Madaniyatini tarbiyalashda maqollardan foydalanish


Download 193.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.01.2023
Hajmi193.79 Kb.
#1089875
Bog'liq
4313-Текст статьи-11258-1-10-20211228



BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KITOBXONLIK 
MADANIYATINI TARBIYALASHDA MAQOLLARDAN FOYDALANISH 
Nuriddinova Sabina Zafar qizi Jizzax davlat pedagogika instituti 
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib 
tarbiyalashda maqollarning ahamiyatini va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 
kitobxonlik madaniyatini shakllanishida maqollarning o‘rni haqida muxtasar 
ma’lumotlar berilgan. 
Kalit so‘zlar: barkamol avlod, maqol, kitobxonlik, ma’naviyat, tarbiya, 
ta’lim. 
Аннотация. В этой статье дается краткий обзор важности пословиц в 
целостном образовании подрастающего поколения и роли пословиц в 
формировании культуры чтения учащихся начальной школы. 
Ключевые слова: гармонично развитое поколение, пословицы, 
чтение, духовность, воспитание, образование. 
Annotation. This article provides a brief overview of the importance of 
proverbs in educating the younger generation in a holistic way and the role of 
proverbs in shaping the reading culture of primary school students. 
Keywords: harmoniously developed generation, proverbs, reading, 
spirituality, upbringing, education. 
Ma’lumki, Insonning aqliy va jismoniy kamoloti kishilik tarixi 
taraqqiyotining barcha jabhalarida ulug‘langan, qadrlangan. Shunday ekan, yosh 
avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusidir. 
Yoshlarda kitob o‘qishni shakllantirsak, ularning hayotida boshqa har bir narsani 
kitobning o‘zi o‘rgatadi. Shunday ekan, bugunning yosh avlodlari bilimli, aqlli va 
shu bilan birga ma’naviy–axloqiy tarbiyanlangan bo‘lishi kerak. Kichik yoshdagi 
bolalarning barkamol shaxs sifatida shakllantirish, qachon va qayerdan boshlab 
bularni olib borish va nimalar bunga yordam berishi bugungi kundagi dolzarb 
vazifalardan biridir. Har bir yosh avlod birinchi navbatda oilada keyinchalik esa 
ta’lim muassasalarida tarbiyalanib boradilar. Oilada beriladigan har bir tarbiya 
bolaning rivojlanishi va har tomonlama barkamol bo‘lib shakllanishida asos 
vazifanini bajaradi. 


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobxonlik madaniyatini shakllanishida 
she’rlarning, hikoyalarning o‘rni bilan bir qatorda maqollar ham munosib hissa 
qo‘shadi. “Maqol” arabcha gapirmoq, aytmoq so‘zlaridan olingan bo‘lib, aytilib 
yuritiladigan iboralarga nisbatan qo‘llaniladi. Maqol har bir xalqning pand-
nasixati, ma’naviy-axloqiy xulosasi, xalq milliy ruhining aks-sadosi, til tabiatining 
hikmatli merosidir. Maqol xalq aql-idrokining maxsuli, uning xukmi ko‘p asrlik 
tajribalari 
majmui, 
turmushdagi 
turli 
voqea-xodisalarga 
munosabatining 
ifodasidir.[1 ]
Maqollar chuqur ma’no ifodalashi, ixcham, puxtaligi bilan boshqa 
janrlardan ajralib turadi. Har bir berilgan maqollarda bolaning so‘z boyligini 
oshirish, uning aqliy qobilyatlarini rivojlantirish va shu bilan birga kitobxonlik 
olamiga kirishiga ko‘maklashadi.
Maqollar xotiraga mustahkam o‘rnashadi. So‘z 
o‘yinlari so‘zlarning jarangi, qofiyadoshligi ohangdorligi shu qadar jozibali 
bo‘ladiki, bolalar oson esda saqlab qoladi.
Xalqimizda keksalari bor uyda tarbiyalanayotgan bolalar boshqa
tengdoshlariga nisbatan o‘z nutqlarida ko‘proq maqollardan foydalanishadi. 
Chunki keksalarimiz hayotiy tajribaga ega turmushning past–balandini ko‘rgan 
donishmand kishilar hisoblanishadi. Ularning ayniqsa pand-nasihat ruhidagi 
maqol-u matallari yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Muhtaram
birinchi prezidentimiz I.Karimov ta‘kidlaganlaridek. “Maqol matallarimizda 
ma‘lum bir xalqning tarixi, urf odatlari, turmush tarzi aks etadi. Shunday ekan, 
farzand tarbiyasida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi”. Boshlang‘ich sinf o‘qish 
kitoblarida ham ma’lum darajada maqollar berilgan. 1-sinf o‘qish kitobida 30 ta 
maqol keltirilgan bo‘lib ularning barchasi bolalarning ma’naviyatini rivojlantirish 
uchun munosib xizmat qiladi. Misol uchun: 
Ona yurting omon bo‘lsa, rangi 
ro‘ying somon bo‘lmas,
 
aqlning qayrog‘i–bilim, kitob–bilim bulog‘i, bilimdan 
ortiq boylik yo‘q. 2-sinfda jami 65ta maqollar keltirilgan bo‘lib, turli xil 
mavzularda berilgan. O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l, aqlli 
kengash qilar, ahmoq–urush, tongda qilsang harakat, ishingda bo‘lar barokat, 
kitob bilim beradi, bilim baxt keltiradi kabi maqollar keltirilgan. 
O’qish darslarida 


o‘tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar izlash, asar qahramonlarining nomlarini 
yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos 
maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi.
Biror ertakni o‘qib 
tugatgandan keyin shu bo‘yicha yakuniy xulosalar chiqarishda ham maqollardan 
foydalanish o‘rinlidir. Unda qatnashgan ertak qahramonlariga maqollar orqali 
ta’rif berib, xulosalasak bu o‘qilgan ertakni bolalar xotirasida mustahkam qolishiga 
zaminyaratadi [2]. 
Bolalar sinfdan sinfga o‘tgan sayin maqollarning hajmi ham ma’nosi ham 
boyib bormoqda. Do‘st, ota–ona, mehnat, kitob haqida, vatanni e’zozlash 
to‘g‘risida ko‘plab maqollar berilgan. Namuna sifatida: Baliq suvsiz yashamas–
odam do‘stsiz, bola aziz–odobi undan aziz.
Yuqoridagi maqollarda ham va turli xil mavzularda berilgan maqollarda 
ham bolalarni vatanga muhabbat, uni sevish ardoqlash kabi insoniy fazilatlarni 
rivojlantirish, kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish bilan birga va ularni 
kasb-hunarga yo‘naltirishda ham alohida o‘ringa ega.
 
Ta’lim jarayonida ham 
maqollardan foydalanish ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qiladi. U bolalarning mavzuni 
yaxshi o‘zlashtirishiga mavzu yuzasidan shaxsiy fikri shakllanishiga, fikri 
teranlashib dunyoqarashining o‘sishiga imkon beradi.
Shungdek, mehnat 
tejamkorlik to‘g‘risidagi maqollar, mutafakkirlarimizning hikmatli fikr va 
qarashlari bolalar ongiga singdirilib boriladi. Umuman olganda, o‘zbek 
tarbiyashunosligida mehnat tejamkorlikka va kasb-hunarga o‘rgatish bola 
kamolotining bosh omili sifatida qaraladi. Ular orqali o‘quvchilar mehatini hurmat 
qilishga va qadrlashga o‘rgatilgan. Har bir bolani tarbiyalashda uni qilgan ishiga 
munosib maqollardan o‘rinli foydalanish so‘zning ta’sirchanligini oshiradi. 
Xulosa o ‘rnida shuni aytish joizki, har bir maqol ezgulik uchun xizmat 
qilmog‘i darkor. Asrlar osha sayqallanib o‘z ahamiyatini yildan yilga oshirib 
borayotgan maqol va matallar xalqning ma’naviy ehtiyoji hisoblanadi. Ulardan 
unumli foydalanib yosh avlodga yaxshi tarbiya bersakgina kelajakda yurt koriga 
yaraydigan, uning ertasi uchun qayg’uradigan yoshlar tarbiyalasak biz ham 
savobli ishga sherik bo‘lgan hisoblanamiz.


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.N.Niyazova
“Maqol va matallar tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari“ 
Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti. 
2.A.Zunnunov O‘zbek pedagogikasi tarixi: Oliy o‘quv yurtlar uchun 
qo‘llanma -.T. O‘qituvchi.1997y
3.Boshlang‘ich.1-4.sinf.o‘qish.darsliklari

Download 193.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling