Madaniyat markazlari buxgalteriyasi faoliyatining rentabellik ko`rsatkichlarini oshirish va boshqarish


Download 13.78 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi13.78 Kb.
#1645477
Bog'liq
Ichki taqriz


O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Ibodillayev Habibulla Abdullayevichning “Madaniyat markazlari buxgalteriyasi faoliyatining rentabellik ko`rsatkichlarini oshirish va boshqarish” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan tadqiqot ishiga ichki
TAQRIZ

Bugungi kunda san’at menejmenti va marketingi sohasini yanada rivojlantirish, insonlar ongiga singdirish va shu orqali xalq ma’naviyatini yuksaltirish, madaniyat iqtisodiyotida tutgan o’rnini belgilash kabi bir qator dolzarb masalalar o’z yechimini asta sekinlik bilan topmoqda. Keyingi yillarda sohada ijodiy ishlab chiqarishning iqtisodiy tahlillari yaratish va ommaga ulashish masalalariga aholining qiziqishi ortib bormoqda. Shu sababdan ham madaniyat va san’at sohasining iqtisodiy bazasi va uning manbalari yaratilmoqda. Madaniyat va san’at sohasi iqtisodiyot bilan bir-birini toʻldiruvchi va rivojlantiruvchi ijtimoiy hodisa sifatida shakllangan. Ibodillayev Habibulla Abdullayevichning “Madaniyat markazlari buxgalteriyasi faoliyatining rentabellik ko`rsatkichlarini oshirish va boshqarish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishida madaniyat va san’at muassasalari iqtisodiyotini takomillashtirish jarayoni va madaniyat markazlari buxgalteriyasi faoliyatining rentabellik ko’rsatkichlarini oshirish va boshqarishga oid tadqiqot ishi yoritilgan. Tadqiqot ishining maqsadi sifatida madaniyat va san’at muassasalari iqtisodiyotini rivojlantirish bosqichlari yordamida takomillashtirish deb tanlangan.
Tadqiqot ishining vazifalari esa tanlangan tadqiqot ishining mavzusi yuzasidan quyidagi jihatlar tadqiqot ishining asosiy maqsad vazifasi sifatida belgilangan. Tadqiqot ishda ayrim ju’ziy kamchiliklar uchraydi. Ammo bu ishning ilmiy ahamiyatiga ta’sir etmaydi. Ushbu magistrlik tadqiqot ishini himoyaga tavsiya etaman.
Download 13.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling