangan.

Predoxraniteli klaponlarni tanlash va o’rnatish.

0,7 · 105 Pa bosimi ostida yuqori bo’lgan apparatlar predoxraniteli klapanlar bilan jihozlangan.

Apparat va truboprovodlarni muhofaza qilish uchun prujinali germetik klapanlardan foydalaniladi.

Ammiakni ishlab chiqarish minimal himoya sanitar zonasi masofasi 1000 m dan kam bo’lmasligi kerak.

Atmosferadagi zaharli moddani konsentratsiyasi (mg/m3) REK dan oshmasligi kerak.

Aholi yashaydigan zonalardagi zaharli moddalar konsentratsiyasi

NO; NH3 ; CO ; CO2= 0,08 t ; 0,2 ; 3,0 ; 0,5

Ishlab chiqarish zonasidagi yo’l qo’yilgan miqdori

1,5 ; 6,0 ; 6,0 ; 3,0

mg/m3 ishchi zonada

5,0 ; 0,0 ; 20,0 ; 10,0

Avariya paytida, oltingugurt tozalash bo’limida, metan va CO konversiyasida gazlarni CO2 dan tozalashda, metanlash agregatida fakel qurilmada yoqiladi.

Separatorni pastki qismidan chiqayotgan gaz «upta» orqali kondensat ajratkich orqali oqava suvlarga tashlanadi.

Trubo provodlar muzlamasligi uchun o’rab qo’yiladi.

Fakel qurilmaga havoni tushmasligi uchun trubo provodlar N2 bilan produvka qilinadi.

Yorug‘lik

Korxona ko‘p qavatli bo‘lib, balandligi 20 m, uzunligi 30, eni 40m ga teng. Yorug‘lik tomondan va sun’iy yoritiladi. Sex lyumenitsensiyali lampalar bilan ta’minlangan bo‘lib, 130 ta lampa bor, ular sexni yorug‘likka bo‘lgan talabni qondiradi.



Yoritish sistemasini (tabiiy, sun’iy, aralash) tanlashda ishni aniqlik bilan bajarish, uni to’g’ri tanlash, sex o’lchamlariga va yoritilishi darajasiga bog’liq bo’lgan holda yoritish sistema tanlab olinadi. Qurilish me’yorlari talabiga asoslanib tabiiiy va sun’iy yoritish koeffitsent aniqlanadi.



Ventilyatsiya

Apparatlarda xavfli gazlarni bir yerda to’planib, qalinligini oldini olish uchun tabiiy va majburiy ventilyatsiya qilinadi.

Agregatlarni ventilyatsiyasi yomonlashsa yoki buzilsa yorug’likli va tovushli signalizatsiyalar bo‘lib, ular SPU ga ulangan. Shuningdek ishchi hizmatchilar ko’p bo’ladigan yerda havo ta’minoti ham mavjud. Ventilyatsion sistemani avariya paytida uchirilganda, rezervdagi elektrodvigatellarni avtomatik ravishda yoqilishi ham mumkin.

Sexlarda bajarilgan ishlar bo’lsa optimal harorati 22-240C , optimal namligi 40-60% chang konsentratsiyasi 0.2%, changni maksimal zarrachalar o’lchami 3 mk dan oshmasligi kerak. Sexlarda bunday sharoitda ushlab turish maqsadida ventilyator, konditsionerlar ishlatiladi. Ishni uzluksiz olib borish uchun kerakli shamollatish sistemalar bo’lishi kerak.



Oqava suv harakteristikasi

Agregatni normal ishlashi paytida har doim gaz kondensati tashlanadi. Qayta ishlangan gaz kondensati gazozatvor orqali oqava suvga tashlanadi miqdori 65 m3/l.

Bu 450C haroratda 160 mg/l CO2 80 mg/l NH3va 100 mg/l organik birikmalar tarkibiga ega bo’lgan gaz kondensatidir. Monoetanolamin tozalash sistemasida, har 10 -15 kunda10 m3 kub qoldiq tashlanadi.

Ishga tushirish paytida kimyoviy tozalangan suv fakel qurilmasidan chiqqan kondensat katalizatorni tiklashdan chiqqan suvlar tashlanadi.

Avval bu yig’gichka to’planadi, so’ng qurilmani tozalashga tashlanadi. Ammiak ishlab chiqarishda foydalaniladigan zaharli moddalar .

Ishlab chiqarishdan xavfsiz foydalanishning asosiy qonunlari

Metan konversiyasi bo’limi: tashqi qurilma va trubalar portlashga va yong’inga xavfli gaz saqlaydi. Portlashga xavfli hududning klassifikatsiyasi PUE – 86 B – 1 g.

Texnologik bo’limning portlashga xavflilik ko’rsatkichi, OPVB – 98 ga mos holda ishlab chiqarish sistemasidan keladi. Metan konversiyasi bo’limi 1.2.trupkali pechka birinchi bosqich metan konversiyasi:

Bo’limning nisbiy energetik imkoniyati 43. Portlashga xavflilik kategoriyasi 1. GPS ning bo’limdagi umumiy og’irligi 7889.03 kg.



Ishlab chiqarishda mavjud bo’lgan xavf – hatar tavsifi. Ishlab chiqarishdagi o’ziga xos Xavfsizlik talablari: Xavfning asosiy ko’rinishlari :

  1. Qurilmaning mavjudligi va undagi yuqori va o’rta bosimlarning mavjudligi.

  2. Portlashga va olovga xavfli va zaharli gazlar bilan boradigan ishlar. Jarayonda qatnashayotgan ko’pchilik gazlar aralashmalarining ko’pchilik qismi portlashga va yong’inga xavfli hamda zaharlidir. Ammiak ishlab chiqarishga keluvchi gazlar aralashmasi asosan portlashga va yong’inga xavfli va zaharli gazlardir.

Temperatura bosim bo’yicha ish rejimining buzulishi, shuningdek bug’ – gaz va havo sarfi bo’yicha qurilmani germetikligini kuzatmaslik , truba jihozlarning portlashiga, yonishiga, CO,NH3, N2 va CH4 ning ishchi hudud, havosi tarkibida oshib ketishiga olib kelishi mumkin.

  1. Termik kuyish ehtimolligi: termik kuyish bug’ning teriga tegishi, issiq gaz yoki kondensatning teriga tegishi va issiq truba yoki qurilmaga tegib ketish oqibatida kelib chiqadi.

  2. Mexanizmning qo’zg’aluvchan qismini mavjudligi.

  3. Elektor jihozlari bilan ishlash.

  4. Monoetanolamin eritmasi bilan ishlash va ishqorlar, V2O5 , gidrazingidrat va kimyoviy xavfli moddalar bilan ishlash.

Ammiak ishlab chiqarish uchun umumiy texnika xavfsizlik chora tadbirlari.

  1. Kompressorlardan tashqari barcha asosiy qurilmalar, shuningdek barcha gaz trubalari bino tashqarisida joylashgan. Barcha bino va etajerkalar kerakli miqdordagi evakuvatsiya chiqishlari va zinapoyalari bilan taminlangan.

  2. Ammiak ishlab chiqarishi yong’in xavfsizligi darajasi bo’yicha “A” kategoriyaga tegishli, bino ikkinchi darajali yong’inga chidamli xisoblanadi. Elektor qurilmalari va avtomatlashtirish ashyolari portlashga chidamli materialdan tayorlangan.

  3. Gaz analizatorlarning joylashishi belgilangan texnika xavfsizligi qoidalariga mos bo’lishi kerak.

  • Bir necha bor havo bilan shamollatish.

  • Qo’shimcha ventilyatorlarni avtomatik tarzda yoqilishi. Ishchi ventilyatorlar to’xtaganda signalizatsiya ishlab ketishi.

  • Bino havosi tarkibidagi yonuvchi gazlarni aniqlaydigan avtomatik gaz analizatorlarning o’rnatilishi, eng past chegarasi 20% gacha bo’lgan portlashga xavfli gazlarning MBP da paydo bo’lishini signalizatsiyalash.

Ishlab chiqarishning aloxida bosqichi bo’yicha texnika xavfsizlik chora tadbirlari: oltingugurtdan tozalash , metan konversiyasi va CO konvertorini boshqa bosqichlaridan asosiy farqi, unda portlashga, yong’inga xavfli va zaharli gazlar, bug’, yuqori va o’rta bosimda ish olib boriladi, metan konversiyasi va CO konversiyasi proyektida blokirovka mexanizmi mavjud. U texnologik rejimni buzilishida ishga tushadi, avariya hodisasi sodir bo’lganda oqim uzilib avtomatik tarzda atmosferaga chiqarib yuboriladi. Turg’un elektor to’ki va ikkinchi chaqmoqdan himoyalanish: Elektor tokidan himoyalanish maqsadida barcha elektor qurilmalari yer orqali himoyalangan. Qurilmalar yerga ulash “o’chog’i” yoki magistraliga ikkitadan kam bo’lmagan joyidan ulanadi. Barcha parallel va kesishgan trubalar bir biridan 10sm uzoqlikda joylashgan bo’ladi. Har 30 sm dan ko’p bo’lmagan joyidan mahkamlanadi. Trubalar metal zinalardan va binolardan shuncha masofadan o’tgan bo’ladi. Shaxsiy himoya vositalari.: “Ammiak – 3” sexida ishchilar uchun asosan quyidagi moddalar xavfli bo’lishi mumkin;Metan, CO2,, H2, MDEA, CO. har bir ishchi sexda norma bo’yicha maxsus kiyim, oyoq kiyim bilan taminlangan. “O’z kimyosanoat” ish joyiga mos maxsus shaxsiy himoya vositalarini joriy etgan. Ish vaqtida maxsus himoya vositalarini ishlatish majburiydir. Texnologiyani katta masteri va master ishchilarni nosoz kiyim, nosoz oyoq kiyim va nosoz himoya vositalari bilan ishga qo’ymasligi lozim. Asosiy shaxsiy himoya vositalari bilan nafas yo’llari, ko’z, yuz terisi zararli moddalar tasiridan saqlaydi. Havodagi zararli moddalar ta’siridan saqlanishda filtirlovchi himoya vositalaridan foydalaniladi. Filtirlovchi protivogazlar faqat xavodagi kislorod miqdori 18% dan kam bo’lmaganda, zararli moddalar esa 5% dan ko’p bo’lmaganda ishlatiladi. Ammiak ishlab chiqarish sexida keyingi markadagi filtirlovchi protivogazlar ishlatiladi. Ammiakdan marka “M” yoki “KD”, CO

Yong’in xavfsizligi

Yong‘in xavfsizligi darajasiga ko‘ra ammiak ishlab chiqarish sexi “A” toifaga kiradi, binolar ikkinchi darajali yong‘inga chidamli hisoblanadi, elektr jihozlari va qurilmalari portlashga chidamli materiallardan tayyorlanadi.

Ammiak ishlab chiqarish sexidagi zaharli moddalarga ammiak NH3, ammiakli suv, is gazi, CO, azot oksidlari kiradi.

Metan konversiyasi bo’limi tashqi qurilma va trubalar portlashga va yong’inga xavfli gaz saqlaydi. Portlashga xavfli hududning klassifikatsiyasi PUE – 86 B – 1 g.

Texnologik bo’limning portlashga xavflilik ko’rsatkichi, OPVB – 98 ga mos holda ishlab chiqarish sistemasidan keladi. Metan konversiyasi bo’limi 1.2.trupali pechka birinchi bosqich metan konversiyasi:

Bo’limning nisbiy energetik imkoniyati 43. Portlashga xavflilik kategoriyasi 1. GPS ning bo’limdagi umumiy og’irligi 7889.03 kg.

Portlashga va olovga xavfli va zaharli gazlar bilan boradigan ishlar. Jarayonda qatnashayotgan ko’pchilik gazlar aralashmalarining ko’pchilik qismi portlashga va yong’inga xavfli hamda zaharlidir. Ammiak ishlab chiqarishiga keluvchi gazlar aralashmasi asosan portlashga va yong’inga xavfli va zaharli gazlardir.

Quyidagi yong’in vaqtida avtomatik sistemasini ogohlantiruvchi qurilmaning sxemasi keltirilgan.

3 2 1

Bu yerda 1 – datchiklar; 2 – yong’in paytida avtomatik ravishda ishga tushadigan apparat; 3 – qabul qiluvchi qurilma.



Bu avtomatik qurilma datchiklar (1) harorat olish tezligi va miqdorini tahlil qiluvchi apparatga uzatadi. Apparat bu miqdorlarni yong’in xavfi to’g’risida 3D- tizimida ishlaydigan o’t o’chirgich sistemasiga o’tkaziladi, va qabul qilish qurilmasiga (3) habar beradi.

Sexni oldida yong’inga qarshi shit o’rnatilgan bo’lishi kerak, unda kamida quyida kerakli asbob va qurilmalar bo’lishi talab etiladi ya’ni:

OY-5, OXП-10 o’t o’chirgichlar, 2 ta paqir, 2 ta lom, 1 ta bagor undan tashqari, qo’shimcha qum bilan yashik, bochkada suv.

Suv bug’lar, kimyoviy mexanik ko’pikli ognetushitellar.

Undan tashqari avtomatik o’t o’chirish tizimlar: sprinkler va drenchler.


  1. Xulosa

Men uchun “Farg’onaazot” AJ hududida joylashgan tabiiy gaz bo’yicha unumdorligi 48300 nm3/soat bo’lgan ammiak ishlab chiqarish sexining metanni konversiyalash bo’limini loyihalash. Asosiy qurilma trubkali pech.

Loyihani bajarishda men asosan bitiruv oldi amaliyotida olgan va to’plagan ma’lumotlarimga tayangan holatda bitiruv malakaviy ishini loyihaladim.

Loyiham bo’yicha asosiy qurilma trubkali pech bo’lib, hisob kitob natijasida quyidagi o’lchamlarga ega bo’ldim:

1. Balandligi H – 11 m

2. Katalizator trubkalar diametri – 114*21mm

3.Trubalar soni – 576 ta

4.Trubalarni umumiy balandligi – 6336 m

Grafik qismini esa 6 ta A2 formatga mashtab va GOST talablariga asosan chizdim.

Texnik iqtisodiy tomondan quyidagi ko’rsatkichlarga ega.

Asosiy ishchilar soni – 110-kishi

Yordamchi ishchilar soni – 93 –kishi

ITI hodimlar soni – 31 – kishi

Rentabellik – 33.8 %

O’z – o’zini qoplash muddati 2.9 yil

Loyihalagan ob’ekt sharoit jihatidan qulay joyda joylashgan, ya’ni xom – ashyo va energetika resurslarini yaxshiligi bo’yicha yaqqol misol bo’la oladi.

Keyinchalik yangi innavatsion tehnalogiyalarga tayangan holatda ammiak ishlab chiqarishni loyihalab ishlab chiqarishga joriy qilaman



  1. Foydalanilgan adabiyotlar

  2. Юсупбеков Н.Р., Нурмухамедов Х.С., Зокиров С.Г. ва бошқалар. Кимё ва озиқ – овқат саноатининг асосий жараён ва қурилмаларини ҳисоблаш ва лойиҳалаш. – Тошкент, Жаҳон, 2000. – 231 б. (1982. 351б, 1999. – 351 б.)

  3. Салимов З. Кимёвий технологиянинг асосий жараёнлари ва қурилмалари. -Тошкент. «Ўзбекистон», 1 – том, 1994.

  4. Салимов З. Кимёвий технологиянинг асосий жараёнлари ва қурилмалари. -Тошкент. «Ўзбекистон», 2 – том, 1995.

  5. Исматов А.А., Отақўзиев Т.А. ва бошқалар. Ноорганик материаллар кимёвий технологияси. -Тошкент: «Ўзбекистон», 2002.

  6. Дытнерский Ю.И. Процессы и аппараты химической технологии. – М.: Химия, 1 – часть, 1995.

  7. Дытнерский Ю.И. Процессы и аппараты химической технологии. - М.: Химия, 2 – часть, 1995.

  8. Павлов К.Ф., Романков П.Г., Носков А.А, Примеры и задачи по курсу процессы и аппараты химической технологии. -Л.: Химия, 1987.

  9. Основные процессы и аппараты химической технологии. Под ред. Ю.И. Дытнерского. – М.: Химия, 1983.

  10. Позин М.Е. Технология минеральных удобрений. -Л.: Химия, 1989.

  11. Расчеты по технологиии неорганических веществ. Под ред. Позин М.Е. - Л.: Химия, 1977.

  12. Атрошенко В.И., Алексеев А.М., Засорин А.П., и др. Технология

связанного азота. – Киев: Высшая школа, 1985.

  1. Справочник азотчика. 1 – 2 часть. – М.: Химия, 1986.

  2. Дыбина И.В. Расчёты по технологии неорганических веществ. - М.: Химия, 1967.

  3. Производство аммиака. Под. ред. В.П. Семенова. – М.: Химия,

Справочник азотчика. 1 – 2 часть. – М.: Химия, 1986.

  1. Дыбина И.В. Расчѐты по технологии неорганических веществ.

М.: Химия, 1967.

  1. Атрошенко В.И., Алексеев А.М., Засорин А.П., и др. Технология

связанного азота. – Киев: Высшая школа, 1985.

  1. Кутепов А.М. Общая химическая технология. - М.: Химия, 1990.

  2. Производство аммиака. Под. ред. В.П. Семенова. – М.: Химия, 1986.

  3. Справочник азотчика. 1 – 2 часть. – М.: Химия, 1986.

20. Internet saytlari

http://www.google.uz



http://www.twirpx.com

http://www.yandex.ru
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling