Madaniyat instituti


Download 434.96 Kb.
bet5/12
Sana21.01.2023
Hajmi434.96 Kb.
#1107165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KASBIY O’ZLIKNI ANGLASHNING MAZMUNLI PROTSESSUAL MODELI

Kasbga doir reja tuzish. Kasbga doir rejada kishining o'z-o'zini tarbiya qilish dasturi: kasbga oid muhim bo'lgan qanday fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish, o'z sog'ligini qanday qilib mustahkamlash mumkinligi va boshqa shu singari tadbirlar ham o'z ifodasini topishi kerak.

O'z bilimini mustaqil oshirib borish - o'z ustida ishlash masalalariga ham: qanday adabiyotni o'qish, qanday to'garaklarda yoki qiziqish bo'yicha tuzilgan guruhlarda shug'ullanish, qanday ko'rgazmalami borib ko'rish singari masalalarga ham alohida e'tibor berish lozim.

Shunday qilib. o'zingiz ko'rib turganingizdek, shaxsiy kasbga doir rejalar yaxshi va har tomonlama o'ylangan bo'lishi kerak, ularni tuzish vaqtida har bir kishi mustaqillik ko'rsatishi va mas'uliyatni his etib turishi lozim.6


2. Kasbiy psixologiya maqsad va vazifalari
Kasbiy psixologiya inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy yetuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi.
Kasbiy psixologiyaning muhim jihatlari – bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat. 7
Kasbiy psixologiyasining predmetining ta’rifiga asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:

  1. Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;

  2. Kasbiy psixologiya predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish;

  3. Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proyektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish;

  4. Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish;

  5. Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya’ni shaxsning deformatsiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layoqatini pasayishi va boshqalar;

  6. Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish;

  7. Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda insonning kasbiy hayoti davomida yordam berish, qo‘llab-quvvatlash;

  8. Kasbiy maslahat, kasbiy ma’lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik jihatlari, attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy korreksiya va reabilitatsiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.8

Kasbiy psixologiyaning metodologik asosi – bu shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiyaning asosiy mohiyati shundaki, kasb tanlash jarayonida shaxs miqdor va sifat jihatidan rivojlanib boradi ya’ni ular o‘z yo‘nalishini boyitib boradi, shu orqali tajriba va salohiyat shakllanadi.9
Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to‘qnashuvlar, destruktiv o‘zgarishlar bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga, shuningdek tasodifiy holatlarga, hayotiy muhim kasbiy voqealarga bog‘liq bo‘ladi.

Download 434.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling