Magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida
II BOB. DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti
II BOB. DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA
DAVLAT MOLIYASINING ALOHIDA BO‘G‘INLARI SAMARADORLIGI TAHLILI 2.1. O’zbekiston Respublikasining davlat moliyasini tashkil etish va boshqarishning amaliy holati tahlili Davlat moliyasi tarkibida davlat byudjеti alohida ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, ishimizning mazkur qismida O’zbekiston Respublikasining davlat byudjеtini va uning iqtisodiy ahamiyatini tahliliga e’tibor qaratamiz. Davlat byudjеti davlatning yirik markazlashgan pul fondi bo’lib, u davlatning funktsiyalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Byudjеt davlatning markazlashgan pul jamg’armalarining tashkil etilishi va davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar yuzasidan pul munosabatlarini bildiradi. Davlat byudjеti moliya tizimi hamda davlat moliyasining asosiy bo’g’inidir. Davlat byudjеtining ahamiyati juda katta bo’lib, davlatning daromadlari va xarajatlarini o’zida mujassam etadi. Bu
bilan davlat
tomonidan moliyalashtiriladigan sohalarning moliyalashtirish masalalari ko’p jihatdan byudjеtning barqarorligiga bog’liq. Ahamiyatli jihati shundan iboratki, byudjеt daromadlarini shakllantirishda ishtirok etgan sub’ektlar individual tarzda byudjеtdan manfaatdor bo’lmaydi. Bu holat qaysidir ma’noda, byudjеt daromadlarini shakllantirishdagi muammolarni keltirib chiqaradi. Ko’pchilik sub’ektlar o’z faoliyatlarini yashirin tarzda olib borishga intiladi. Shuning bilan birga, mamlakat hududlari bo’yicha yig’ilgan daromadlar ularning o’z-o’ziga to’g’ridan-to’g’ri sarflanmaydi. Bu esa, hududlar o’rtasida byudjеtga nisbatan turli e’tirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shundan kelib chiqib, samarali byudjеt- soliq siyosatini olib borish ayni paytda dolzarbdir. Byudjеt tasnifiga ko’ra davlat byudjеti daromadlar va xarajatlardan iborat, ya’ni: - davlat byudjеtining daromadlari; 32
- davlat byudjеtining xarajatlari. O’zbekiston Respublikasining Byudjеt Kodeksiga muvofiq davlat byudjеti daromadlari: - soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar; - davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar; - meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; - yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; - rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjеt ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar; - qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi 21 .
iborat ekanligiga to’xtalgan edik. Ularning har biriga muayyan daromad manbalari biriktirilgan. Jumladan, respublika byudjеti daromadlari umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlar hisobiga shakllantirilsa, mahalliy byudjеtlar daromadlari mahalliy soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobiga shakllantiriladi. Hozirgi sharoitda davlat byudjеti daromadlarini shakllantirishning samarali manbai bo’lib soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisoblanadi (3-rasm). Demak, respublikamizda davlat byudjеti daromadlari asosan soliqlar va ularga tenglashtirilgan majburiy to’lovlar hisobiga shakllantirilishi qonuniy mustahkamlangan. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 2016-2030 yillarda 2 barobar ko’payishiga erishish uchun o’rtacha yillik o’sish sur’atlari 4,8 foiz darajasida bo’lishini ta’minlash zarur. Agar keyingi 11 yilda bu ko’rsatkich 8 foizdan yuqori bo’lib kelganini hisobga oladigan bo’lsak, bu vazifani amalga oshirish uchun mustahkam asos va zamin bo’ladi 22 . Ushbu maqsadga erishish 21 O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 51-moddasi. 22 Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz - mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir”. “Xalq so’zi gazetasi” 2016 yil 18 yanvar. 33
uchun davlat siyosatining barcha vositalaridan samarali foydalanmoq kerak, ular orasida esa asosiy rol byudjеt siyosatiga tegishli.
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling