Madrimov shahzodning bank menejmenti va marketingidan tayyorlagan mustaqil ishi. Bajardi: madrimov sh


Xodimlarni baholash rivojlantirish va mukofotlash qo'mitasi


Download 0.57 Mb.
bet3/5
Sana07.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1339982
1   2   3   4   5
Bog'liq
bank menejmenti AMALIY

Xodimlarni baholash rivojlantirish va mukofotlash qo'mitasi.


Boshqarma qoshidagi HR - qo'mitasining asosiy maqsadi - Bankning kadrlar siyosatini amalga oshirish.
Boshqarma qoshidagi HR - qo'mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • bank xodimlarini boshqarish va rivojlantirish sohasidagi asosiy nizomlarni amalga oshirish;

  • oldinga qo'yilgan vazifalarni samarali bajarish uchun bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlari son tarkibini monitoring qilish va optimallashtirish;

  • o'z vakolati doirasida bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlariga ish haqi va boshqa to'lov turlari uchun ustamalarni belgilash / ushlab qolish / kamaytirish / oshirish;

  • bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlarining korporativ qadriyatlarga, ijro va mehnat intizomiga rioya etishlarini nazorat qilish;

  • kollegial qarorga muhtoj bo'lgan xodimlar bilan ishlash masalalarini ko'rib chiqish.

Boshqarma qoshidagi HR- qo'mitasining vakolatiga quyidagi boshqaruv va boshqa xodimlar uchun baholash, mukofotlash, jazolash va rivojlanish dasturlari kiradi, Bank Kuzatuv kengashi tarkibidagi HR- qo'mitasi vakolatiga kiradigan xodimlar bundan mustasno:

  • Bosh ofis, Markaziy operatsion bo'lim (keyingi o'rinlarda MOB), Bank xizmatlari markazi xodimlari;

  • Bank Bosh ofisining nomenklaturasiga kiritilgan bank filiallari xodimlari;

  • bank filiallari (boshqarmalari, bo'limlari) tarkibiy bo'linmalari rahbarlari.

Yuqoridagi xodimlarning noto'g'ri xatti-harakatlari uchun moddiy javobgarlikka tortish va intizomiy jarima choralar va ta'sir choralarini (ogohlantirish, ustamalarni ushlab qolish / kamaytirish, mukofotlarni ushlab qolish/ kamaytirish) Bankning amaldagi mahalliy hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq HR- qo'mitasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ichki audit xizmati tarkibi


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling