Magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida
III - bob bo‘yicha xulosa
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti
III - bob bo‘yicha xulosa.
Bitiruv malakaviy ishining 3-bobidan quyidagicha xulosalar chiqarildi: -davlat moliyaviy resurslarining barqarorligi ta’minlash maqsadida ulardan foydalanish samaradorligini bosqichma-bosqich oshirib borish kerak; -davlatning boshqa subyektlar bilan moliyaviy munosabatlariga kirishish ko‘lamlarini kengaytirish joiz; -davlat moliyasining tarkibiy qismlarini o‘zaro muvofiqlikda rivojlantirish bosqichlarini jadallashtirish; -davlat maqsadli jamg‘armalar faoliyatini mustaqilligini ta’minlash, ularning daromad va xarajat yo‘nalishlarini aniq belgilab olish zarur. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda davlat moliyasini tashkil etish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mamlakatimiz moliya tizimida ushbu maqsadlarga erishishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, aholi turmush farvonligini oshirishda, davlatning har yili ishlab chiqadigan va amalga oshiriladigan siyosatining natijaviyligi avvalombor davlat moliyasining boshqarish holati va uni ijro etish samarodorligiga bevosita bog‘liq hisoblanadi. Shunday ekan davlat moliyasini ichki imkoniyatlarni inobatga olgan holda, xorijiy davlatlar tajribasiga integratsiyalashgan holda rivojlantirib borishni taqozo etadi.
82
Davlat moliyasining Byudjet tashkilotlarida amalga oshirilayotgan va ular moliyasini samarali tashkil etishga xizmat qilayotgan tadbir - “O’zASBO” KDni joriy etish. “O’zASBO” KDning tadbiq etilishi natijasida unga o’zgarishlarni markazlashtirilgan tarzda kiritish, shuningdek ma’lumotlarni ishonchli saqlash va rezervlashni ta’minlanadi, barcha mintaqalarda joylashgan Byudjet
tashkilotlarining buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’yicha ma’lumotlar bazasi tuzilmasi yaratiladi, buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona metodologiya bo’yicha yuritilishini ta’minlaydigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratiladi, tarixiy xronologiyani kuzatib borish, hisob davrlari, shu jumladan Byudjet tashkilotlarining avvalgi yillardagi faoliyati davrlari bo’yicha hisob yuritish imkoni beriladi, tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan analitik va sintetik hisob yuritish bo’yicha registrlarni, turli joriy va davriy hisobotlarni yuritish va ularni qog’ozga tushirish imkonini beradi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling