Mablag’ ajratish to'g’risida. O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 28, 73-moddalariga va
Download 226.9 Kb. Pdf ko'rish
|
2-11-160-F 23
e-qaror.gov.uz 2-11-160-F/23 1 2023 - yil 17 - yanvar 2-11-160-F/23 Toshloq tumani hokimligi Mablag’ ajratish to'g’risida. O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 28, 73-moddalariga va “Mahalliy davlat hokimiyati to'g’risida”gi qonunining 6, 25-moddalariga asosan. 1. Tuman mahalliy byudjetning 2023-yil tasdiqlangan zahira jamg’armasi hisobidan tuman hokimligida uzluksiz ish faoliyatini ta’minlash, tuman hududidagi barcha byudjet tashkilotlarini hamda aholining pensiya va ijtimoiy nafaqa to'lovlarini moliya, g’aznachilik va pensiya bo'limlari tomonidan o`z vaqtida moliyalashtirish ishlarni amalga oshirishni ta'minlash va elektr ta'minotida uzilishlarni oldini olish maqsadida elektr-generator uskunasi sotib olish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar uchun tuman hokimligiga 70 000 000 (yetmish million) so'm, tuman hokimligi moliya bo’limiga 45 000 000 (qirq besh million) so’m mablag’ jami 115 000 000 (bir yuz o’n besh million) so’m mablag’ ajratilsin. 2. Tuman hokimligi Moliya bo’limi (J.Qurbonov), tuman hokimligi bosh hisobchisi (Sh.Mo’minov)ga: ajratiladigan mablag’lardan samarali foydalanish va uni belgilangan tartibda maqsadli yo'naltirish; moliyalashtirish manbasini ochish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlarni moliya va g’aznachilik bo'limlariga taqdim etilishini nazoratga olish vazifalari yuklatilsin. 3. Tuman hokimligi Moliya bo'limi (J.Qurbonov)ga ajratilgan mablag’larni belgilangan tartibda ro'yhatga olish, tuman G’aznachilik bo'linmasi (D.G’aniyev)ga to'lovlarni o'rnatilgan tartibda va o'z vaqtida amalga oshirish vazifalari yuklansin. 4. Ushbu qarorni bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi e-qaror.gov.uz 2-11-160-F/23 2 o'rinbosari K.Umarov zimmasiga yuklansin. Tuman hokimi A.Djurabayev Download 226.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling