Magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida


-rasm. AQSh davlat byudjeti defitsining YaIMga nisbatan 2010-2017


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/47
Sana09.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#267795
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Toshkent moliya instituti

3.6-rasm. AQSh davlat byudjeti defitsining YaIMga nisbatan 2010-2017 

yillardagi holati.

51

 

Yuqoridagi  rasm  orqali  AQShdagi  byudjet  holatini  ko‘rishimiz  mumkin. 

AQSH  byudjeti  oxirgi  yillarda  faqat  defitsit  bilan  ijro  etilmoqda.  Buning  asosiy 

sabablari  ishlab  chiqarish  darajasining  tushushi,  xarajatlarning  haddan  tashqari 

o‘sib ketishi, tovarlar bilan ta’minlanmagan pul emissiyasi, yashirin iqtisodiyot va 

unumsiz sarflarning o‘sib borishi bilan ifodalanmoqda. 

AQSH  davlatida  davlat  moliyasining  tarkibiy  qismlaridan  biri  byudjetdan 

tashqari  fondlar bo‘lib  ular  ilmiy  tadqiqot  fondlari  deb nomlanadi.  Ilmiy  tatqiqot 

fondlari  sanoatda,  qurilishda,  ilmiy  tatqiqotlarning  qo‘llab-quvvatlashini 

moliyalashtirish  uchun  shuningdek,  davlatning  ilmiy  markazlarini  ta’minlashga 

qaratilgan fondlardir. 

AQSHda 3 ta yirik fond faoliyat ko‘rsatadi: 

1)  Milliy ilmiy fond (MIF); 

2)  Standartlar byurosi ilmiy fondi (SBIF); 

3)  Kredit fondlari- bu davlat banklari, jamg‘arma kassalari va boshqa kredit  

muassasalarida foydalanishda bo‘lgan, qaytarish va foiz to‘lash sharti bilan olingan 

resurslar. 

                                                           

51

 www.tradingeconomics.com sayti ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tuzildi. 




80

 

 



AQSHda asosan 3 tarmoq bo‘yicha yo‘naltiriladigan bir qator kredit fondlari 

mavjud. Ushbu tarmoqlar quyidagilar: 

 

qishloq xo‘jaligi; 



 uy-qurilish; 

 tashqi iqtisodiy aloqa. 



Ijtimoiy  fondlar  aholiga  ijtimoiy  xizmatlar  ko‘rsatishga  qaratilgan 

resurslardir.  Aholi  sonining  ortishi  jamiyatning  turli  ijtimoiy  guruhlari  o‘rtasida 

qiziqish  chegaralarining  ortishi  ushbu  fondlarning  ahamiyatini  yanada  oshiradi. 

Davlatning  maxsus  fondlari  huquqiy  holatiga  ko‘ra  davlat  maxsus  fondlari  va 

mahalliy  maxsus  fondlarga  bo‘linadi.  Davlatning  maxsus  fondlari  markaziy 

hukumatga  qarashli  bo‘ladi  va  ularga  investitsiya  fondi,  valyuta  fondi,  ijtimoiy 

sug‘urta fondiga bo‘linadi.  

Mahalliy  maxsus  fondlar  mahalliy  hokimiyat  organlariga  tegishli  bo‘lib  ular 

orasida eng yirigi zayom fondlari hisoblanadi. Ishlanish maqsadiga ko‘ra maxsus 

fondlar:  iqtisodiy,  ilmiy-tatqiqot,  kredit,  ijtimoiy  sug‘urta  fondlari  va  boshqa 

fondlarga  bo‘linadi.  Biz  moliya  tizimi  shu  jumladan  davlat  moliyasi  yuqori 

darajada  rivojlangan  davlatlardan  biri  AQSH  davlat  moliyasi  holatini  ko’rib 

chiqdik,  shundan  kelib  chiqqan  holda,  mamlakatimiz  davlat  moliyasini  isloh 

etishda  AQSH  davlat  tajribasidan  quyidagi  jihatlarni  amaliyotga  tadbiq  etsak 

maqsadga muvofiq bo‘ladi: 

  Davlat  moliyasi  tarkibida  davlat  kreditining  rolini  oshirish  hamda 



mahalliy  kreditlarni  shakllantirish,  bu  orqali  AQSHda  doimiy  ravishda 

qo’llaniladigan mahalliy byudjetlarning daromad va xarajatlar tengsizligini yuqori 

byudjetlar bilan munosabatlarsiz qoplashga erishishimiz mumkin

 



Davlat  byudjeti  daromadlari  tarkibida  to‘g‘ri  soliqlar  ulushini 

ko‘paytirish ya’ni bu orqali mamlakat aholisining mulkdan va yerdan foydalanish 

unumdorligini oshishiga erishish; 

  Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni tartibga solish, bu 



orqali AQSHda aynan erkin iqtisodiy hududlarga berilayotgan imtiyozlarni tartibga 

solish hamda mamlakatning rivojlanish darajalariga ko’ra hududlarga imtiyozlarni 




81

 

 



tabaqalashtirish  orqali  mamlakatning  barcha  hududlarini  kompleks  rivojlanishga 

erishish mumkin; 

 

Byudjetdan  tashqari  jamg‘armalarning  xarajatlar  yo‘nalishini  aniq 



belgilab  shu  sohada  faoliyat  ko‘rsatishiga  erishish  hamda  AQSH  davlati  kabi 

byudjetdan  tashqari  jamg’armalarning  mablag’laridan  samarali  foydalib,  undan 

davlat byudjeti defitsitini qoplashda asosiy manbalardan biri sifatida foydalanish

  Davlat  xaridi  tizimida  AQSH  davlatida  shakllangan  byudjet 



tashkilotlari  uchun  korporativ  kartochkalar  amaliyotini  tadbiq  etish,  bu  orqali 

davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimida soddalashgan tizimga erishish. 




Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling