Magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida


 - BOB.  DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA’MINLASH VA


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/47
Sana09.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#267795
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
Toshkent moliya instituti

3 - BOB.  DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA’MINLASH VA 

SAMARALI TASHKIL ETISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI 

3.1.  O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasi barqarorligini ta’minlashda 

mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘nalishlari 

 

Mamlakatimizda  barqaror  va  samarali  iqtisodiyotni  shakllantirish  borasida 

amalga  oshirib  kelinayotgan  islohotlar  bugungi  kunda  o‘zining  ijobiy  natijalarini 

namoyon  etmoqda.  Jumladan,  qisqa  vaqt  ichida  iqtisodiyotda  chuqur  tarkibiy 

o‘zgarishlarni  amalga  oshirish,  davlat  byudjeti  daromadlarining  o‘sishini 

ta’minlash,  davlat  moliyasi  tarkibida  davlat  maqsadli  jamg‘armalarining  rolini 

oshirish,  samarali  tashqi  savdo  hamda  investitsiya  jarayonlarini  kuchaytirish, 

qishloq  xo‘jaligini  isloh  qilish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sohasini 

barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli 

yutuqlar  qo‘lga  kiritildi.  Mamlakatimizda  iqtisodiyotni  erkinlashtirish  va 

modernizatsiyalash,  bozor  islohotlarini  yanada  chuqurlashtirish  natijasida  yildan 

yilga  salmoqli  natijalar  qo‘lga  kiritilib,  barqaror  iqtisodiy  o‘sish  yo‘nalishi 

mustahkamlanib  bormoqda.  Bunda  hukumatimiz  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

iqtisodiy  siyosatning  to‘la  va  izchil  amalga  oshirilishi,  iqtisodiyotning  muhim 

ustuvor  tarmoqlarining  belgilab  berilishi  hamda  ularni  rivojlantirish  bo‘yicha 

barcha imkoniyatlarning safarbar etilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, 

Bugungi  kunda  2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning 

beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi iqtisodiyotda ma’muriy-

buyruqbozlikka  asoslangan  boshqaruv  tizimidan  mutlaqo  voz  kechilib,  bozor 

islohotlari  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilgani  va  pul-kredit  siyosati  puxta 

o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar 

bilan  o‘sishini,  inflyatsiyani  prognoz  ko‘rsatkichlari  darajasida  saqlab  qolishni 

ta’minladi  hamda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik,  fermerlik  harakatini 

rivojlantirish  uchun  keng  imkoniyatlar  va  qulay  sharoitlar  yaratilishiga  xizmat 

qilishi  belgilab  olingan.  Harakatlar  strategiyasining  III-ustuvor  yo‘nalishida 

“Iqtisodiyotni  rivojlantirish  va  liberallashtirishning  ustuvor  yo‘nalishlari” 




61

 

 



belgilangan  bo‘lib,  unda  makroiqtisodiy  mutanosiblikni  saqlash,  qabul  qilingan 

o‘rta  muddatli  dasturlar  asosida  tarkibiy  va  institutsional  o‘zgarishlarni 

chuqurlashtirish  hisobiga  yalpi  ichki  mahsulotning  barqaror  yuqori  o‘sish 

sur’atlarini ta’minlash, xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda 

davlat  byudjetining  barcha  darajalarida  mutanosiblikni  ta’minlash,  mahalliy 

byudjetlarning  daromad  qismini  mustahkamlashga  qaratilgan  byudjetlararo 

munosabatlarni  takomillashtirish,  soliq  yukini  kamaytirish  va  soliqqa  tortish 

tizimini  soddalashtirish  siyosatini  davom  ettirish,  soliq  ma’muriyatchiligini 

takomillashtirish  va  tegishli  rag‘batlantiruvchi  choralarni  kengaytirish”

41

  – 



bo‘yicha alohida islohotlar amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.  

O‘zbekiston  Respublikasining  iqtisodiy  holatini  uning  YaIMdagi  o‘sish 

tendensiyasida ham ko‘rishimiz mumkin. 

 


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling