3.5-rasm. AQSH davlat byudjetining 2017-yilda xarajatlari yo‘nalishlari
bo‘yicha ulushi
50
AQSH davlati federal byudjet xarajatlari yildan-yilga o‘sib bormoqda va u
mablag‘lar ichida salmoqli o‘rin egallaydi. Jami xarajatlarda YaIMning 27-32 %
miqdorida mablag‘ ajratiladi. AQSh davlat byudjeti xarajatlari tarkibida asosiy
rolni sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish xarajatlari (jamiga nisbatan 24
%) egallagan, keyingi o‘rinlarda ijtimoiy himoya xarajatlari, faxriy ishlar
xarajatlari, mudofaa xarajatlari, davlat majburiyatlari bo‘yicha foizlar va boshqa
xarajatlar o‘rin olgan.
AQSH davlat byudjetining daromadlari yuqori darajada, masalan 2017-yilda
3345,3 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lsada byudjet xarajatlari ham shunga monand
yuqori darajada, shu jumladan 2017-yilda 3932,7 mlrd AQSh dollarini tashkil
etgan. Davlat byudjeti holati ancha yillardan buyon defitsit holatida ijro etilmoqda,
biz buni quyidagi rasm orqali ko‘rishimiz mumkin:
50
Financial Report of the United States government FY 2016y. Department of the Treasury January 12, 2017 y 17 p
79
Do'stlaringiz bilan baham: |