Madaniyatning tarixiy taraqqiyot qonunlari, madaniy vorislik tarayonlari, madaniy merosdan foydalanish tamoyillari


Download 233.63 Kb.
bet9/14
Sana10.05.2020
Hajmi233.63 Kb.
#104734
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5247247079796901882


Nazorat savollari


  1. Kamollidin Bexzod ijodining tasviriy san’at rivojidagi ahamiyati.

  2. Ulug’bek ilmiy maktabining yutuqlari nimada? Va uning jahon fani uchun ahamiyati.

  3. Тemur va Тemuriylar davri madaniyatining hozirgi sharoitdagi ahamiyati.

  4. Тemur va Тemuriylar madaniy merosini tiklash yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar.


Mavzu: Yevropa Uyg’onish davri madaniyati.
REJA:

1.Uyg’onish davri haqida.

2.Uyg’onish davri adabiyoti.

3.Tasviriy san’at.

4.Haykaltaroshlik.

5.Ilm-fan taraqqiyoti



6.Tabiiy fanlar sohasidagi buyuk o‘zgarishlar

7.Yangi ixtirolar


1) Uyg’onish davri deyilganda ilm-fan,madaniyat,marifat ma’navyat yuksalgan davr tushuniladi.Bunday davr dastlab O’rta Osiyoda IX-XII va XIV-XV asrlarda yuz bergan.XIV-XVII asrlarda G’arbiy Yevropada ham bu hodisa yuz berdi va u Renessans deb ataldi.

Bu masala bilan shug’ullanuvchi olimlar Uyg’onish davrini O’rta asrlar turg’unligidan yangi davrga o’tish bosqichi deb baholaganlar.G’arbiy Yevropa Uyg’onish davri o’z-o’zidan yuz berib qolmadi.U O’rta Osiyo Uyg’onish davrining vatani ITALIYA bo’ldi.Chunki bu mamalakatda kapitalistik jamiyatga xos bo’lgan xususiyatlar boshqa davlatlarga nisbatan ertaro vujudga kelgan edi. G’arbiy Yevropa Uyg’onish davrining asosiy belgilarini quyidagilar tashkil etgan:



  • Jaholat va mutaassiblikni rad etish;

  • Insonni ulug’lash,uning iste’dodi,aqliy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish;

  • Kapitalistik jamiyatning rivojlanishi ilm-fannning yana taraqqiy etilishini zaruriyatga aylantirib qo’yganligi;

  • Adabiyot va san’atda narigi dunyoni emas hayottagi go’zallikni kuylash;

  • Inson erki uchun kurash;

2) Uyg’onish davri adabiyotida san’atida o’z davrinig buyuk kishilari ijod qildilar.Saxiy tabiat ularning har biriga ko’p qirrali noyob qobilyati in’om etgan edi.Bunday noyob qobilyat egalaridan biri Uilyam Shekspir (1564-1616) bo’lgan.U <>,deb hisoblardi.U.Shekspir teatrga muhabbat qo’ydi.Ham aktyor,ham dramaturg sifatida ijod qildi.U.Shekspir insonlarni o’rab turgan olamni sahna,odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilardi.

Teatrning odamlarni taqdir zarbasidan bukulmaslikka o’rgatuvchi,sotqinlik va ikkiyuzlamachilikdan nafratlanish hissini tarbiyalovchi,tubanlikka qarshi kurashga o’rgatuvchi maktab bo’lib qolishga astoydil ishonib yashadi.U.Shekspir kelgusi avlodlarga <>,<>,<> va <> kabi mashhur asarlarini meros qoldirdi.

Bu davr madaniyatining yna bir yirik arbobiispan yozuvchisi Migel de Servantesdir (1547-1616).Uning mashhur <> asari qahramoni,jahongashta Don Kixot adolatsizlik olamidagi so’nggi oilyjanob ritser`U odamlar hayoti biroz bo’lsa-da,yaxshi bo’lishiga yordamlashish yo’lida harakat qiladi.Bu ishi uning hayotidagi:’’Erkinlik uchun xuddi shon- sharaf uchun qilinganidek,jonni xavfga qo’yish kerak’’shiyorini amaldagi ifodasi edi


3) Uyg’onish davri madaniyatining yana bir namoyondasi Italiyalik Leonardo da Vinchidir (1452-1519).Ubir vaqtning o’zida ham rassom,ham shoir,ham me’mor,ham haykaltarosh,ham musiqachi va ixtirochi edi.Leonardo rasm chizish san’atini <> deb atagan.Buyuk rassom bir paytning o’zida izlanuvchan olim ham edi.Leonardo asarlarining qahramonlari xudolar va avliyolar emas, balki odddiy odamlar edi.<>rasmi buning yorqin dalilidir.Ona go’dagini bag’riga bodib nimtabassum qilmoqda,yer esa onaning o’z go’dagiga cheksiz muhabbatini anglatib turibdi.Leonardoning <>deb nomlangan devoriy easmi ham mashhurdir.

Bu davrning yana biri Italiyalik Rafael Santi (1483-1529)edi. U atiga 37 yil umr ko’rdi xolos.Lekin shu qisqa davr ichida o’z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yarata oldi.U yartgan asarlar ichida <>mashhurdir.<> deb baho beradi zamondosh olimlari.Unda oyoqyalang Bibi Maryam go’yo bulutlarni bosmayotganday,ohista,ularning ustida uchub yurganday o’z qismatiga peshvoz chiqmoqda.Hali go’dak Isoning nigohlari kattalarnikidek jiddiy.U kelajakdagi azob va o’limni oldindan sezayotganday.Onaning qarashlarida ham qayg’u va havotir bor.U oldindan nima bo’ishini biladi.Shunga qaramasdan o’g’lining hayoti evaziga haq yo’llari ochiladigan odamlar tomon oldinga intiladi.

Gollandiyali mashhur rassom Rembrandt (1606-1669) yaratgan asarlar ichida eng mashhuri <> rasmi edi.Injilda oilasini tashlab ketib,uzoq vaqt sang’ib yurgan,barcha boyliklari tugagach,ortga qaytgan o’g’lini ota kechiradi va uyiga qabul qiladi.Rembrandt o’z asarida ota va o’g’ilning uchrashuv paytini aks ettirgan.
4) Bu davr haykaltaroshlari haykaltaroshlikni san’atlar ichida birinchisi,u insonni,uning go’zalligini boshqa san’at turlaridan yaxshiroq sharaflaydi,deb hisoblaganlar.Ularning eng mashhuri italiyalik Mikelanjelo Buonaroti (1475-1564) edi.U o’zinig o’lmas asarlari bilan tarixda abadiy iz qoldirdi.U san’at haqida bir she’rida jumladan,quyidagilarni bitgan:

<

San’atning qismati buyukdir har dam

Uni yenga olmas ,o’lim ham,vaqt ham>>.

San’atkor yaratgan <> haykali uning nomini abadiyatga daxldor qildi.Injil rivoyatlariga ko’ra,yosh cho’pon yigit Davit daxshatli devsifat Goliaf bilan jangga tushishga jur’at qiladi va uni tosh bilan urib o’ldiradi.Haykaltarosh Mikelanjelo esa jang oldida turgan Davidni tasvirlagan.Uning yuzi g’azabga to’la.Bu haykal o’zining balandligi va go’zalligi bilan o’zgacha yaratilgan asarlarni ortda qoldirdi.Pyotr sobori Rim va Yevropaning bosh katolik ibodatxonasidir.Yuz yildan ortiq davr mobaynida bunyod etilgan bu sobor qurilishini Mikelanjelo nihoyasiga yetkazdi.



XVI-XVII asrlarda ilm-fan taraqqiyotida katta yutuqlarga erishildi. Bu davrda fizika va astronomiya fanlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk olimlar Nikolay Kopemik (1473-1543), Jordano Bruno (1548-1600) va Galileo Galiley (1564-1642)lar yashab ijod qildilar.

Nikolay Kopemik о‘z davri uchun har tomonlama chuqur bilim oldi. Krakov (Polsha) va Italiya universitetlarida o‘qidi. Tasviriy san’at, matematika, falsafa, huquqshunoslik va tibbiyotkabi fanlarni o‘rgandi. Maxsus moslamalar yordamida 30 yil davomida osmon jismlarini kuzatdi.

N. Kopernik о‘z tadqiqotlariga suyanib, ming yillardan beri davom etib kelayotgan Yerning harakatsizligi haqidagi ta’limotdan voz kechdi. Yerning Quyosh va o‘z о’qi atrofida aylanishini isbotlab berdi. Bu xulosa о‘sha davr fanidagi haqiqiy buyuk kashfiyot edi. Ayni paytda u cherkov aqidalariga mutlaqo zid xulosa ham edi. U o‘z xulosalarini 1543-yilda chop etilgan «Osmon jismlarining aylanishi haqida» deb atagan kitobida bayon etdi. N. Kopernikning xulosalari cherkovni g‘azablantirdi. Kitob chop etilgan davrda u о‘lim to‘shagida уotardi. Faqat о‘limgina uni inkvizitsiyadan asrab qoldi. Keyinchalik, 1616-yilda cherkov Kopernik ta’limotini rasman taqiqladi.

Jordano Bruno. 1600- yil 17- fevral kuni Rim shahrida erkinlik va hurfikrlik dushmani inkvizitsiya hukmi bilan italiyalik faylasuf, astronom va shoir Jordano Bruno gulxanda kuydirilib o‘ldirildi.

Xo‘sh, nega shunday boldi? Jordano Bruno dunyoqarashiga ko‘ra, panteizm tarafdori edi. Yoshligidan xristian dini asoslari bilan birgalikda N. Kopernik ta’limotini о‘rgandi. U turli ta’ limotlar bo‘yicha о‘zining mustaqil fikriga ega shaxs bo‘lib voyaga yetdi. Shu tufayli u har qanday ta’limotga tanqidiy ко‘z bilan qarardi. Uning qarashlari xristian cherkovi aqidalarini shubha ostiga qo‘ya boshladi.

J.Bruno o‘z qarashlarini «Nola falsafasi» deb atadi. Unda olamning cheksizligi to‘g‘risidagi ta’limot ilgari surildi. U bunday deb yozgan edi: «Olam cheksiz, olchovsiz, uning oxiri yo‘q. Olam markazga ega emas. Yer ham, Quyosh ham olamning markazi emas. Olam son-sanoqsiz yulduzlardir va har bir yulduz yiroqdagi bir quyoshdir: Ularning har biri atrofida о‘z yo‘ldoslari aylanadi. Olam abadiy mavjud va u yo‘q bo‘lmaydi».

Inkvizitsiya uni gulxanda yoqib oldirishga hukm qildi. Keyingi avlod unga haykal o‘rnatdi. Haykal ostiga esa: «U barcha xalqlar uchun fikr erkinligini talab qildi va shu talabi uchun qatl etildi», deb yozib qo‘yildi.



Galileo Galiley. G. Galiley ham italiyalik (1564-1642) buyuk astronom edi. U osmon jismlarini kuzatuvchi asbob - teleskopni yaratdi va shu teleskop bilan osmonni kuzatgan Yevropaning birinchi olimi edi. Uning tadqiqot ishlari Kopernikning ta’limotini tasdiqladi. G. Galiley bundan tashqari Oyda ham yerdagi kabi tog‘lar borligini va hatto quyoshda dog‘lar mavjudligini qayd etdi.

G. Galiley o‘z qarashlarini «Yulduzlar axboroti» kitobida bayon etdi. Cherkov bu kitobni taqiqlangan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritdi. Inkvizitsiya esa uning kashfiyotlarini qoraladi.

Keksa, kasalmand Galiley besh oy davomida tergov qilindi. Tergov uning tinka-madorini quritdi. Manbalarda bunday deb yozilgan edi: «Bu xo‘rliklar olimning buyuk g‘oyalaridan voz kechishi va uqubatlardan yengilgan odamning azoblanishiga olib keldi». Oxir-oqibatda, inkvizitsiya uni o‘z g‘oyalaridan voz kechishga majbur etdi.

«Yashash, erkinlik va mulkka egalik huquqi». Bu davrda falsafa fani ham rivojlandi. Bu borada Angliyada katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Ayniqsa, XVII asrda ijod qilgan Jon Lokk ilgari surgan g‘oyalar keyingi asr faylasuflariga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Uning asosiy xizmati insonning yashash, erkinlik va mulkka egalik qilish huquqlari haqidagi ta’limotni yaratganligi bilan belgilanadi.

Lokk, shuningdek, davlat hokimiyatini bo‘lish, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatni qonun chiqanivchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ham ilgari surdi. Siz O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida bunday bo‘linish nima ekanligini bilib olasiz.



Yangi ixtirolar. XVI-XVII asrlar yangi ixtirolar davri ham bo‘ldi. Odamlar uchun energiyaning yangi manbalari juda zarur edi. Busiz ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishning iloji yo‘q edi.

  1. asrdan boshlab odamlar suv va shamoldan energiyaning yangi manbai sifatida foydalanishni o‘rganib oldilar. Chunonchi, shu davrdan boshlab shamol-tegirmon ixtiro qilindi. Shunday tegirmon g‘ildiragi beradigan energiya yordamida teriga ishlov berildi va ruda maydalandi. Bu davrda tokarlik dastgohining ixtiro qilinishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuningdek, ixtirolarning anchagina qismini tog‘-kon sanoati sohasidagi ixtirolar tashkil etdi. Chunki shaxta konlaii chuqurligi 200 metrdan 800 metrgacha yetgan edi. Bu esa shaxtalardagi suvni chiqarib tashlash ishini dolzarb muammoga aylantirib qo‘ydi. Inson aqli bu muammoni о‘sha davr sharoitida hal etishning yo‘lini topdi ham. Chunonchi, shaxtalardagi suvni tortib oladigan pompa deb ataluvchi nasos ixtiro qilindi. Bu ixtiro shaxtadan suvni qo‘l kuchi bilan chiqarishga jalb etilayotgan 600 kishining о‘rnini bosdi.

  2. asrda ruda portlatish yo‘li bilan olina boshlandi. Olingan ruda esa yog‘och izlarda yuruvchi kichik vagonchalarda tashila boshlandi. Bu davrning yana bir yangiligi - toshko‘mirdan foydalanish bo‘ldi. Tog‘-kon sanoati va metallurgiya rivojlangan hududlarda o‘rmonlar maydoni tobora qisqarib bordi. Bu omil tosh ko‘mir’dan foydalanishning о‘ylab topilishiga olib keldi. Angliya ко‘mir qazib chiqarish markaziga aylandi.

1540-yildan 1640-yilgacha o‘tgan yuz yil ichida ко‘mir qazib chiqarish 250 ming tonnadan 1,5 mln. tonnaga yetdi. Toshko‘mir mamlakat hayotida kumush dan kam baholanmas edi. Yangi-yangi ixtirolar kitob chopqilish borasida ham yangilik yaratilishiga olib keldi. chunonchi, endi suratli kitoblar ham chop etila boshlandi.

Panteizm - xudo bilan tabiat bir narsa, ular bir butunni tashkil qiladi, deb hisoblovchi ta’limot.



Mavzu: Xonliklar davri madaniyati.

Reja:

1. Ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hayot.

2. Buxoro amirligida madaniy hayot.

3. Qo‘qon xonligida madaniy hayot.

Ashtarxoniylar davrida avj olgan ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar, siyosiy parokandalik ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hayotga salbiy ta’sir etdi. Biroq bunday murakkab siyosiy vazlyat maorif, ilm-fan, madaniyat rivojini to’xtatib qo’ya olmagan.



Maktab va madrasa ta’limi. XVII - XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko’plab maktab (maktabxona) lar faoliyat ko’rsatgan. O’g’il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o’qitilgan. Og’il bolalar maktablari, masjidlar, madrasalar, xo’jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan bo’lib, masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli kishilar o’qituvchilik qilgan. Ularni domla deyishgan. Qiz bolalar maklablari badavlat kishilar yoki o’qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan, qizlarni otinoyi, otinbibi, bibixalifa, bibiotin deb atalgan ayol o’qituvchilar o’qitishgan.

Bolalar maktabga 6-7 yoshdan berilgan va ular 5-8 yil davomida boshlang’ich ta’lim olganlar.

O’quvchilarga avval harflar o’rgatilgan, keyin bo’g’inlar, ularni qo’shish orqali so’z tuzish, “Haftiyak” (Qur’oni Karimning yettidan biri) kitobini o’qish o’rgatilgan. Hisob darsida sonlar, ularni qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish amallari o’rgatilgan. O’quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Hofiz Sheroziy, So’fi Olloyor asarlarini, “Chor kitob”ni o’qib saboq olganlar. Qizlar maktablarida uy-ro’zg’or tutish, pazandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini o’rganishga ko’proq o’rin berilgan.

Bolalar o’qishni to’liq o’zlashtirib olganlaridan keyin yozishga o’tganlar. Maktablarda imtihonlar bo’lmagan, o’quvchilarga maktabni bitirgani to’g’risida hujjat ham berilmagan. Bolaning ravon o’qishi, to’g’ri yoza olishi, hisob-kitobni bilishi maktabni bitirganligiga guvoh bo’lgan.

Madrasa o’rta va oliy o’quv yurti hisoblangan. Madrasaga maktabxonalarni tugatganlar qabul qilingan. Madrasa ta’limi talabalar iqtidoriga qarab 7-12 yil davom etgan. Buxoro xonligi shaharlarida 150 dan ortiq madrasa bo’lgan. Madrasada fors tilida yozilgan kitoblar o’qitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. O’qish “Avvali ilm” deb nomlangan fors tilidagi o’quv qo’llanmasini o’zlastirishdan boslilangan. Keyin arab tili grammatikasi o’qitilgan. Fiqh (huquq)ni o’rganish majburiy hisoblangan.

Ilm-fan. Diniy mutaassiblik, xalq ommasi diniy aqidalarga so’zsiz itoat etish talablarining kuchayishi ilm-fan ravnaqiga salbiy ta’sir etdi. Shunga qaramasdan, ilm ahllarining ijodi batamom to‘htab qolmadi. Mahmud ibn Valining 1636-yilda yozilgan “Bahr asror” (“Sirlar dengizi”) asarida samarqandlik va buxorolik 20 nafar olim haqida ma’lumotlar berilgan. XVII asrning taniqli olimi, Mir Arab madrasasi mudarrisi Muhammad Sharif Buxoriy (1609-1697) falsafa, tasavvuf, tarix, fiqh, tilshunoslik, astronomiya sohasida 20 dan ortiq asarlar yozgan. Uning “Xoqonga foydali maslahatlar” kitobida shariat qonun-qoidlari, ijtimoiy hayot va axloqiy muammolarga oid ma’lumotlar, hukmdorlar to’g’risida qiziqarli lavhalar o’z ifodasii topgan.

Subhonqulixon davrida tibbiyot ilmi rivojlandi. Uning tashabbusi bilan Buxoroda „Dor ush-shifo“ qurilib, bemorlarni davolash ishi yo’lga qo’yilgan, tibbiyotga ixtisoslashgan madrasa qurilib, shifokorlar tayyorlangan. Subhonqulixonning tibbiyotga oid kitoblar jamlangan nodir kutubxonasi bo’lgan. U “Subhoniy tibbiyoti bo’yicha davolash” va astronomiyaga oid “Baxtli soatni aniqlashda oy manzillarining mohiyati” nomli kitoblar yozgan.



Tarixnavislik. XVII - XVIII asr birinchi yarmida Buxoro tarixiga doir qator asarlar yaratiladi. Tarixchi va geograf olim Mahmud ibn Valining “Oliyjanob insonlar jasorati xususida sirlar dengizi” (“Bahr ul-asror”) asarida Movarounnahr va Xuroson tarixi, mamlakatlar, shaharlar, okean va dengizlar, hayvonot olami haqida qimmatli ma’lumotlar bayon qilinadi. Shuningdek, bu davrda Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy”, Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning “Tarixlar dengiz” Abdurahmon Tolening “Abulfayzxon tarixi” kabi muhim asarlar yaratildi.

Adabiyot. XVII - XVIII asr birinchi yarmida adabiyot ancha rivoj topdi. Bu davr adabiy muhitida Bedil (asl ismi Mirzo Abdulqodir, 1644-I721) ning o’rni katta. U kesh (Shahrisabz)lik. Dehlida vafot etgan. Uning yirik asari “To’rt unsur” nasrda yozilgan bo’lib, unda havo, suv, yer, olov haqida, shuningdek, o’simliklar, hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida o‘z qarashlari bayon etiladi.

Bedilning “Irfon” (”Bilim”) dostonida falsafa, tarix va ilohiyot masalalari bayon etilgan. Bedilning fikricha, dunyo abadiy bo’lib, to’xtovsiz harakat qiladi va o’zgarib turadi. U she’rlarida jamiyatdagi jabr-zulm, adolatsizlik kabi illatlarni qoralaydi. Bedil Turkistionda ,,Abulma’oniy“ (“Ma’nolar otasi”) degan nom olgan.

Bu davr adabiyotining yirik namoyandalaridan yana biri shoir Sayido Nasafiy edi. U Nasaf (Qarshi) shahrida tug’ilgan. Zamondoshlari uni “Buxoro shoirlari taxtida sulton” deb ulug’laganlar.

Uni mashhur qilgan “Hayvonotnoma” nomli majoziy munozara asari edi. Nasafiy mazkur asarida hayvonlar timsoli orqali yer egalari va amaldorlaring mehnatkash xalqqa yetkazgan jabr- zulmlarini, ularning adolatsizligini, poraxo’rligi va ma’naviy jihatdan pastkashliklarini fosh etadi. Shoir asarida bo’ri va sher timsolida yer egalarining yirtqichlikdan iborat asl basharalarini ochib tashlaydi. Asarda sher barcha hayvonlar ustidan g’alaba qozonsada, mehnatkash xalq timsoli bo’lgan chumolidan yengiladi. Bu shoirning mehnatkash xalq ham bir kun emas, bir kun jabr-zulimdan ozod bo’lishi yo’lidagi orzusi edi.

Bu davr adabiyotida Turdi Farog’iy ham munosib o’rin egallaydiydi. Turdi jamiyatdagi adolatsizliklarni, Subhonqulixonning og’ir soliqlarga duchor etganligini, uning oqibatida xalq tortayotgan azob-uqubatlarini ro’yirost tanqid qila olgan jasoratli shoir edi:



Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,

G‘asb ila molin olib, qo‘ymadingiz bitini.

Turdi xalqning tilidan, mamlakatni xonavayron qilgan siyosiy tarqoqlik, u keltirib chiqargan qirg’in-barot urushlarni la’natlagan Urug’ va qabilalarni birlashishga va o’zaro hamkorlik qilishga da’vat etgan. Urug‘ oqsoqollarini va beklarni bir yoqadan bosh chiqarishga chaqirgan.

Bu o’rinda Turdining “Тог ko’ngullik beklar” she’ri alohida ahamiyatga ega:

Tor ко’ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,

To’qson ikki bovli o’zbek yurtidir, tenglik qiling...
Me’morchilik. Buxoro xonligi tasarrufidagi hududlarda me’morchilik ham ancha rivoj topdi. Ko’plab masjidlar, madrasalar, bozorlar, xonaqohli karvonsaroylar, hammomlar, sardobalar barpo etildi. Ularni bunyod etilishida temuriylar davrida qurilgan me’moriy obida andaza bo’lib xizmat qilgan.

XVII asrda Samarqand Registoni ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantirildi. Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir 1619-1635 - yillarda vayrona holatiga tushib qolgan Registiton maydonida Ulug’bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida 1646-1660 - yillarda Tillakori madrasa-masjidini o’z mablag’lari hisobidan bunyod ettirgan, unga tilladan ishlov berish, bezash ishlari bajarilgan. Samarqand Registon ansambli” o’zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Markaziy Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi bo’lib, bugungi kunda jahonxjamoatchiligi, sayyohlar e'tiborini o’ziga jalb qilmoqda. Buxoroda yirik me'moriy majmua - Labihovuz ansambli bunyod etildi. Buxoroning eng badavlat kishilaridan biri bo’lgan Nodir devonbegi 1620-yilda bozor maydoni o’rtasida bo’yi 41 metr, eni 36 metr, chuqurligi 5 metr bo’lgan katta hovuz qurdirib atrofini shag'al, marmar va toshlar bilan mustahkamlattiradi. Hovuz atrofida Nodir devonbegi madrasasi va xonoqoqi, Ko’kaldosh madrasasi, Elnazar elchi madrasasi bunyod etiladi. 1652-yilda Buxoro shahrida Abdulazizxon qurdirgan qo’sh imoratli madrasa mustahkamligi, nafis naqshli ko’rinishlarga boyligi bilan ajrab turadugan, o’z zamonasi me’morchiligining yetuk namunasi hisoblanadi.



Tarixnavislik. Ashtarxoniylar hukmronligi davridan boshlab ijtimoiy-madaniy hayot rivojining qudratli to’sig’iga aylangan diniy mutaassiblik mang’itlar hukmronligi davrida yanada kuchaydi. Bu omil, birinchi navbat aniq tabiiy fanlarning rivojlanishiga imkon bermadi. Chunki diniy mutaassiblik namoyandalari bu fanlar sohasida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan har qanday kashfiyotni Xudoni irodasiga shak keltirish deb hisoblardilar. Shuning uchun xam uch o‘zbek xonligida, jumladan, Buxoro amirligida aniq tabiiy fanlar rivojlanmadi. Shu tufayli, bu davrda asosiy asarlar tarix, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida yaratilganligi bejiz emas edi. Buxoroning XIX asr birinchi yarmida ijod etgan tarixchi olii Muhammad Ya’qub ibn Doniyolbiy Buxoriy (1771-1831) edi. U „Gulshan ul-muluk“ (Podshohlar gulshani) degan asar yozib qoldirgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo’lib, birinch qismi Buxoroning qadimgi tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayoniga bag’ishlangan. Asarning ikkinchi qismida esa Markaziy Osiyoning XVIII va XIX asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan. XIX asrda yozilgan Mirzo Shams Buxoriyning „Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Ho’qand va Qoshg’ar” (“Buxoro, Qo‘qon va Qashqarning ayrim voqea - hodisalari bayoni”) kitobi, shuningdek, Mir Olim Buxoriyning “Fathnomayi sultoni” Muhammad Hakimxonning „Yilnomalar to’plami“ asar tariximiz uchun muhim manbalar hisoblanadi.

Adabiyot. Bu davr adabiyotida o’z davrining mashhur shoir va yozuvchilari ijod qilganlar. Ulardan biri o’ziga xos iste’dod egasi Muhammadniyoz Nishotiy (XVIII asrda yashab ijod etgan) o’rtacha, vaqti kelganda kambag‘allik va sargardonlikda yashagan edi. Shoir 1778- yilda o‘zining ajoyib „Xusnu Dil“ dostonini yaratgan O’zbek adabiyotining katta yutug‘i sanalgan bu asami shoir majoziy shaklda yozgan. Doston qahramonlari — Aql, Husn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq va boshqalarning har biri g‘oyat go‘zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, Fasod, Nafs obrazlari esa yomon sifatlar hamda turli yovuzliklaming timsoli edi.

Shu tariqa, Nishotiy dostonida odamlarva davlatlar orasidagi nizolar. baxillik va boshqa axloqiy qusurlar qoralanadi. Yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi qarashlarda xayrli intilishlar, aql va oliyjanob niyatlar ustun keladi. Bundan tashqari, Nishotiyning adabiy ijodidagi yana bir o‘ziga xoslik — bu, adabiyotda munozam janri taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganligidir. Bu o‘rinda uning „Qushlar munozarasi“ majmuasi katta ahamiyatga ega. Asarda o‘sha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illatlarjaholat, mansabparastlik majoziy shaklda tanqid qilingan, mehnat ahlining kamtarligi ulug‘langan. Asarda laylak, zog‘, bulbul, tovus, to‘ti, xumo kabi jami 14 ta qush o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahs tasvirlangan. Bu davrning yana bir mashhur shoiri Mujrim - Obid edi (1748-1818). Shoirning asarlaridajamiyatdagi nomukammallik, ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik odamlar fe’lidagi iliatlar tanqid ostiga olinadi.

Buxoroda Shavqiy, Joniy, Hiromiy, Vola va Junaydjlloh Hoziq kabi o'nlab iste’dodli shoiriar ham ijod qiganlar.

Volaning (1770—1842) ko‘zi tug‘ma ojiz bo‘lsa-da, tabiat unga kuchli iroda, aql, xotira va qobiliyat hamda yoqimli ovoz in’om etgan edi. Shoir o‘z she’rlaridan 2 ta devon tartib bergan. Bizgacna 3 ming misra she’rlari yetib kelgan. O‘z she’rlarida xalq boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlarni kuylagan.



Download 233.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling