Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni xalq millatni millat qiladigan uning yo`li va maqsadlarini aniq-ravshan jarayon etadigan mayoqdir. Mafkuralar, ma`no-mohiyatiga ko`ra falsafiy dunyoviy, diniy va boshqa turli ta`limotlar asosida yaratiladi. Xilma-xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar o`z mafkuralarini yaratishda siyosiy g’oyalar bilan birga, diniy oqimlar va ilm-fan yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi Mafkuraning falsafiy ildizlari haqida fikr yuritganda, uning falsafa, ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. - Mafkuraning falsafiy ildizlari haqida fikr yuritganda, uning falsafa, ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi.
- Bunga g’arbdagi uyg’onish davrni hamda o`rta asrlarda o`z milliy davlatchilikni tiklay boshlagan Evropa xalqlarining har biri o`ziga xos mafkurasini yaratganini misol keltirish mumkin. Mazkur mafkuralar rim imperiyasi parchalanganidan keyin o`z davlatchiligiga ega bo`lgan xalqlarning o`ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy faosafalari asosida shakllandi. Shu bois o`sha davrdagi italiyat, ingliz, francuz falsafasi o`z mansub bo`lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi.
- Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma`rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume`tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy imoralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi.
Mafkuraning diniy ildizlari deganda, u inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog’liq ekani va shu bois uning g’oyaviy ildizlari diniy ta`limotlarga borib tarqalishi tushuniladi. Ya`ni ko`pgina mafkuralar Avesto, Veda va Upanishadilar, Zabur, Tavrat, Injil va Qur`on kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan ezgu g’oyalar muayyan darajada o`z ifodasini topganini ko`ramiz. - Mafkuraning diniy ildizlari deganda, u inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog’liq ekani va shu bois uning g’oyaviy ildizlari diniy ta`limotlarga borib tarqalishi tushuniladi. Ya`ni ko`pgina mafkuralar Avesto, Veda va Upanishadilar, Zabur, Tavrat, Injil va Qur`on kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan ezgu g’oyalar muayyan darajada o`z ifodasini topganini ko`ramiz.
- Dunyoviy va diniy g’oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko`tariladi. Bunga bashariyat tarixida o`chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Motrudiy va Abu Rayxon Beruniy, Imom G’azzomiy va Abu Nasr Farobiy singari buyuk zakovat sohiblari yonma-yon yashab faoliyat ko`rsatgan davr yorqin misol bo`la oladi.
- Insoniyat tarixida o`z talab ehtiyojlarini boshqa xalqlar hisobga qondirish isboti talonchilik va bosqinchilik, buyuk davlatchilik va tajovuzkor millatchilik, fashizm va ekstremizm g’oyalarini yuzaga keltirgan. Bunday g’oyalar xalqlar boshiga ko`p kulfat va munosabatlar solgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |