Madaniyat instituti


Download 434.96 Kb.
bet8/12
Sana21.01.2023
Hajmi434.96 Kb.
#1107165
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KASBIY O’ZLIKNI ANGLASHNING MAZMUNLI PROTSESSUAL MODELI

I.S.Konning aytishicha “Usmirlarda o’zini o’zi anglash va o’z “Men”iga qiziqish o’zining psixologiyada biogenetik maktab vakillari ta’kidlaganidek, faqat jinsiy yetilish bilan bog’lik emas. Bola o’sadi o’zgaradi kuch yig’adi va shunga qaramay bu unda interospeksiyaga tortishni keltirib chiqaradi.
Bu o’spirinlik yoshida ro’y bersa, endi avvalo shundaki jismoniy yetilish ayni paytda ijtimoiy simptom ulg’ayishi alomati sanaladiki, unga e’tibor berishadi, uni boshqalar kattalar va tengdoshlari ko’zatishadi.
O’spirin xolati ziddiyatliligi, uning ijtimoiy rollari, intilishlar darajasining o’zgarishi aynan ular birinchi galda “Men kimman?” degan savolni dolzarblashtiradi. 18
Bu davrda tashki boshqaruvdan o’zini o’zi boshqarishga o’tiladi. Biroq kanday boshqaruv ob’yekt haqida axborot mavjudligini kuzda tutadi. Shundan ozini o’zi boshqarishda subyektning o’zi haqidagi axborot ya’ni o’zini o’zi anglash bo’lishi shart.
Kasbiy ong rivojlanishi ya’ni kasbiy tiklanishga nisbatan o’zini o’zi belgilanishi ya’ni o’z subyektligini anglash refleksiyasining aniqlangan roli bosh qobiliyat insonning professional sifatida o’zini o’zi rivojlantirishning asl mexanizmi sanaladi.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinadiki, kasbiy o’zlikni anglash jarayonida shaxsning o’zini o’zi anglash baholash shaxs xususiyatlari muhim aspekt sifatida ko’rsatib o’tiladi.
O’quvchi o‘z hayotini qurish haqida biz yuqorida ko‘rsatganimizdek o‘zini “Men”ligini anglab borish davomida bilib boradi. O’z - o‘zini anglash o‘quvchini yoshini va olayotgan bilimlarini oshib borishi tufayli amalga oshadi.
O’quvchi atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lar ekan insonni kelajakdagi o‘zgarishlarini ham ko‘rib boradi.
O‘zi uchun kerakli bo‘lgan qarorlar qabul qilib o‘zini kelajagi uchun kerak bo‘lgan kasbni tanlashi zaruriy holatligini ko‘radi. O‘quvchi o‘z hayotini qurish kerakligini va bu hayotni ta’minlash uchun u o‘ziga yoqqan kasbni tanlashi zarurligini, bu kasb esa uni keyingi hayotini qurishining asosi ekanligini anglab boradi.
Bunda o‘quvchi o‘zidan katta bo‘lgan insonlami hayot kechirish tarzi bilan tanishib boradi, ulaming oilalari borligini, bu oilani boqish uchun ular qandaydir faoliyatlar bilan band bo‘lishini, bu faoliyat esa ular o‘zlari uchun aniqlab olgan kasblardan kelib chiqishini tushunadi.
Bu jarayonlami kuzatib borayotgan bolalar kelajakda ular ham shunday tarzda hayot kechirishlarini va shunday hayotga tayyorgarlik ko‘rishlarini anglab boradilar. 19
O‘z hayotini kelajagini anglagan farzandlar o‘zlarini mehnatlari jamiyat uchun, o‘zlari uchun zarurligini va kelajakdagi hayotlarini qurishda albatta biror kasbni egasi bo‘lishlariga qiziqadilar. Inson o‘z hayoti davomida qandaydir jarayonlarga qiziqadi. Bu qiziqish bolalarda yoshligidanoq ko‘zga tashlanadi.
Deylik ayrim bolalar har xil hasharotlami o‘ynaydilar. Ular qo‘ng‘izlami oyog‘ini uzib olib, ulami ichini yorib ko‘radilar. Ularga sen nima uchun shunday qilding deb savol berilsa, javob shunday bo‘ladi: - “bu qo‘ng‘izlami nima harakatga solayapti. Ulami ichida nima bor?” kabi savollar beradilar.
Bu savollami o‘zi bolalami yoshligidanoq atrofdagi voqealarga qiziqishini ko‘rsatadi. Bolalardagi qiziqish nima u?, nega shunday?, uni kim harakatlantiryapti? Kabi ko‘plab savollami o‘rganishga qaratiladi. Chunki boladagi qiziqish shu qadar kuchli bo‘ladiki, u qo‘ygan savollarga javob topishga jon jahdi bilan harakat qiladi.
O‘smir yoshida esa endi uning aqli ko‘plab savollarga javob bera oladi. Rivojlanish ayniqsa mhiy rivojlanish o‘smirda yanada ko‘plab 300 savollami tug‘diradi. Maktabdagi olingan bilimlar, atrofdagi kishilami kuzatish, ota - onalarining o‘zaro munosabati va bolalari bilan bo‘ladigan muloqoti farzandlarga ko‘pgina hayotiy bilimlarni bera oladi.
Endi ular bu bilimlarni sinab ko‘rishga ham intiladilar. Lekin atrofdagi ruxsat berilgan va man qilingan chegara oldida ular har doim o‘ylashda bo‘ladilar. Bu jarayonlar ularda o‘ziga yarasha psixologik holatlami va jarayonlami rivojlanishiga olib keladi.
O‘quvchilami o‘z hayotiy masalalami hal qilishda eng birinchi masalabu ulami o‘zlariga уoqqan kasbni tanlash hisoblanadi. Kasb tanlovchilar o‘zlari tanlagan kasbni kerakligini bilishlari uchun uni yaxshi bilishlari zarur. Bu kasb ulami nimasi bilan qiziqtirishi kerak bo‘ladi.

Download 434.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling