Mafkuraviy jarayon


Download 456 Kb.
bet4/33
Sana22.04.2023
Hajmi456 Kb.
#1382422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
mafkura va geosiyosat

Birinchisi - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga Raislik qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri zimmasiga yuklatildi. O’n bir kishidan iborat Kengash Boshqaruvi tashkil etildi.
Ikkinchisi – Qoraqalpog’iston respublikasi Jo’qori kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchisi shtati joriy etildi. Respublikamizning barcha mintaqa va hududlarida birinchi rahbar mintaqaviy-xududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashining raisi hisoblanadi. Yordamchilar amalda ana shu mintaqaviy Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisining o’rinbosari bo’ladi va joylardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish hamda o’zaro muvofiqlashtirishda u Jo’qori Kenges Raisi va hokimlarga bevosita yordam beradi.
Ochiq aytib qo’ya qolgan ma’qulki, bu vazifada ishlaydigan kishi tom ma’noda ma’naviyatchi, yana ham yaqinroq qilib ifodalansa, haqiqiy mafkurachi bo’lishi kerak. Shunday salohiyatga ega yetuk mutaxassis – bilimi, tajribasi yetarli kadr qo’yilishi lozim.
Milliy g’oya va mafkura targ’iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahamiyati chigit ekish yoki g’alla yetishtirishdan kam emas. Axir, terroristik-ekstremistik g’oyalar ta’siriga tushib qolgan fuqarolarimiz ishtirokida mamlakatimizda mustaqillik yillarida nimalar qilinganini bir emas, bir necha bor boshdan o’tkazdik-ku.
Qarorda ko’zda tutilgan uchinchi yangilik shuki, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tashkiliy guruhi – ijroiya idorasi hisoblanmish Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Respublika Ma’naviyat targ’ibot markaziga aylantirildi. Uning tarkibiy tuzilishida ham muayyan o’zgarishlar qilindi. Qo’shimcha ravishda yangi Targ’ibotchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va malakasini oshirish bo’limi ochildi. Ijtimoiy-siyosiy, huquqiy targ’ibot bo’limi Ijtimoiy-siyosiy targ’ibot bo’limiga, Ijtimoiy-iqtisodiy targ’ibot bo’limi Huquqiy targ’ibot bo’limiga aylantirildi.o’z-o’zidan, ijtimoiy-iqtisodiy targ’ibot ham ijtimoiy-siyosiy targ’ibot bo’limi zimmasiga yuklandi.

Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling