Madaniyat markazlarini innovatsion rivojlantirish istiqbollari


Download 20.1 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi20.1 Kb.
#1095553
Bog'liq
MADANIYAT MARKAZLARINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI


MADANIYAT MARKAZLARINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
To‘g‘onboyeva Ziyodaxon
Ilmiy rahbar: Xolmo‘minov Mo‘minmirzo
ziyodatogonboyeva@gmail.com
mominmirzoxolmominov@gmail.com
Bugungi fan-texnika yutuqlari rivojlanib, tobora yuksak cho‘qqilarni zabt etib borayotganligi hammamizga ma’lum. Har bir sohaga yangicha innovatsiyalar joriy etilib, amalda tadqiq qilinib kelinmoqda. Xo‘sh, ushbu innovatsiyalar bizning madaniyat sohamizda qanchalik mavqega ega? Sohaga doir qanday dolzarb hamda ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalda mavjud yoki kelgusida tadbiq etilishi ko‘zda tutilgan?
Keling avval, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan innovatsiya nima ekanligini bilib olsak.
Innovatsiya bu - (ing innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishidir.
Yangi O‘zbekistonning “Taraqqiyot Strategiyasi”da ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish asosiy yo‘nalishlardan biri sifadida belgilangan bo‘lib, ko‘zlangan maqsad hamda vazifalarga erishish madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini innovatsion yondashuvlarga tayangan holda yanada takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Madaniyat markazlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo‘sh vaqtlarining mazmunli o‘tishini ta’minlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an’analarni o‘zida mujassam etgan namunali dasturlarini shakllantirish;
xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san’atini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlari tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli ravishda boyitib borish;
bolalarni to‘garaklarga jalb etish, xorijiy tillarni o‘rganish va “nutq madaniyati” bo‘yicha kurslar tashkil etish, xalq ijodiyotining barcha janr va yo‘nalishlari, havaskorlik san’ati va nomoddiy madaniy merosni keng targ‘ib qilish hamda ularni asl holicha kelajak avlodga yetkazish;
adabiyot hamda san’at arboblari va professional ijodiy guruhlar bilan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish;
tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha san’atining tuman (shahar) festivallarini o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
ommaviy bayram, tomosha va xalq sayillarini tashkillashtirish, ijtimoiy-madaniy sohada yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ularga pulli xizmatlar ko‘rsatish;
turli xil to‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalarini muvofiq ravishda yo‘nalishlarda tashkil etish.
Demak, yuqorida keltirib o‘tilgan vazifalar Madaniyat markazlarining asosiy vazifalaridir. Lekin muammo shundaki, madaniyat markazlarimizning hammasida ham yuqoridagi vazifalar amalda to‘laqonli qo‘llanilmaydi. Bunga nima sabab bo‘lishi mumkin? Birinchi navbatda malakali kadrlarning yetishmasligi nazarimda. Madaniyat markazlarida 5ming nafardan ortiq xodimlar ishlaydi. Ularning 4850 nafari ijodiy xodimlar, shundan 22,3% soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar, 66% o‘rta-maxsus ma’lumotli, 10,3% yaqini esa o‘rta ma’lumotli, maktabni tugatgan xodimlar. Ko‘rinib turibdiki, sohada kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda moddiy-texnik bazaning ahvoli juda nochor va achinarli holatda[1.14] Aytish kerakki, madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlash madaniyat markazlarida hamda musiqa maktablarida hozirgi kunda muhim o‘rin tutadi. Madaniyat va san’at muassasalarida nomutaxassis kadrlarning faoliyat yuritishi, sohaning faoliyatini to‘liq tashkil etilmayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, olis hudularda faoliyat olib borayotgan madaniyat muassasalarining faoliyati deyarli talabga javob bermaydi. Misol tariqasida, bitta tumanda beshta madaniyat markazi mavjud bo‘lsa, shundan bittasigina nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgani kishi ko‘nglini g‘ashlantiradi. Chekka hududlardagi madaniyat markazlarining ko‘plari xo‘jako‘rsinga ish yuritayotgani , markazdagi to‘garaklarning to‘g‘ri tashkil etilmayotgani, madaniyat maskani bo‘lmish markazning, turli fan kurslariga, go‘zallik salonlari uchun ijaraga joy berishi nazarimda xato. Madaniyat markazlari aholing, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarida sababchi bo‘luvchi ma’rifat bo‘lishi kerak fikrimcha.
Bu kabi og‘riqli vaziyatlarni oldini olish maqsadida, madaniyat markazlarida faoliyat yuritayotgan kadrlarni malakasini oshirish hamda sohaning mutaxassislarini markazlarga ko‘proq jalb etish zarur. Bundan tashqari hammaga ma’lumki, madaniyat marzazi xodimlarining maoshi boshqa ko‘pgina sohalarga qaraganda kamroq. Shuning uchun ham markaz xodimlarining aksariyati oliy ma’lumotli hamda o‘z sohasining mutaxassislari emas. sohada malakali kadrlarni ko‘paytirish hamda yangicha innovatsiyalrni tadbiq etish maqsadida, prezidentimizning “Madaniyat markazlari faoliyatini zamon talablari asosida tubdan takomillashtirishga doir qo‘shincha chora-tadbirlar” to‘g‘risida PQL-1869\22-2 sonli qarori muhokama uchun qo‘yildi[2 ]. Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan madaniyat markazlari director (filial mudiri)lari, badiiy raxbar va badiiy, ijodiy xodimlarining bazaviy ta’rif stavkalari 2,5 baravarga oshirilishi;
2023 йил 1 сентябрдан маданият марказларида фаолият кўрсатиб келаётган тўгарак
раҳбарлари учун ҳар беш йилда бир маротаба малака ошириши ҳамда белгиланган тартибда аттестациядан ўтказиб, малака тоифалар бериш тартиби жорий этилсин.

Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. .Yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotida madaniyat va san’atning o'rni.-T.: "OLTIN MEROS PRESS ". 2020. -448b

  2. Project.gov.uz



Download 20.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling