Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati
Download 0.63 Mb.
|
Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati
NAZORAT SAVOLLARI:
Respublikamizda badiiy havaskorlik ijodining rivojlangan janri? Xalq teatrining asosiy turlari? Xalq og`zaki ijodi qanday vujudga keladi? O`zbek an`anaviy xalq teatrining turlari? MAVZU. MADANIY TADBIRLAR DRAMATURGIYASI REJA: Askiya – ijodning badiiy shaklidir. Askiyani insonlarga ta`siri. Askiya tarixi. Askiya piri kim? Askiyaning shakllari. O`zbek xalqining qadim zamonlardan o`ziga xos, mazmundor, shaklan go`zal, ko`p qirrali, boy madaniyat, urf-odat va san`atga ega ekanligi ma`lum. Ularning orasida askiya - eng sevimli, ta`sirchan va katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan san`at turlaridan biridir. Askiya - bu ijtimoiy ahamiyatga ham ega bo`lib, halqning hayot mazmunini, mehnat va madaniyatini, kishilar o`rtasidagi munosabatlarni, qarama-qarshiliklarni, shuningdek, kishilardagi dunyoqarashni o`zida aks ettiradigan o`zbek san`atining an`anaviy hajviy janridir. Askiya – eng avvalo, hajviy xarakterga ega bo`lib, original ijodiy janrdir. CHunki u inson tafakkurining hozirjavobligini, zehni, fikrining mantiqiyligini o`zida yaqqol ifoda etadi. Askiya - ijodning badiiy shaklidir. CHunki uning negizida nutq madaniyati, til boyligi, badiiy-obrazli talqin etiladigan mazmun - tema (payrov), g`oya, voqealar xarakteri o`z o`rnini topadi. SHunday ekan, aytish mumkinki, askiya ijtimoiy hayotni o`zida aks ettiradigan, badiiy ijodining original shaklidir. Bulardai tashqari, askiya - inson sog`ligi, kayfiyati uchun ham eng ta`sirchan «dori»dir. Xalqimizning «Bir marta dildan kulgan kishining umri bir kunga uzayadi» deyishi bejiz emas, albatta. Joylarda soatlab, ba`zan esa butun oqshom davom etadigan kulgi-askiya kechalarining kishi salomatligiga nechog`lik foyda keltirishini tasavvur etishning o`zi kifoya. Askiya – mazmunga boy bo`lgan eng qiziqarli dam olish shakllaridan biridir. CHunki u kishilarning mehnatdan bo`sh vaqtida, bayramlarda, sayillarda, to`ylarda va boshqa xalq yig`inlarida ijro etiladi. Askiya va kulgi kechalari bo`lib o`tadigan joylarda xalq ko`p yig`iladi. Masalan, Toshkentdagi A. S. Pushkin nomli madaniyat va istirohat bog`ida askiya bo`lgan kuni tomoshabinlar nihoyatda ko`p bo`ladi. Andijon shahar parkida esa ochiq maydonlar u yoqda tursin, daraxtlarning ustida ham bo`sh joy qolmaydi. Bu askiyaga bo`lgan xalqning qiziqishidan, uning ta`sirchanligi, samarasi kuchli ekanligidan dalolat beradi. SHuning uchun ham askiyadan foydalanish yo`llarini izlash muhim masaladir. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling