Madaniy ma’rifiy ish


Download 33 Kb.
Sana23.05.2020
Hajmi33 Kb.
#109166
Bog'liq
Atamalar


Madaniy ma’rifiy ish- keng ommani madaniy va ma’rifiy tarbiyalash , ularning umumiy madaniy saviyasini oshirish , ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bo’sh vaqtlarini ko’ngilli o’tkazishga ko’mak beruvchi tadbirlar tizimi. Madaniy ma’rifiy ish mazmuni , vazifasi, maqsadi har bir davrning ijtimoiy siyosiy madaniy ma’rifiy g’oyaviy xususiyatlarga bog’liq holda shakllanib rivojlanadi.

Madaniy meros-avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba , axloqiy ilmiy tafakkurif , diniy va ruhiy qarashlar xalq madaniyatiga ijodi kabi moddiy hamda ma’naviy boyliklar majmui.

Aktyor- lotincha actor so’zidan olingan bo’lib ijrochi degan ma’noni bildiradi.Drama, opera, balet, qo’g’irchoq teatri, estrada, sirk, kino, radio va televideniyada roller ijrochisi artist.

An’analar- Jamiyat hayoti turli sohalarining moddiy va ma’naviy faoliyat shakllarining kishilar o’rtasidagi aloqalar va munosabatlarning avloddan avlodga o’tishi ajdodlar hayoti belgilari va xususiyatlarining takrorlanish tarzi.

Artist- fransuzcha artiste bilimdon, lotincha ars, artis kasb hunar, san’at degan ma’nolarni anglatadi.Dramatik spektakl, kino roller, opera va balet partiyalari, estrada konserti vas sirk nomerlari ijrochisi.Teatr va kinoda aktyor va aktrisa deb ham ataladi.Keng ma’noda san’atning muayyan sofasidagi ijodkor.

Baxshi-mo’g’ulcha va buryatcha baxsha, bag’sha- ustod, ma’rifatchi ; sanskritcha bhikshu qalandar darvesh degan ma’nolarni anglatadi.Qo’shiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi san’atkor.Baxshi so’zi ba’zanshaman ma’nosida qo’llaniladi.Dostonchilarni esa yuzboshi, soqi, sannovchi, jirov deb ham ataydilar.Baxshilar doston va qo’shiqlarni qo’biz, dutor, do’mbitra, tor kabi cholg’u asboblari yordamida ijro etadilar.

Baxshilardan Ergash jumanbulbul o’g’li

Shoberdi baxshi, Qora baxshi, Abdunazar Poyonov baxshi, Baxshiqul Tog’ayev baxshi, Gulnara baxshi, Qahhor baxshi, shodmon baxshi

Dekoratsiya-sahnada ko’rsatilayotgan voqea o’rnini aks ettirishga spektaklning g’oyaviy ma’nosini ochishga xizmat qiluvchi suniy manzara badiiy jihoz.

Doston- (poema) liro epik janr Shu janrdagi badiiy asar. O’zbek xalq ijodi va o’zbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan.Doston muayyan voqea liro epic tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi.Unda hayot, voqelik keng ko’lamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi personajlar esa ko’p bo’ladi.

Dostonlarga misollar Xalq og’zaki ijodi namunalaridan: Alpomish, G’o’ro’g’li, Malikayi ayyor, Ravshan , Avazxon va boshqalar

Mumtoz adabiyotlar namunalaridan: Xamsa dostoni, Yusuf va Zulayxo dostoni va boshqalar.



Drama - muallif nutqisiz, ya’ni dialog shaklda yozilgan va sahnada ijro etish uchun mo’ljallagan badiiy adabiyotninmg lirika va epos qatoridagi bir turi.
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling