Mafkuraviy jarayonlarning umumbashariy va mintaqaviy ko'rinishlari


Download 36 Kb.
Sana28.10.2020
Hajmi36 Kb.
#137545
Bog'liq
7 - mavzu Mafkuraviy jarayonlarning umumbashariy 201020091735


MAFKURAVIY JARAYONLARNING UMUMBASHARIY VA MINTAQAVIY KO'RINISHLARI

R e j a :

1. Hozirgi davr: geosiyosat va mafkuraviy poligonlar

2. Mafkuraviy kurashlarning umumbashariy va mintaqaviy muammolari .

Har qanday davlatning boshqa bir davlat va hudud davlatlari bilan o'zaro munosabatlari mavjud. Bu munosabatlar tenglik, bir tomonning ustunligi yoki butunlay hukmronligi tarzidaham bo'lishi mumkin. Ushbujarayonlar xalqaro munosabatlarda «davlatlararo munosabatlar», «tashqi aloqalar» «o'zaro aloqalar» kabi tushunchalar orqali ifodalanadi.

Ana shular qatorida hozirgi xalqaro munosabatlarda «geosiyosat» (geo-politika) iborasi ham tez-tez qo'llanilmoqda.| «Geosiyosat» tushunchasi o'zida yer va siyosat ma 'nolarini ifodalaydi. «Geosiyosat» atamasida geosiyosiy muddaolar, turli xil davlat va xalqlarn-ing manfaatlari tizimi, u yoki bu davlatning hududiy joylashuvi salo-hiyatiga bo'lgan maqsadlar o'z ifodasini topgan.

Geosiyosat - hozirgi davrda dunyo mamlakatlari xalqaro siyosatida, siyosat falsafasida keng qo'llanilmoqda. U ko'p qirrali tushuncha bo'lib, turli davlatlarning o'z manfaatlarini ko'zlagan holdama'lum hududganis-batanyuritadigan siyosatini bildiradi. Masalan, O'zbekistonni olsak, u bi­lan o'zaro iqtisodiy va boshqa sohalarda aloqa qilishni yo'lga qo'ymoqchi bo'lgan har bir davlat, O'zbekistonning Markaziy Osiyoda eng yuqori salohiyatli, yer usti va yer osti boyliklari, ishchi kuchlariga boy ekanligini, Yevropa va Osiyoni o'zaro bog'lovchi yo' lning tugun nuqtasi ekanligini, uning mintaqada tutgan tinchliksevar siyosati, iqtisodiy va siyosiy bar-qarorligini nazarda tutgan holda siyosat yuritadi.

Tinchlik va xavfsizlik masalalari, avtomobil va temir yo'l, aloqa komm unikatsiy alarini buny od etish, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalanda O'zbekiston yetakchi rol o'ynashi tabiiy.

O'zbekistonning Yevropani Xitoy bilan bog'lovchi, yoki Markaziy Osiyoni Kavkaz orqali Yevropa bilan boglovchi yo'llar qurilishi loyihasida qatnashayotgani, Shanxay hamkorlik tashkilotida a'zo bo'lishi, boshqa xalqaro tashkilotlardagi o'rni uning nufuzini yanada yuqori ko'taradi.

Bugungi kunda geosiyosiy maqsadlar ko'proq mafkuraviy siyosat bilan hamohang boimoqda. Mafkuraviy ta'sir ko'rsatish geosiyosatning eng ta'sirchan vositasiga aylanmoqda. Ya'ni ba'zi kuchlar dunyo xalqlarining turli qaflamlari, xususan, yoshlar ongi va tafakkuriga mafkuraviy ta'sir ko'rsatish orqali, ularning faoliyatini shaxsiy va g'arazli manfaatlarga yo'naltiradigan mafkuraviy muhit yaratishni ko'zlamoqdalar.

Ana shu sababdan ham Prezidentimiz mafkuraviy poligonlar yadro poligonlarigaqaragandaxavfliroq, deyaalohidata'kidlaganlar.

Buning xavfliligi shundaki, mafkuraviy ta'sirni ko'z bilan ko'rish, qo'l bilan ushlash qiyin. Ba'zida uni sezish, tasavvur qilish ham qiyin. Qaysi davlatning kuchi qanchaligi, armiyasining soni va yadro poligoni qayerda joylashganini, uning quvvatini, qanday maqsadgayo'nalganligini muayyan darajada aniq bilish mumkin. Ammo yovuz, mafkuraviy maqsadlarning qaysi yo'llar bilan insonlar qalbini egallab olayotganligini osonlikcha bilib bo'lmaydi.

Bugungi dunyoda turli hudud xalqlarini ma'naviy-mafkuraviy jihatdan tobe etishga intilish va dunyoni shunday asosda bo'lib olishga urinishlar davom etmoqda. Buning uchun ular ommaviy axborot vositalari, turli xil markazlardan foydalanmoqdalar. Masalan, turli jangari filmlar, bolalar uchun komputer programmalari, teleo'yinlardan foydalanish hollari mavjud.

Ana shunday sharoitdamilliy istiqlol g'oyasini chuqur egallash orqaligina bunday maqsadlarning asl mohiyatini to'g'ri tushunish mumkin.

XX asrning oxirida dunyodajahonshumul voqyealar ro'y berdi. Sobiq SSSRning parchalanishi, hukmron mafkurasining barbod bo'lishi dunyo yangi xaritasini o'zgartiribyubordi. Sobiq sho'rolar hukmronligi sharoitida kommunistik mafkura yuzdan ortiq millat vakillarini zo'rma-zo'raki birlashtirib turgan edi. Bu Markaziy Osiyoga ham xos edi. Mintaqadagi sobiq ittifoqdosh respublikalar o'zlarining mustaqilligini qo'lga kiritishi bilan sho'ro mafkurasi barbod boidi.

Sobiq markaz hali o'z hukmronligini qaytadan tiklashgamoyil bo'lgan kuchlar vositasida 90-yillarning boshlaridaMarkaziy Osiyo mamlakatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo'yish, millatlararo ziddiyatlami keltirib chiqarish kabi siyosatni davom ettirdi. Aslida, bu urinishlar mintaqa mamlakatlari va halqlari o'rtasida mavjud bo'lgan azaliy do'stlikka putur yetkazishga qaratilgan mafkuraviy harakatlar edi.

Matijada, Markaziy Osiyodagi ba'zi davlatlarda beqarorlik ro'y berdi. Runday sharoitda«aqidaparastlik», «terrorchilik», «ekstremizm» g'oyalari O'zbekistonga ham suqulib kirishga harakat qila boshladi.

Bugungi kunda Markaziy Osiyoga kirib kelishga harakat qilayotgan bunday g'arazli niyatlarni dinning asl qadriyat vaaqidalarini tiklash g'oyasi orqali amalga oshirishga harakat qilmoqdalar.

Aslida, «fundamentalizm» va «ekstremizm» I g'oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishidan ko'zlangan maqsad- diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash emas, balki ana shu g'oyalardan vosita sifatida foydalanish va shu tufayli mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, oxir-oqibat esahokimiyatni qo'lgakiritishdir. Bu urinishlartuzatib bo'lmas fojealarga olib kelishi mumkin. Ular mintaqamizni urush botqog'iga botirib yuborishi, ayrim davlatlarda ro'y berayotgan xunrezlik vabirodarkushlikni boshqa mamlakatlarga ham tarqatib yuborishlari mumkin.

Bugun diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm tomonidan Markaziy Osiyoda olib borilayotgan qo'poruvchilik va terroristik harakatlar ham ana shunday natijalarga olib kelishi ehtimoli yo'q emas.

Bu xavfni Prezidentimiz teran anglab, uning oqibatlari dahshatli bo'lishi mumkinligidan hammamizni ogoh qilib «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikkatahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida shunday yozgan edi: «Ko'plab siyosatchilar, olimlar, jurnalistlar XX asr oxirida yuz bergan «lslom uyg'onishb), «qayta islomlanish», «islom fenomeni» va boshqa turli-tuman nomlar bilan atalgan hodisaning sabablarini tushuntirib berishga harakat qildilar. Bu tushunchalar haqida munozaraga kirishmagan holda, e'tiborni jahon hamjamiyati hayotida islom qadriyatlarini tiklash bayrog'i ostida ro'y berayotgan hodisalar g'oyatxilma-xil, ko'pqirrali, ba'zan ziddiyatli va hatto, qarama-qarshi qutbli ekanligiga qaratmoqchiman.

Shu bilan birga, aniq-ravshanki, jahon jamoatchiligi bu jarayonlarga juda katta qiziqish bilan qarabgina qolmayapti. lining diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi keskin hodisalar munosabati bilan bezovtalanayotganligi ba'zan esa, hatto, xavfsirayotgani ham ko'zga tashlanmoqda. Afsuski, hozirgi zamon sharoitida ana shu o'ta keskin ko'rinishlar jiddiy mojarolarni, ziddiyatlarni keltirib chiqarishi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligi insoniyatni cho'chityapti. Shundan darak beruvchi fikrlar ancha-muncha to'planib qolgan. O'zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta'minlash zarurligi nuqtai nazaridan qaraganda, bu hodisalar bizda ham jiddiy tashvish tug'dirmoqda».

Prezidentimizmng ana shu fikri haqiqat bo'lib chiqdi. Ekstremist -terrorchilar 1999 yilning 16 fevralida Toshkentda, 2000 yilning avgust oyi Sariosiyo tumani hududida, 2004 yil 28-30 mart kunlari Toshkent shahri va Buxoro viloyatida o'zlarining qora niyatlariga erishish maqsadida qo'poruvchilikni amalgaoshirdilar. Bu qo'poruvchilikharakatlari orqasida katta kuchlar borligi ayon edi. Ularning maqsadi xalqimizning tinchligini buzish, qo'rqitish, yuragiga g'avg'o solish, amalga oshirayotgan ezgu ishlarni yo'qqa chiqarishga harakat qilish edi.

Bu fojealaming O'zbekistonda sodir etilishining asosiy sababi shuki, yurtimizning yutuqlari jahon jamoatchiligi tomonidan e'tirof etilmoqda, nisbatan qisqa davr ichida O'zbekiston ijtimoiy-siyosiy barqaror, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor mamlakatga aylandi. Xuddi mana shu o'ta katta ahamiyatga ega boigan omil taraqqiyotimiz dushmanlanni vahimaga solgani aniq. G'animlar buni ko'rolmayaptilar, yutuqlarimizdan bahramand bo'lishimizga xalaqit berishga harakat qilmoqdalar. Aslida, mustaqillik yillarida mamlakatimizda haqiqiy islom qadriyatlari tiklandi, lar xalqimiz ma'naviyatining ajralmas qismiga aylanib qoldi.

Markaziy Osiyoning boshqa respublikalarida ham bizning respublika-mizda amalga oshirilayotgan xalqlararo mustahkam do'stlikka qaratilgan siyosat qo'llab-quvvatlanmoqda. Chunki, mintaqa tub xalqlarining ma'naviy ildizlari bir, turmush tarzi yaqin. Shu ma' noda ularning birligini mustahkamlash umummintaqaviy ma'naviy yuksalishimizga o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazib turaveradi.

Biz yashayotgan mintaqadagi mafkuraviy jarayonlar tizimida Afg'onistonda bo'lib o'tgan fuqarolar urushi ham alohida o'rin egallab turibdi. Yigirma yildan ortiqroq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan harbiy mojarolar oqibatida umuminsoniy sivilizatsiyadan uzilib qolgan Afg'oniston hududi xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm, qurol-yarog' vagiyohvand moddalar noqonuniy savdosining asosiy o'chog'i bo'lib qoldi. Hozir asosiy e'tibor Afg'onistonda tinchlik o'rnatish muammosiga qaratilishi kerak.

2000 yilning sentabr oyidaBMT Bosh Assambleyasining «Ming yillik sammiti»da Prezident Islom Karimov mintaqamiz xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan xalqaro terrorizm va narkobiznesga qarshi faol kurashish, Markaziy Osiyodagi barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash va jahon xavfsizlik tizimini takomillashtirish muammolariga e'tibor qaratdi. Ayni pallada Prezidentimiz tashabbusi bilan o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan bu jarayonni to'g'ri anglab yetgan Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari faqat 2000 yilning o'zida bir necha bor uchrashdilar va xavfsizlikni ta'minlash hamda o'zaro iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, 2000 yil aprel oyida Toshkentda, 2000 yil avgust oyida Bishkekda va oktyabr oyida yana Toshkentda, 2001 yil Ostonada bo'lib o'tgan uchrashuvlarda mintaqada xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiluvchi muhim qarorlar qabul qilindi. Mintaqada xavfsizlikni ta'minlashning asosiy sharti Afg'onistonda davom etayotgan harbiy mojarolarni to'xtatish, u yerda tinchlikni ta'minlashdir. Chunki bu zaminda davom etayotgan urush natijasida narkotik moddalarni noqonuniy yo'l bilan mintaqa mamlakatlariga olib

o'tish, qurollarni g'ayriqonuniy yoi bilan tarqatish, terrorchilik harakatlarim avj oldirish sodir bo'lmoqda. Bu borada ham O'zbekiston ilgari surayotgan Afg'onistondagi harbiy mojarolarni siyosiy yoi bilan hal etishgaqaratilgan «6+2» guruhi ishini samarali yo'lga qo'yish, terrorchilikka qarshi xalqaro markazni tashkil qilish borasidagi tashabbuslar, mintaqa mamlakatlan o'rtasidagi integratsiya jarayonlarini kuchaytirish yuzasidan olib borilayotgan sa'y-harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi Afg'onistonda davom etayotgan harbiy mojarolarni siyosiy yo'l bilan hal qilish g'oyasi Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta'minlashgaqaratilganligini ko'rsatadi. Anashu sohadaboshlangan ijobiy harakatni davom ettirish dolzarb vazifa boiib qolmoqda.



Xalqaro terrorizm o'zining mudhish qiyofasini o'ta mash'um «A1-Qoida» terroristik guruhi timsolida namoyon qildi. 2001 yilning 11 sentyabrida AmerikaQo'shma Shtatlaridagi xalqaro savdo markazining portlatilishi, insoniyat sabr kosasigatomgan oxirgi tomchi boidi. Dunyo hamjamiyati terrorizmning keng yoyilib boray otganligi va uning oldini olish birgina Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlarining vazifasi bo'lmay, butun dunyo xalqlarining asosiy maqsadi bo'lishi lozimligi haqidagi mamlakatimiz rahbarining chaqiriqlari va o'z vaqtida ogohlantirishlari nechogii achchiq haqiqat ekaniga iqror bo'ldi. Xalqaro kuchlar Afg'onistonda «Toliblar» rejimini magiub qilganidan keyin bu fojeaning oldi birmuncha olingan bo'lsa-da, uni ildizidan qo'porib tashlash uchun hali uzoq va mashaqqatli kurash olib bormoq lozim boiadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda xavfsizlikni ta'minlash bilan bog'liq boigan muammolarni hal etish mintaqadagi barcha mamlakatlarning istiqbolini bir qadar belgilab beradi. Shuning bilan birga bu mintaqada yashayotgan xalqlarning azaliy qon-qarindoshligi, hamkorligi va ma'naviy-ruhiy yaqinligini mustahkamlash borasida o'ta muhim ahamiyatga molik masala bo'lib qolaveradi. Bu esa hozir va kelajakda ham ushbu masala o'z dolzarbligini saqlab qolishini bildiradi.
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling