Mafkura va g’oya tushunchalarning farqli jihatlari nimalardan iborat ?
-Mafkuraning jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida nimalarni ayta olasiz ?
Download 27.92 Kb.
|
Mafkura va g'oya 1-4
4-Mafkuraning jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida nimalarni ayta olasiz ?
Mafkuraning nazariy asoslari O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan. Mafkurani xalqqa yetkazishda uning asarlari metodologik vazifani bajarmog‘i lozim. Jumladan, davlat va jamoat arbobi Islom Karimov mafkuraning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida: “Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotish muqarrar1. Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishiga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman . Shu o‘rinda noto‘g‘ri fikrga o‘rin qoldirmaslik kerak. «Mafkurani Birinchi Prezident ishlab chiqqan ekan, demak u davlat mafkurasi ekanda, bu Konstitutsiyaga xilof-ku» deyish noo‘rin. O‘zbekistonda hech bir mafkura hukmron bo‘la olmaydi. Ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 12-moddasida ham o‘z ifodasini topgan. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov 1993 yildayoq «Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu konstitusiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi», deb ta'kidlagan edi. I.Karimov O‘zbekistonning milliy mafkuraning nazariy asoslarini Prezident sifatida, davlat mafkurasi sifatida ishlab chiqqan emas. Milliy mafkura o‘zbek xalqining jonkuyar vakili, haqiqiy vatanparvar, insonparvar, tinchliksevar vakili tomonidan ishlab chiqilgan. Bu mafkura insonlar ongiga davlat tomonidan zo‘rlik bilan singdirilayotgani yo‘q. Balki, xalqning dilidagi gaplar bo‘lgani uchun ongimizga singib bormoqda. “Davlat mafkurasi” bilan “jamiyat mafkurasi” tushunchalarining ma’no-mazmunidagi farq milliy g‘oya jamiyat mafkurasi ekanligi hamda biron-bir mafkurani davlat mafkurasi sifatida o‘rnatish mumkin emasligi g‘oyasi strategik, konseptual asosga ega ekanligini ko‘rsatadi. Milliy mafkura hech qanday shaklda davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilmasligi, aylanmasligi kerak. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g‘oyalar xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan munozara qilishiga, kurashishiga, bahslashuviga, har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning o‘z fikrini erkin ifoda etishi va uni himoya qilishiga ziyon yoki tazyiq ko‘rsatmasligi lozim. Har qanday g‘oya, hatto u qanchalik soxta, qanchalik yasama bo‘lmasin, agar odamlar ongiga uzluksiz singdiraverilsa, uning katta kuchga aylanishini mustamlakachilar yaxshi bilar edi. Shuning uchun ham mustabid tuzum o‘zining bor mafkuraviy kuchini, butun ommaviy axborot vositalarini, bir ishora qilsa, “labbay!” deb bel bog‘lab turuvchi dastyorlarini ishga solib, odamlar ongini yolg‘on g‘oyalar bilan tinimsiz zaharlar edi. O‘tgan davr biz uchun tarix, binobarin, ana shu tarixdan to‘g‘ri saboq chiqarishimiz, ayni vaqtda rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini o‘rgangan holda o‘z kelajagimizni yaratishimiz kerak. Uzoq va yaqin tarixdan yaxshi ma’lumki, biron mamlakatda, biron davlatda yakkayu yagona g‘oya yoki mafkura hukmronlik qilar ekan, bu jamiyat, bu davlat, albatta, inqirozga yuz tutadi. Shu davrgacha mafkura faqat sinfiy xarakterga ega deb e'tirof etib kelingan. Lekin Temur davlati mafkurasi, garchi Buyuk Temur uni mafkura deb atamagan bo‘lsa-da, aholining barcha tabaqalari manfaatini ifodalagan ekan, buyuk davlat arbobi Islom Karimov tomonidan mafkura nazariyasiga kiritilgan, «jamiyat mafkurasi», «xalq mafkurasi», «milliy mafkura», «mafkuraviy immunitet» kabi tushunchalarning mohiyati aholiga tushuntirib berilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi. 1 Download 27.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling