Madaniyat 2 turga bo’linadi
Download 29 Kb.
|
Madaniyat
Madaniyat-jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli yo’nalishlarida shuningdek ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi.Madaniyat tushunchasi muayyan tarixiy davr konkret jamiyat, elat va millat shuningdek inson faoliyati yoki turmushining o’ziga xos sohalarini izohlash uchun qo’llaniladi. «Madaniyat» atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma`nolarda ifodalangan. «Madaniyat» va «Kul`tura» atamalari mutaxassislar fikriga ko’ra ayni ma`noni anglatib, lotincha «ishlov berish», «parvarish qilish» ma`nosini anglatgan. Keyinchalik «ma`rifatli bo’lish», «tarbiyali», «bilimli bo’lish» mazmunida ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan «Madaniyat» atamasi arabcha «madaniy»-»shaharlik» degan ma`noni bildiradi. Agar amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K Klakxonlarning 1952 yildagi ma`lumotlariga ko’ra madaniyat hodisasiga berilgan ta`rif 164 ta bo’lsa, so’nggi adabiyotlarda bu raqam 500 ga yaqin tashkil etadi. Madaniyat 2 turga bo’linadi: 1.Moddiy madaniyat 2.Ma’naviy madaniyat Madaniyatning funksilayalari: 1.Tarixiy madaniy boyliklarni o’rganish va saqlash 2.Milliy madaniyatni rivojlantirish funksiyasi 3.Milliy va umuminsoniy madaniy boyliklarni uyg’unlashtirish 4.Insonning madaniy va ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish Shu bilan birgalikda kishilar kundalik ehtiyojlarini ro’yobga chiqarishga yordam beradigan madaniyat funksiyalari ham mavjud bular quyidagilar: 1.Informatsiya tarqatish 2.dam olish ma hordiq chiqarishni uyushtirish 3.Muloqot 4.Kundalik ehtiyojlarni qondirish Download 29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling