Madaniyat instituti


Kasbiy shakllanish – bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy hayotning tugallangungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi


Download 434.96 Kb.
bet6/12
Sana21.01.2023
Hajmi434.96 Kb.
#1107165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KASBIY O’ZLIKNI ANGLASHNING MAZMUNLI PROTSESSUAL MODELI

Kasbiy shakllanish – bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy hayotning tugallangungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Bu geteroxron jarayondan optatsiya, ya’ni kasbiy ta’lim va tayyorgarlik, profadaptatsiya, professionalizm hamda mahorat bosqichlarini ajratish mumkin.


Ijtimoiy taraqqiyotni ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga ko‘tarmoq lozim, fan va texnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon, o‘z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan raqobatbardosh mahsulotlar yaratuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz.
Toki ular davr talablariga og‘ishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatanparvar, iymon-e’tiqodli insonlar bo‘lib voyaga yetishsin.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘rta ta’lim oluvchilarning hammasi kasb tanlashga kelganda oqilona va to‘g‘ri yo‘l tutadi, deb bo‘lmaydi, albatta.
Ulardan ba’zilari tavakkalligiga ish tutsalar, ayrimlari ota ona kasbini tanlaydilar yoki ko‘zga tashlanib turgan yaqqol namunalarga taqlid qiladilar, goho sevimli kishilari izidan borishni mo‘ljallaydilar.10
Ko‘pchilik o‘quvchilar ta’lim jarayonida fan asoslarini egallab, muayyan tasavvur hosil qiladilar, o‘zlari yoqtirgan kasb-hunarlar haqida o‘ylaydilar.
Maktab o‘quvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu-niyatlari xususan kasbkorga bo‘lgan qiziqishlari, motivlari, ehtiyojlari tug‘ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog‘liqdir.
Shaxs psixologiyasini o‘rganish o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash demakdir. O‘quvchilarning individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo‘llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to‘g‘risidagi hujjatlarda o‘quvchilarni mustaqil kasb tanlashga (o‘z imkoniyatlarini o‘zi baholash orqali) o‘rgatish juda muhim va zarur vazifa ekanligi ta’kidlanadi.
Shunga ko‘ra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis Markazi xodimlari keng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid yo‘l-yo‘riqlari va metodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy shaxobchalari kengaytirilishi, professiogramma, professiografiya, psixogrammalar ko‘lami orttirilishi lozim.
Kasb tanlashda o‘smirlaming o‘z “Men”ligini tanib borishlari bu muhim ijtimoiy psixologik jarayondir.
O’smir va ilk o‘spirinlik davri o‘z - o‘zini anglash bilan bog‘liq hisoblanib, bu davrda ular o‘z “Men”iga qiziqib boradilar. Bu jarayonni hisobga olish esa kasb tanlashda juda ham zarur hisoblanadi.
O’smirdagimenbu uning o‘zini anglashi bilan, o‘ziga bahoberishi bilan, o‘zini oilasidagi o‘mini belgilashi bilan, o‘zini ijtimoiy hayotdagi o‘mini topishi bilan va sh.k. bilanbog‘liqjarayondir.11
O’smir menliginibirbutunobraz tarzida o‘z o ‘ziga bahoberishga qaratilgan o‘matish sifatida qarash kerak bo‘ladi. Bunda o‘smir o‘zini bilishga qaratilagan kognitiv - obrazlar tarzida, o‘zini qobiliyatini sinash tarzida, tashqi ko‘rinishiga baho berish tarzida, ijtimoiy ahamiyatliligini bilishga va uni baholashga intiladi. Bu holatda o‘smirda emotsional holatlar - o‘z - o‘zini hurmatlash, o‘zini sevish, o‘zini harakatiga baho berish kabilar ko‘zga tashlanadi.12
O’ziga baho berishda o‘zini bahosini ko‘tarishga intiladi, o‘ziga bo‘lgan hurmatni egallashga harakatqiladi. O’z “Men”ligini anglash juda murakkab hodisadir. “Men”likni mashq qilishlar, ilgarigi va hozirgi davrdagi “Men”likni his qilishlar orqali shakllantirish mumkin bo‘ladi.
O’zini “Men”ligini anglash o‘z individualligini o‘ziga xos mohiyatini his qilishdir. Bunda inson haqiqatda qandayligini va boshqalardan nima uni ajratib turishini his qilishi kerak bo‘ladi. Bu o‘ziga xos individual mohiyat shaxs bilan ham, uning tanasini tuzilishi bilan ham.
Aql darajasi bilan ham, emotsiyasi bilan ham hech qanday umumiylikka ega emas. Uning o‘z o ‘zini anglashga asoslanishiga qaramasdan, o‘z o‘zini anglashning holati deb ham qarab bo‘lmaydi. 13
Shu narsa ma’lumki kun davomida bir qancha holatlarda o‘z “Men” ligimizni sezib qolamiz.Deylik, guruhda o‘qituvchi biror bir talabaga o‘z e’tirozini bildirganda, u talaba o‘zini boshqalardan alohida ekanligini va berilgan ta’sirga nisbatan o‘zini oqlashga intiladi. Bunday sharoitda talaba darrov o‘zini anglash, shu bilan birga uyat, qo‘rqinch, noqulaylik va shu kabilar paydo bo‘ladi.
O’z - o ‘zini anglash- buinsonni o‘z “Men”ligi bilan aynanlashtirish bo‘lib,u o‘tmish va kelajakni birlashtirish hisoblanadi. O’z “Men”ligini anglash shuningdek haqiqat bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zini idroki, emotsiyasi va fikrlarini aynanlashtirishdan ham qochish hisoblanadi.14
Shuning bilan aytish kerakki, “Men” hech qanday egoizm bilan bog‘liq emas. Shu bilan birga biz “Men shu mashinani olishni xohlayman”, “Men meva yegim kelayapti”, deganimizda “Men”ni nazarda tutmaymiz. Bizni “Men” - toza va mutloq aqlli bo‘lib, u kuzatadi, bilib boradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi. Inson rivojlanib, o‘sib borar ekan yoshi kattalashib borishi bilan unda o‘ziga xos tabiiy va psixologik jarayonlar ham o‘zgara boradi.
O’quvchilar kasbiy tiklashishi xususiyatlarini baholashda “Men” obrazining xar bir komponenta xolati uch yo’nalishda o’zini o’zi taxdil kilish, kasbiy faoliyat tahlili, kasbiy sinovlarda baholanadi. Men obrazining kognitiv komponenta shaxsiy, psixologik komponentlik darajasi, psixologik bilimlardan atrofdagi vokealarni anglash o’z xulqi, individual psixologik xususiyatlari bilan belgilanishi mumkin
1-rasm

Deylik o‘quvchi o‘zini mustaqilligini va o‘zini alohida shaxs ekanligini yoshi katta bo‘lib borgan sari sezib boradi.


Unda shu yoshiga yarasha munosabatlar ham shakllanib borib o‘zligini taniydi. O’quvchi o‘zini katta bo‘lib borayotganini va uning oldida ma’lum vazifalar turganini, bu vazifalami u bajarishi shartligi uning ongida shakllanib boradi.15

Download 434.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling