Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati


Download 0.63 Mb.
bet22/35
Sana16.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1490976
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati

MAVZU. OMMAVIY BAYRAMLAR
REJA:

  1. Bayramlar tarixi.

  2. Bayramlarning ijtimoiy-madaniy, tarbiyaviy ahamiyati va asosiy xususiyatlari.

  3. Bayramlarning turlari haqida.

  4. Ijtimoiy-revolyutsion bayramlar.

  5. Mehnat bayramlari.

  6. Tabiat bayramlari.

  7. Madaniyat va sport bayramlari.

«Bayram» - turkcha so`zdan olingan bo`lib, to`y, marosim, xursandchilik degan ma`nolarni bildiradi. Bayram ijtimoiy mahalliy hayotning eng muhim qismlaridan biri bo`lib, shodiyona, xursandchilik vujudga keltiradigan voqealarni nishonlaydi. Osmonni oysiz tasavvur qilib bo`lmaganidek, hayotni ham bayramsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
Bayramlarni barcha sotsial yacheykalar nishonlaydi. Lekin madaniy-ma`rifiy muassasalar - klub va parklar ommaviy bayramlarni tashkil qiluvchi asosiy zvenolardir. Klub va parklar madaniy-ma`rifiy muassasalarning eng yirik va murakkab shakllaridan biridir. Bayramlarni bemalol klub ishining «gultoji» desak, xato qilmaymiz.
SHuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, ommaviy bayramlar madaniy-ma`rifiy muassasalarda uyushtiriladigan tadbirlarning yarmidan ko`p qismini tashkil qiladi. Buning ustiga, u ko`pgina madaniy-ommaviy shakllarni o`z ichiga qamrab oladi. Masalan, bayramning tarkibiy qismi ko`pincha teatrlashtirilgan kontsertlar, tomoshalar, mavzuli kechalar, marosimlardan iborat bo`ladi. Lektsiya, doklad, og`zaki jurnal kabi shakllardan tashqari, barcha madaniy-ommaviy tadbirlar bayramlarda o`z o`rnini topishi mumkin.
SHu sabablarga ko`ra, biz bayramlarga boshqa shakllarga nisbatan ko`proq e`tibor berishga va ularni batafsil yoritishga harakat qilamiz.
Bayramlar shu qadar ko`p qirrali ijtimoiy-madaniy hodisaki, uning mohiyatini tushunmoq uchun unga har tomonlama va chuqur yondashmoq kerak. Agar bayramlarning vujudga kelishi, rivojlanishi va undagi o`zgarishlar hamda an`analarning shakllanishini bilmoqchi bo`lsak - tarix; uning hayotda tutgan o`rnini, jamiyat taraqqiyotida o`ynaydigan rolini bilmoqchi bo`lsak - sotsiologiya; ommaga qanday ta`sir etishi va tarbiyaviy jarayonda qanday ahamiyatga ega ekanligini bilmoqchi bo`lsak - pedagogika; unda san`atning qanday shakllari, vositalaridan foydalanilishini va uning badiiy madaniyat, xalq ijodining rivojiga qanday hissa qo`shishini bilmoqchi bo`lsak — san`atshunoslik nuqtai nazaridan o`rganish maqsadga muvofiqdir.
Fan olamida «bayramlar ilk bor qanday vujudga kelgan?» degan muammo haqida umum qabul qilingan yagona ma`lumotlar yo`q. Lekin adabiyotlarda: «Bayramlar marosimlarning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan» va «Bayram inson madaniyatining ilk shakllaridan biridir» degan gipotezalar mavjuddir.
Bizningcha, bunga ularni oydinlashtiradigan «bayram inson va uning mehnati bilan birga vujudga kelgan» degan yana bir taxminni kiritishimiz mumkin. Bu fikrni isbot qilish uchun insonning vujudga kelishiga oid tarixiy manbalarga tayanib mantiqiy fikr yuritamiz.
Tarixda yuqori saviyada maxsus rejissura asoslari bilan tashkil qilingan bayramlar milodning III asrlaridan boshlab, qadimiy Misr va YUnonistonda taraqqiy etgan. Bu bayramlar shu bilan diqqatga sazovorki, ular maxsus stsenariya va rejissura asoslariga amal qilingan holda marosimlar, tomoshalar va musobaqalarni bir-biriga bog`lab tashkil qilingan.

NAZORAT SAVOLLARI:



  1. Bayram so`zining ma`nosi qanday?

  2. Ommaviy bayramlar qanday tashkil qilinadi?

  3. Bayramlar ilk bor qanday vujudga kelgan?

  4. Bayram nimaning g`alabasi?

  5. Haqiqiy bayramlar qanday vujudga keladi?




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling