Magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida


-rasm. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjеti daromadlarining tuzilishi


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/47
Sana09.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#267795
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Bog'liq
Toshkent moliya instituti

2.2-rasm. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjеti daromadlarining tuzilishi 

(jamiga nisbatan %da)

26

 

 



                                                           

26

 O’zbekiyaton Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 




38

 

 



Respublikamizda  so’nggi  yillarda  makroiqtisodiy  va  moliyaviy  barqarorlik 

borasida  erishilgan  ijobiy  natijalar  jamiyatimiz  iqtisodiy  hayotining  barcha 

sohalarini,  avvalambor,  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  samarasini,  yangicha 

jarayonlar  va  sifat  o’zgarishlarini  chuqur  tahlil  etib,  kerakli  xulosalar  chiqarishni 

taqozo  etadi.  Ma’lumki,  iqtisodiy  o’sish  ikki  usulda,  ya’ni  yalpi  ichki  mahsulot 

(YaIM) hajmining o’sishi va aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIMning o’sishi 

bilan aniqlanadi. Mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishiga oid statistik ma’lumotlarga 

e’tibor qaratadigan bo’lsak, keyingi yillarda YaIM yuqori sur’atlarda o’syapti. 

2015 yilda YaIM hajmi oldingi yilga nisbatan 8,0 foizga o’sgan bo’lsa, 2015 

yilda  7,8  foizga  o’sdi.  2017  yilda  YaIM  hajmi  7,8  foizdan  iborat  bo’lishini 

ta’minlash rejalashtirildi.  

Albatta,  mamlakatda  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning  bosh 

strategiyasi  iqtisodiy  o’sish  barqarorligini  va  iqtisodiy  mexanizmlarning  to’liq 

ishlashini  ta’minlashdir.  Makroiqtisodiy  o’sishni  ta’minlashga  ko’pgina  omillar 

ta’sir qilib, bular ichida byudjеt-soliq siyosati alohida o’rin tutadi.  

Olib  borilayotgan  byudjеt-soliq  siyosatining  pirovard  natijasi  va  bahosini 

amaldagi  soliq  yuki  ko’rsatkichi  o’zida  mujassam  etadi.  Soliq  yuki  mamlakatda 

olib  borilayotgan  soliq  siyosatining  natijaviy  ko’rsatkichi  bo’lib,  iqtisodiyotda 

muhim o’rin egallaydi. 

So’nggi yillarda soliqqa tortish tizimini takomillashtirish, soliq stavkalarini 

pasaytirish  va  soliqdan  imtiyozlar  berish  hamda  ishlab  chiqarishning  o’sishi 

natijasida  soliq  yuki  darajasi  ancha  pasaydi.  Bu  esa  YaIM  hajmining  o’sishiga 

bevosita ta’sir ko’rsatdi.  

Ma’lumki,  amaldagi  soliq  yuki  makroiqtisodiy  darajada  davlat  byudjеti 

daromadlarining  YaIMga  nisbati  orqali  aniqlanadi.  Bu  usul  jahonning  ko’pgina 

mamlakatlarida keng qo’llaniladi. 

5-rasm 

ma’lumotlaridan 

ko’rishimiz 

mumkinki, 

O’zbekistonda 

makroiqtisodiy  soliq  yuki  darajasi  mustaqillik  yillarida  2  baravardan  ortiq 

pasaytirildi, ya’ni 1991 yilda 41,2 foizni tashkil etgani holda, 2017 yilga kelib 20,2 



39

 

 



foizni tashkil etmoqda. Bu jahonning ko’plab davlatlaridagi ko’rsatkichdan ancha 

pastdir. 

 


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling