Magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida
Rivojlangan mamlakatlarda davlat mablag’larini samarali boshqarishda
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti
2.3. Rivojlangan mamlakatlarda davlat mablag’larini samarali boshqarishda g’aznachilik tizimining tutgan o’rni Xorijiy mamlakatlarda g’aznachilik tizimining shakllanishi va rivojlanishida Avstraliya tajribasi. Avstraliyada vazirlik maqomiga ega bo’lgan va to’g’ridan-to’g’ri hukumatga bo’ysinadigan G’aznachilik departamenti mavjud. Uning asosiy vazifalaridan biri tushumlarni yig’ishdan iborat. G’aznachilik departamenti tarkibida Soliq boshqarmasi joylashgan bo’lib, G’aznachilik departamenti shu boshqarma orqali soliq to’lovchilar bilan muomalada bo’ladi va tashqi tushumlardan tashqari barcha soliq to’lovlarni yig’ib oladi, tashqi tushumlarni yig’ish bilan esa bojxona xizmati shug’ullanadi. Byudjetning xarajatlar qismining ijrosi Byudjetdan mablag’ oluvchilarning so’rovi asosida amalga oshiriladi. Mamlakatda Byudjetdan mablag’ oluvchilarni 55
Byudjet majburiyatlarining aniq huquqiy-me’yoriy xujjatlari qabul qilingan, shuningdek, Byudjet mablag’larini maqsadli va samarali ishlatishning nazorat usullari mavjud bo’lib, ular tarmoq vazirliklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda G’aznachilik departamenti faol g’aznachilik rolini o’ynaydi. Avstraliyada davlat qarzlarini boshqarish g’aznachilikka yuklatilgan. G’aznachilik departamenti muomalaga qimmatli qog’ozlar chiqarishni, ularning hajmini, tarkibini va to’lov muddatini nazorat qiladi. Yaponiyada g’aznachilikni bajaradigan funktsiyalarining tashkiliy sxemasi o’ziga xos xususiyatga ega. Bo’linmalarning nomidan ko’rinib turibdiki, Yaponiyada davlat moliyasini boshqarish maxsus ixtisoslashgan kichik bo’linmalarga (podrazdeleniya) yuklatilgan. Yaponiyada G’aznachilik bo’limi kunlarga bo’lingan moliya rejasini tayyorlaydi, shuningdek, Byudjetni ijro etish bo’limi bilan davlatning Yaponiya bankdagi hisobraqamdan to’lanadigan to’lovlarni va tushumlarni nazorat qiladi. Barcha tushumlarni yig’ilishiga Moliya Vazirligi tarkibidagi Milliy Soliq xizmati va Bojxona departamenti javob beradi. Soliqlar to’g’ridan-to’g’ri Yaponiya bankiga yoki vakolat berilgan tijorat banklariga, Milliy Soliq xizmati va Bojxona departamentining mahalliy bo’limlarida pochta tizimi asosida to’lanishi mumkin. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling