Machine Learning metodi


Download 40 Kb.
bet1/3
Sana27.12.2022
Hajmi40 Kb.
#1067531
  1   2   3
Bog'liq
Machine Learning metodi


Machine Learning metodi
Spam xabarlarni aniqlashda mashinani o`rganish metodi juda katta aniqlik bergani uchun men ushbu ilmiy ishimda aynan Machine Learning ya’ni mashinani o`rganish metodini tanladim. Bu ishda aynan elektron pochtada spamni aniqlash uchun Mashine Learning (keying o’rnlarda ML) metodini qo`llayman. Shuning uchun avval ML nima ekanini batafsil bayon qilaman.
Uchta atamani qaraymi. Bular ML, sun’iy intellect ya’ni artificial intelligence (keying o`rinlarda SI) va chuqur o`rganish ya’ni deep learning (keying o`rinlarda DL). Bularni bir biridan farqini quyidagi Venn diagrammasi yordamida tushintiramiz:

1-rasm. MLni SI va DLdan farqi.
1-rasmdan ko`rinib turibdiki ML metodi sun’iy intellektning bir qismi ekan. O`z navbatida DL ham sun’iy intellektni bir qismi va ML ni ham aynan bir qismi ekan.
Sun‘iy intellekt (SI) - hisoblash mashinalari (HM) ning insonlarga intellektli bo‘lib ko‘rinadigan narsalarni qilishiga imkon beradigan kontseptsiyalar haqidagi fan. Inson intellekti o‘zi nima? U fikrlash qobiliyatiga egami? U bilimlarni o‘zlashtirish va qo‘llash qobiliyatiga egami? U g‘oyalarni almashish va ular bilan ishlash qobiliyatiga egami? Shubhasiz, bu barcha qobiliyatlar intellektning qismini tashkil etadi. Lekin bu so‘zga oddiy ma‘noda ta‘rif berib bo‘lmaydi. chunki intellekt – bu ma‘lumotlarni qayta ishlash va tasvirlash sohasidagi bilimlarning qorishmasidir.
«Sun'iy intеllеkt» tushunсhasi dastlab AQSHda paydo bo‘ldi va sеkin-asta boshqa davlatlarda ham kеng ko‘llanila boshlandi. 1956 yil AQSHda komp‘yutеr va dasturlash sohasidagi 10 nafar amеrikalik еtakchi mutaxassisning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Usha paytda mutaxassislardan ko‘pchiligi yaqin o‘n yil ichida sun'iy aql yaratilishi mumkinligini taxmin qilardi. Chorak asrdan kеyin, ya'ni 1981 yili sun'iy intеllеkt bo‘yicha Kanadada bo‘lib o‘tgan Halqaro konfеrеntsiyada birinchi uchrashuvning o‘nta katnashchisidan bеshtasi 5 qilingan bashoratlar o‘ta optimistik bo‘lganligini, muammolar esa anchagina murakkab ekanligini tan olishdi. Shunday bo‘lsa-da bu yo‘nalishda ko‘pgina ilmiy va amaliy natijalarga erishilgani qayd etildi. Hozirgi kunda sun'iy intеllеktni yaratish bo‘yicha ilmiy ishlar ko‘pgina davlatlardaolib borilyapti.

Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling