Magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida


III - bob bo‘yicha xulosa


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/47
Sana09.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#267795
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Toshkent moliya instituti

III - bob bo‘yicha xulosa. 

Bitiruv malakaviy ishining 3-bobidan quyidagicha xulosalar chiqarildi: 

-davlat moliyaviy resurslarining barqarorligi ta’minlash maqsadida ulardan 

foydalanish samaradorligini bosqichma-bosqich oshirib borish kerak; 

-davlatning  boshqa  subyektlar  bilan  moliyaviy  munosabatlariga  kirishish 

ko‘lamlarini kengaytirish joiz;  

-davlat  moliyasining  tarkibiy  qismlarini  o‘zaro  muvofiqlikda  rivojlantirish 

bosqichlarini jadallashtirish; 

-davlat  maqsadli  jamg‘armalar  faoliyatini  mustaqilligini  ta’minlash, 

ularning daromad va xarajat yo‘nalishlarini aniq belgilab olish zarur.  

Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  mamlakatimizda  davlat 

moliyasini  tashkil  etish  dolzarb  masalalardan  hisoblanadi.  Mamlakatimiz  moliya 

tizimida  ushbu  maqsadlarga  erishishga  qaratilgan  islohotlar  bosqichma-bosqich 

amalga oshirilib kelinmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, aholi 

turmush  farvonligini  oshirishda,  davlatning  har  yili  ishlab  chiqadigan  va  amalga 

oshiriladigan siyosatining natijaviyligi avvalombor davlat moliyasining boshqarish 

holati va uni ijro etish samarodorligiga bevosita bog‘liq hisoblanadi. Shunday ekan 

davlat  moliyasini  ichki  imkoniyatlarni  inobatga  olgan  holda,  xorijiy  davlatlar 

tajribasiga integratsiyalashgan holda rivojlantirib borishni taqozo etadi. 



82

 

 



          Davlat  moliyasining  Byudjet  tashkilotlarida  amalga  oshirilayotgan  va  ular 

moliyasini  samarali  tashkil  etishga  xizmat  qilayotgan  tadbir  -  “O’zASBO”  KDni 

joriy  etish.    “O’zASBO”  KDning  tadbiq  etilishi  natijasida  unga  o’zgarishlarni 

markazlashtirilgan tarzda  kiritish, shuningdek  ma’lumotlarni  ishonchli saqlash va 

rezervlashni 

ta’minlanadi, 

barcha 

mintaqalarda 

joylashgan 

Byudjet 


tashkilotlarining  buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  bo’yicha  ma’lumotlar  bazasi 

tuzilmasi  yaratiladi,  buxgalteriya  hisobi  va  hisobotining  yagona  metodologiya 

bo’yicha  yuritilishini  ta’minlaydigan  markazlashtirilgan  ma’lumotlar  bazasi 

yaratiladi,  tarixiy  xronologiyani  kuzatib  borish,  hisob  davrlari,  shu  jumladan 

Byudjet  tashkilotlarining  avvalgi  yillardagi  faoliyati  davrlari  bo’yicha  hisob 

yuritish  imkoni  beriladi,  tegishli  me’yoriy-huquqiy  hujjatlarda  nazarda  tutilgan 

analitik  va  sintetik  hisob  yuritish  bo’yicha  registrlarni,  turli  joriy  va  davriy 

hisobotlarni yuritish va ularni qog’ozga tushirish imkonini beradi. 




Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling