Madaniyatshunoslik


Download 5.04 Kb.
Pdf просмотр
bet1/19
Sana17.03.2017
Hajmi5.04 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

 
 
 
O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‟LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“MADANIYATSHUNOSLIK”  
FANIDAN
  
 
O‟QUV-USLUBIY MAJMUA 
 
  
 
                                               
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent -2016   

O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‟LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI 
 
 
 
“TASDIQLAYMAN” 
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 
__________________S.Aliyev 
2016 yil ―____‖ ―_________‖ 
 
 
 
 
 
 
 
“MADANIYATSHUNOSLIK”  
FANIDAN
  
 
O‟QUV-USLUBIY MAJMUA 
(2016-2017 o‟quv yili uchun)  
 
                                               
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent -2016   

 
 
 
 
Tuzuvchi: YU Xusanboyeva Ijtimoiy Fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi  
 
Taqrizchi: I.Shamsiyeva Jaxon Iqtisodi va Deplomatiya Universiteti  Ijtimoiy 
fanlar kafedrasi dotsenti  
 
 
 
 
 
O‘quv-uslufiy majmua Toshkent Farmatsevtika insitutining soha uslubiy 
kengashining 2016 yil 15.06 dagi 15 sonli qarori bilan nashirga tavsiya qilingan  
 
 
 
Soha uslubiy kengashining kengash raisi_________ K.K.Ismailov 
 
O‘quv-uslubiy majmua MUK da ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi  
 
________2016  _________sonli bayonnomasi  
Kelishildi; Markaziy uslubiy kengash raisi ______ S.U.Aliyev   
 
 
 

 
 
MUNDARIJA
 
 
I.
 
Ishchi dastur……………………………………………………….... 
II.
 
Sillabus...............................................................................................  
III.
 
Modulni o‗qitishda foydalaniladigan intrefaol ta‘lim 
metodlari…………………….............................................………... 
IV.
 
Nazariy materiallar…… 
………………………..……….… …. 
V.
 
Amaliy mashg‗ulot materiallari ………………………………..….. 
VI.
 
Keyslar banki………………………………………………………. 
VII.
 
Mustaqil ta‘lim mavzulari…………….……………………………. 
VIII.
 
Test………………………………………………………………… 
IX.
 
Glossariy……………………………………………………..…….. 
X.
 
Adabiyotlar  ro‗yxati…………………………..…………………… 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
I.ISHCHI DASTUR 
Kirish 
O‗zbekistonning davlat  mustaqilligini qo‗lga  kiritishi  tufayli  halqimizning 
asriy  orzusi  ushaldi,  o‗z  taqdiri  va  kelajagini  o‗zi  yaratadigan  bo‗ldi.  Tarixan 
qisqa davrda jamiyatimiz ijtimoiy – siyosiy hayotining barcha sohalarida keskin 
burilish  yasaldi.  Mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish,  faol  demokratik 
yangilanishlarni  amalga  oshirish  bilan  bog‗liq  qator  islohatlar  o‗tkazildi. 
Ayniqsa, bugungi murakkab globallashuv davrida  ma'naviyat sohasida vujudga 
kelayotgan  dolzarb  muammolar,  halqimiz  ma'naviyatini  asrash  va  yanada 
yaksaltirish,  yosh  avlodning  qalbi  va  ongini    turli  zararli  g‗oya  va  mafkuralar 
ta'siridan  saqlash  va  himoya  qilishda  Vatan  tarixini  har  tomonlama  va  chuqur 
tadqiq etish, birlamchi manbalarga tayanib talqin etish, kelajak avlodga haqiqiy 
tariximizni  o‗qitish  orqali  ularni  yuksak  ma'naviyatli  shaxslar  etib  tarbiyalash 
dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
-  insonning  tabiat,  jamiyat  bilan  birgalikdagi  faoliyatini  hamda 
kishilarning  ma‘naviy  turmushiga  oid  barcha  jarayonlarni  tadqiq  qilishdan 
iborat; 
- Madaniyatshunoslik fani muhim tarbiyaviy vazifani ham bajaradi; 
- Madaniyatshunoslik tinglovchilarni turli tarixiy davrlar madaniyatlari va 
sotsial  guruhlarning  urf-odatlari,  turmush  tarzi  to‗g‗risidagi  bilimlar  bilan 
boyitadi.  Tarixiy  va  gumanitar  bilimlarni  tartibga  keltiradi,  ijtimoiy  turmush 
voqeliklarini  yagona  mazmun  asosida  anglashga  yordam  beradi.  Ko‗plab 
betakror  va  mustaqil  madaniyatlardan  tashkil  topgan  jahon  sivilizatsiyasining 
birligi va xilma-xilligini ko‗rsatadi; 
-  Madaniyatshunoslik  fanining  yana  bir  muhim  vazifalaridan  biri  –  bu 
kishilarda  ijodiy  qobiliyatni  rivojlantirishdir.  Madaniyatshunoslik  yangi 
ma‘lumotlar  berish  bilan  birga,  yoshlarda  madaniyat  voqeliklari  bilan 
munosabatda bo‗lish malakasini hosil qiladi. 
-  Madaniyatshunoslik  talabalarda  jahon  madaniyati  va  uning  tarkibiy 
qismi  bo‗lgan  O‗zbekiston  madaniyatini  rivojlanish  tarixi,  xususiyatlari,  o‗zaro 
aloqadorligi,  muammolari  va  istiqbollari  to‗g‗risida  bilim,  ko‗nikma  va 
malakalarni shakllantirish bilan birga, ayni paytda, milliy madaniyatga va o‗zga 
millatlar madaniyatlariga, qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalashda, madaniyat 
yodgorliklariga ijobiy munosabatda bo‗lishida, ma‘naviy jihatdan rivojlanishiga 
ko‗maklashadi. 
 
Madaniyatshunoslik fanining maqsadi va vazifalari 
Madaniyatshunoslik  faninin  o‗qitish  talaba  yoshlar  jahon  va  vatan 
madaniyati,   tarixi bilan bog‗liq boy  materiallarni  mustaqil tahlil etish tafakkur 

mustaqilligi, tarixiy ong, asl ziyolilikni shakllanishi, mustaqilligi, tarixiy ong, asl 
ziyolilikni 
shakllanishi, 
millatimiz 
mentalitenining 
yuksalishga 
yo‗naltirilganligini tadqiq qiladi. 
Bu  fanning  asosiy  vazifasi  turli  tarixiy  davrlar  madaniyatlari  va  sotsial 
guruhlarning  urf  -  odatlari  turmush  tarzi  to‗g‗risidagi  bilimlar  bilan  boyitadi. 
Madaniyatshunoslik  talabalarga  jahon  madaniyati  va  uning  tarkibiy  qismi 
bo‗lgan  O‗zbekiston  madaniyatini  rivojlanish  tarixi  xususiyatlari,  o‗zaro 
aloqadorligi  muammolari  va  istiqbollari  to‗g‗risida  bilim  ko‗nikma  va 
malakalarni  berish  bilan  ayni  paytda  milliy  madaniyatiga  va  o‗zga  millatlar 
madaniyatiga  qadriyatlariga  ularni  xurmat  ruhida  tarbiyalashga  ijodiy 
munosabatda bo‗lishlarida ma'naviy jihatdan riv 
Madaniyatshunoslik fani  bo„yicha talabalarning bilimiga,  ko„nikma va 
malakasiga qo„yiladigan talablar   
 
 
Madaniyatshunoslik o‗quv fanini o‗rganish jarayonida amalga 
oshirildigan masalalar doirasida talaba: 
-talaba umuminsoniy va milliy qadryatlar to'g'risida chuqur ilmiy nazariy 
bilim malaka va ko'nikmalarini egallashi lozim 
-talabalardan  jahon  madaniyatining  ajralmas  qismi  bo'lgan  O'zbekiston 
xalqining  jahon  sivilizatsiyasiga  qo'shgan  ulkan  xissasini  bilishi,  undan 
faxrlanish  ko'nikmasi  va  tuyg'usini  o'z  ongida  mujassamlashtirishlari  ajdodlar 
merosini saqlash o'rganish malakalariga ega bo'lishi kerak; 
-    ajdodlarimizning  jahon  sivilizatsiyasiga  qo‗shgan  hissasi  to‗g‗risida 
chuqur bilimga ega  bo‗lishi, ularning ibratli hayoti  va  faoliyati bilan faxrlanish 
xis – tuyg‗usiga ega bo‗lishi zarur; 
-  O‗zbekistonda  davlat  mustaqiligining  qo‗lga  kiritilishi,  huquqiy 
demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  asoslarining  barpo  etilishi,  yangilanish 
va modernizatsiya jarayonlari haqida to‗laqonli bilimga ega bo‗lishi kerak; 
-Madaniyatshunoslik  fani  bo'yicha  tizimli  bilimlarga  ega  bo'lishi,  fan 
haqida umumiy tushuncha, tasavvur va bilimga ega bo'lishi va zamonaviy ilmiy 
asoslarda ularda hayotiy va kasbiy faoliyatida foydalana olishi zarur. 
 
Madaniyotshunoslik fanining o„quv rejasidagi boshqa fanlar  bilan 
o‟zaro bog‟liqligi va uslubiy jihatidan ketma-ketligi. 
      Madaniyatshunoslik fani – falsafa,  O‗zbekistonda demokratik jamiyat 
qurish nazariyasi va amaliyoti, siyosatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, etika 
va estetika, ma‘naviyat va ma‘rifat asoslari. O‗zbekiston tarixi kabi fanlar bilan 
uzviy aloqada o‗rganiladi. 
 
Fanni o„qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 

O‗quv  jarayoni  bilan  bog‗liq  ta'lim  sifatini  belgilovchi  holatlar  quyidagilar: 
yuqori  ilmiy-pedagogik  darajada  dars  berish,  muammoli  ma'ruzalar  o‗qish, 
darslarni  savol-javob  tarzida  qiziqarli  tashkil  qilish,  ilg‗or  pedagogik 
texnologiyalardan  va  mul'timedia  vositalaridan  foydalanish,  tinglovchilarni 
undaydigan,  o‗ylantiradigan  muammolarni  ular  oldiga  qo‗yish,  talabchanlik, 
tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga 
jalb qilish.  
―Madaniyatshunoslik‖  fanini    loyihalashtirishda  quyidagi  asosiy  konseptual 
yondoshuvlardan foydalaniladi: 
 Shaxsga  yo„naltirilgan  ta'lim.  Bu  ta'lim  o‗z  mohiyatiga  ko‗ra  ta'lim 
jarayonining  barcha  ishtirokchilarini  to‗laqonli  rivojlanishlarini  ko‗zda  tutadi. 
Bu  esa  ta'limni  loyihalashtirilayotganda,  albatta,  ma'lum  bir  ta'lim  oluvchining 
shaxsini  emas,  avvalo,  kelgusidagi  mutaxassislik  faoliyati  bilan  bog‗liq  o‗qish 
maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.  
Tizimli  yondoshuv.  Ta'lim  texnologiyasi  tizimning  barcha  belgilarini  o‗zida 
mujassam  etmog‗i  lozim:  jarayonning  mantiqiyligi,  uning  barcha  bo‗g‗inlarini 
o‗zaro bog‗langanligi, yaxlitligi.  
Faoliyatga  yo„naltirilgan  yondoshuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini 
shakllantirishga, 
ta'lim 
oluvchining 
faoliyatni 
aktivlashtirish 
va 
intensivlashtirish,  o‗quv  jarayonida  uning  barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlari, 
tashabbuskorligini ochishga yo‗naltirilgan ta'limni ifodalaydi. 
 Faoliyatga  yo„naltirilgan  yondoshuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini 
shakllantirishga, 
ta'lim 
oluvchining 
faoliyatni 
aktivlashtirish 
va 
intensivlashtirish,  o‗quv  jarayonida  uning  barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlari, 
tashabbuskorligini ochishga yo‗naltirilgan ta'limni ifodalaydi.  
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‗quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini 
bildiradi.  Uning  natijasida  shaxsning  o‗z-o‗zini  faollashtirishi  va  o‗z-o‗zini 
ko‗rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.  
Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish.  Demokratik, tenglik, ta'lim beruvchi va 
ta'lim  oluvchi  faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni 
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni qarati. 
Muammoli  ta'lim.  Ta'lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish  orqali 
ta'lim  oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni 
o'ektiv  qarama-qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini,  dialektik  mushohadani 
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‗llashni 
mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.  
Axborotni  taqdim  qilishning  zamonaviy  vositalari  va  usullarini  qo„llash  - 
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‗quv jarayoniga qo‗llash.  

O„qitishning usullari va texnikasi.  Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), 
muammoli  ta'lim,  keys-stadi,  pinbord,  paradoks  va  loyihalash  usullari,  amaliy 
ishlar.  
O„qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‗zaro 
o‗rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.  
O„qitish  vositalari:  o‗qitishning  an'anaviy  shakllari  (darslik,  ma'ruza  matni) 
bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.  
Kommunikatsiya  usullari:  tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga 
asoslangan bevosita o‗zaro munosabatlar.  
Teskari  aloqa  usullari  va  vositalari:  kuzatish,  blits-so‗rov,  oraliq  va  joriy  va 
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‗qitish diagnostikasi.  
Boshqarish  usullari  va  vositalari:  o‗quv  mashg‗uloti  bosqichlarini  belgilab 
beruvchi  texnologik  karta  ko‗rinishidagi  o‗quv  mashg‗ulotlarini  rejalashtirish, 
qo‗yilgan  maqsadga  erishishda  o‗qituvchi  va  tinglovchining  birgalikdagi 
harakati,  nafaqat  auditoriya  mashg‗ulotlari,  balki  auditoriyadan  tashqari 
mustaqil ishlarning nazorati.  
Monitoring va baholash:  o‗quv  mashg‗ulotida ham butun kurs davomida ham 
o‗qitishning  natijalarini  rejali  tarzda  kuzatib  borish.  Kurs  oxirida  test 
topshiriqlari  yoki  yozma  ish  variantlari  yordamida  tinglovchilarning  bilimlari 
baholanadi.  
―Madaniyatshunoslik‖  fanini  o‗qitish  jarayonida  kompyuter  texnologiyasidan, 
―yexcel‖  elektron  jadvallar  dasturlaridan  foydalaniladi.  Ayrim  mavzular 
bo‗yicha  talabalar  bilimini  baholash  test  asosida  va  kompyuter  yordamida 
bajariladi.  ―Internet‖  tarmog‗idagi  rasmiy  iqtisodiy  ko‗rsatkichlaridan 
foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‗z 
va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‗tkaziladi.  
 
t
/

Mavzular nomi 
Jami  
soat 
Ma'ru
za  
Amaliy 
mashg‗ul
ot 
TMI 
Ja
mi 
1  Madaniyatshunoslik fanining predmeti va 
vazifalari.Madaniy taraqqiyotning 
qonuniyatlari 




10 
2  Qadimgi davr madaniyati. 





3  Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi 






   
 “Madaniyatshunoslik” fanidan mashg„ulotlarning mavzular va 
soatlar bo„yicha taqsimlanishi: 
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi  
Asosiy  qismda  (ma'ruza)  fanni  mavzulari  mantiqiy  ketma-ketlikda  keltiriladi. 
Har  bir  mavzuning  mohiyati  asosiy  tushunchalar  va  tezislar  orqali  ochib 
beriladi.  Bunda  mavzu  bo‗yicha  talabalarga  DTS  asosida  yetkazilishi  zarur 
bo‗lgan bilim va ko‗nikmalar to‗la qamrab olinishi kerak.  
            Asosiy  qism  sifatiga  qo‗yiladigan  talab  mavzularning  dolzarbligi,  ularning  ish 
beruvchilar  talablari  va  ishlab  chiqarish  ehtiyojlariga  mosligi,  mamlakatimizda 
bo‗layotgan  ijtimoiy-siyosiy  va  demokratik  o‗zgarishlar,  iqtisodiyotni 
erkinlashtirish,  iqtisodiy-huquqiy  va  boshqa  sohalardagi  islohatlarning  ustuvor 
masalalarini  qamrab  olishi  hamda  fan  va  texnologiyalarning  so‗ngti  yutuqlari 
e'tiborga olinishi tavsiya etiladi 
Ma'ruza mashg„ulotlari 
Madaniyatshunoslik fanining predmeti va vazifalari Madaniy taraqiyotning 
qonuniyatlari 
Shaxs va jamiyat hayotida madaniy taraqqiyot masalalarini o‗rga-nishning 
zarurligi,  kursning  maqsadi,  tadqiqot  predmeti  va  vazifasi.  Madaniyatshunoslik 
kursining  ijtimoiy  fanlar  tizimida  tutgan  o‗rni,  o‗ziga  xosligi  va  amaliy 
ahamiyati. 
Madaniyatshunoslik  tarixida  "Madaniyat"  tushunchasining  talqini. 
"Madaniyat"  tushunchasining  kelib  chiqishi  va  uning  ma'no  tizimi.  qadimgi  va 
madaniyati 
4  Dunyoviy va diniy mdaniyat 




10 
5  Temur temuriylar davri madaniyati(XIV 
asrning ikkinchi yarmi-XV asr) 





6  XVI-XIXasr birinchi yarmida mintaqa xalqlari 
madaniyati. 





7  Mustaqillik va madaniy taraqqiyot 





8  Texnogen madaniyat 





  Jami 
36 
18 
18 
26 
62 

o‗rta  asrlar  fanida  "Madaniyat"  tushunchasining  ta'rifi.  Yangi  davr  falsafasida 
"Madaniyat"  tushunchasi.  "Madaniyat"  tushunchasini  ta'riflashga  gnoseologik, 
akseologik,  onotologik  va  semiotik  jihatdan  yondashish.  Hozirigi  zamon  ilmi 
nazarida  "Madaniyat"ning  talqini.  Madaniyat  ijtimoiy  hodisa  sifatida.  Moddiy 
va  ma'naviy  madaniyat.  Ma'naviy  madaniyatn  ing  tarkibiy  tuzilishi. 
ojlanishlarida ko‗maklashadi. 
Qo'llaniladigan  ta'lim  texnalogiyalari:  diologik  yondashuv  muammoli 
ta'lim, aqliy hujum, T-sxemasi, o'z-o'zini nazorat. 
Milliy madaniyatlarning rivojlanishining nazariy masalalari (4 soat) 
Jahon madaniyati bosqichlari (4 soat) 
Adabiyotlar A1,A2,A3,A4,  
      Qadimgi  davr  madaniyati.  Qadimgi  Sharq  madaniyatining  tarixiy  va 
davriy chegaralari. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi rivojidagi umumiylik va o‗ziga 
xos  hususiyatlar,  ularning  jahon  madaniyati  tarixidagi  o‗rni.  Qadimgi  Sharq 
madaniyatida 
an'analarning 
o‗rni 
va 
ahamiyati. 
Qadimgi 
Sharq 
dunyoqarashining  o‗ziga  xosligi.  Madaniyatning  eng  qadimgi  o‗chog‗i  - 
qadimgi  Messopotamiya  jamiyatlari  madaniyati.  Yozma  ilmiy  va  san'atga  oid 
yodgorliklar  (mixxat,  zikkurat,  matematika  va  astronomiya,  "Gilgamish" 
haqidagi  doston).  Jahon  madaniyatida  Messopotamiya  madaniyatining  o‗rni  va 
ahamiyati. 
Qadimgi  Misr  madaniyatining  shakllanish  davri.  Misr  madaniyatida  din, 
unga e'tiqodning belgilovchi o‗rni. Misrliklarning narigi dunyodagi hayot haqida 
tasavvurlari.  Qadimgi  Misr  yozuvi,  fani  va  san'ati:  ehromlar,  ibodatxonalar, 
rassomchilik,  tibbiyot,  ieroglif  bitiklar,  adabiy  asarlar.  Jahon  madaniyati 
rivojlanishida qadimgi Misr madaniyatining o‗rni. 
Qadimgi  Hindiston madaniyati. Qadimgi xindlarda diniy dunyoqarash va 
ta'limotning  o‗ziga  xosligi.  Braxmanizm-jamoani  tabaqalashtirish.  Birinchi 
jahon dini - Buddizmning shakllanishi. Moxinjo-Daro va Xarappa sivilizatsiyasi. 
Hind falsafasi va fanining hususiyatlari. San'at va adabiy asarlar (zinapoyasimon 
tosh  ibodatxona,  tasviriy  san'at  va  xaykaltaroshlik,  "Vedalar",  "Mahobhorat", 
"Ramayana",  "Panchatantra",  dramaturgiya).  Hindiston  sivilizatsiyasining 
"oshkoraligi" va boshqa xalklar madaniyatlariga ta'siri. 
Qadimgi  Xitoy  sivilizatsiyasi  vujudga  kelishining  shart-sharoitlari  va 
o‗ziga xos xususiyatlari. Xitoy madaniy dunyosining biqiqligi. Konfutsiychilik, 
daosizm,  moizm  va  legizm  kabi  falsafiy  ta'limotlarining  paydo  bulishi.  Xitoy 
madaniyatining 
ijtimoiy-ahloqiy 
mazmuni. 
Yozuv, 
adabiyot, 
san'at 
yodgorliklari.  Buyuk  Xitoy  devori.  Buyuk  ipak  yo‗li.  Xitoy  madaniyatining 
qo‗shni xalqlarga ta'siri. 
Qadimgi  madaniyatni  cho‗qqisi  bo‗lmish  Antik  madaniyatning  jahon 
madaniyatidagi  o‗rni.  qadimgi  Yunon  sivilizatsiyasining  shakllanish  va 
rivojlanish  bosqichlari.  Antik  madaniyatda  yangi  shakldagi  (ilmiy  mantiq) 
fikrlashning vujudga kelishida siyosiy tuzumdagi demokratik jarayonning ta'siri. 
Antik davr falsafasi va dinining qadimgi Sharqqa nisbatan o‗ziga xosligi. Yunon 

afsonalari,  Yunon  madaniyatining  plastik  (nafis)  xususiyatlari.  Tasviriy  san'at, 
me'morchilik, teatr, sportning antik madaniyatdagi o‗rni. 
Qadimgi  Lotin  madaniyati.  Qadimgi  rimliklarni  dunyoni  idrok  etish 
xususiyatlari.  Respublika  va  Imperiya  davri  madaniyati.  Tamoshalar  va  diniy 
e'tiqodlar.  Qadimgi  rimliklarning  harbiy  san'ati.  Rim  huquqi.  Rimliklarning 
muhandislik  inshootlari.  Xaykaltaroshlik,  me'morlik.  Ellinistik  madaniyatning 
Qadimgi  Lotin  madaniyatga  ta'siri.  Sharqdagi  ellinistik  markazlar.  An tik 
madaniyat inqirozi va xristianlikni vujudga kelishi. 
Qo'llaniladigan  ta'lim  texnalogiyalari:  diologik  yondashuv  muammoli 
ta'lim, aqliy hujum, T-sxemasi, o'z-o'zini nazorat. 
Adabiyotlar A1,A2,A3,A4, 
 Markaziy  Osiyo  xalqlarining  qadimgi  madaniyati.  Markaziy  Osiyoda 
ibtidoiy  jamoa  tuzumi.  Tosh  davri  yodgorliklari.  Markaziy  Osiyo  madaniyati 
shakllanishining  tabiiy-iqlimiy  va  etnik  shart-sharoitlari.  Markaziy  Osiyo 
madaniyati tarkibida turli xil madaniy jarayonlarning vujudga kelishi. (Ziroatkor 
va  kuchmanchi  chorvador  xalkdar).  Milodsan  avvalgi  III-II  ming  yilliklarda 
madaniy  jarayonlarni  o‗z  davriga  xos  shakllanishi.  Bronza  davrida  qadimgi 
dehkrnchilik  va  chorvador  kuchmanchilar  madaniyatining  aloxida  hududlarda 
ajralib  rivojlanishi.  Ilk  davr  shahar  madaniyatining  vujudga  kelishi.  Ol-tintepa. 
Sopollitepa.  qadimgi  qabilalar  madaniy  aloqalarning  yunatishlari,  madaniy 
hayotni  afsona  va  rivoyatlarda  ifodalanishi.  Diniy  etiqodlar,  Zardushtiylik  va 
"Avesto". 
Ellin  madaniyatining  Sharqqa  kirib  kelishi.  Yunon-Baqtriya  podsholigi 
madaniy yodgorliklari. Eski va Yangi NISO. Monumental me'morchilik. Parfiya 
davlatining qo‗shni mamlakatlar bilan madaniy aloqalari. 
Qushonlar  davrida  Baqtriya  madaniyati.  Buddizm  yodgorliklari.  Amaliy 
san'at. ―Buyuk ipak  yo‗li"  - g‗arb  va Sharq xalqlari o‗rtasida madaniy ko‗prik. 
Qadimgi Xorazm madaniyati. Me'morchilik va tasviriy san'at. Xalq og‗zaki ijodi 
va yozuvning paydo bo‗lishi. 
Qo'llaniladigan  ta'lim  texnalogiyalari:  diologik  yondashuv  muammoli 
ta'lim, aqliy hujum, T-sxemasi, o'z-o'zini nazorat. 
Markaziy  Osie  xalklarining  V-VIII asrlardagi  madaniy  va iktisodiy  xaeti   
(2 soat)                  
Adabiyotlar A1,A2,A3,A4, 
 
Dunyoviy  va  diniy  madaniyat.  Markaziy  Osiyo  Rennessansi  va  uni 
davrlashtirish  muammolari.  IX-XI  asrlarda  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  mada-
niy  hayotda  yuz  bergan  o‗zgarishlar.  Xalifalik  tasarrufida  bo‗lgan 
Movarunnaxrda  Islom  madaniyatining  shakllanishi.  Bovdod  va  boshqa 
madaniyat  markazlari  bilan  Movarunnaxr  shaharlarining  aloqalari.  Ma'mun 
akademiyasi.  Markazlashgan  davlatlar-somoniylar,  qoraxoniylar,  g‗aznaviylar 
va  xorazm-shohlar  davrida  shaharlarning  madaniy  markazga  aylanishi. 
Markaziy  Osiyo  san'atida  arab  xalifaligi  va  mahalliy  madaniy  oqimlarning 
o‗zaro  sintezi-jarayonining  kuchayishi.  Tabiiy,  falsafiy-axloqiy  va  diniy-
tasavvufiy fanlarning taraqqiy qilishi. Al-Xorazmiy, Farobiy, Ahmad Farg‗oniy, 
Beruniy, Ibn Sino, Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy, Maxmud Koshgariy, Yusuf Xos 

Xojib, Ismoil Buxoriy, Iso Termiziy, Boyazid Bistomiy, Mansur Xalloj, Ahmad 
Yassaviy, Najmiddin Kubro kabi allomalarning qarashlari va ularning jahon ilm-
fanida  tutgan  o‗rni.  Me'morchilik  va  tasviriy  san'atdagi  uslubiy  o‗zgarishlar: 
Madrasa,  masjid,  maqbara  xonaqoxlar,  karvonsaroy,  rabot,  tim  kabi  maishiy 
savdo  hamda  muhofaza  qurilishlari  va  ularning  uslublari.  Gumbazli-qubbali 
usulning  yaratilishi,  me'morchilikda  geometrik  uyg‗unlik  va  matematik 
mutanosiblik  qonuniyatlarining  amal  qilishi.  Monumental  tasviriy  san'atning 
rivojlanishida  yogoch  va  ganch  o‗imakorligi.  Geometrik,  o‗simliksimon  va 
epigrafik-arabcha  bitiklarning  naqshiy  dekor  sifatida  qo‗llanilishi  IX-XII  asrlar 
me'moriy  yodgorliklari.  Buxorodagi  samoniylar  maqbarasi.  Timdagi  Arab  Ota 
maqbarasi,  Karmana  shahri  yaqinidagi  Raboti  Malik,  Termizdagi  Hakim  at-
Termiziy,  Sulton  Saodat,  Samarqanddagi  Shoxi  Zinda  ansambli.  Amaliy 
san'atning kulolchilik, to‗quvchilik singari shakllarini rivojlanishi.  
Qo'llaniladigan  ta'lim  texnalogiyalari:  diologik  yondashuv  muammoli 
ta'lim, aqliy hujum, T-sxemasi, o'z-o'zini nazorat. 
Yevropa xalqlari madaniyati (4 soat) 
Adabiyotlar A1,A2,A3,A4, 


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling