Magistratura bo’limi
O’zbekiston Respublikasida pensiya tizimining huquqiy asoslari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy himoya tizimi va unda pensiya tizimining rivojlanish yonalishlari
3. O’zbekiston Respublikasida pensiya tizimining huquqiy asoslari
Jamg‘arma mustaqil moliyaviy strukturaga, pensiya ta’minoti moliyasini davlat boshqaruv organiga – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga aylantirildi. 1997 yil 1 yanvardan Pensiya jamg‘armasining pul mablag‘lari O’zbekiston Davlat byudjetida mablag‘larni sarflashda maqsadga yо‘naltirilganlikni saqlagan holda jamlandi. O’zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi tо‘g‘risida”gi 2000 yil 14 dekabrdagi Qonuniga binoan jamg‘arma davlat maqsadli jamg‘armasi maqomiga ega, 2005 yil 1 yanvardan esa Pensiya jamg‘armasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining idoraviy qaramog‘iga о‘tkazildi. Mamlakatimiz moliya tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri - 2014 yilda O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining kuchga kirishidir. Budjet kodeksi byudjet jarayonini (Davlat byudjetini shakllantirish, tasdiqlash, ijro etishni hamda
nazoratni ta’minlashni) yagona va yaxlit qonun hujjatida tizimlashtirishni, Davlat byudjetini ham, davlat maqsadli jamg‘armalarni ham tartibga solishning yagona printsiplarini qо‘llanishni, byudjet jarayoni barcha qatnashchilarining vakolatlarini hamda ularning о‘zaro hamkorligi mexanizmlarini belgilashni, shuningdek, byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirib, mahalliy byudjetlarning daromadlar manbalarini mustahkamlashni, barcha darajalardagi byudjetlar о‘rtasida vakolatlarni taqsimlashni va ularning о‘zaro hamkorligini nazarda tutadi. Budjet kodeksida byudjetlar parametrlari, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari ijrosi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy saytda chop etish nazarda tutilganligi ham ushbu yangi qonun hujjatining demokratik, oshkoralik printsiplariga asoslanganidan dalolatdir. Budjet kodeksiga kо‘ra byudjet jarayonini tartibga solishning yagona printsiplari O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ham, davlat maqsadli jamg‘armalariga ham qо‘llaniladi. Hujjatda Davlat byudjetiga 23
davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari qamrab
olingan. Mazkur
Kodeks byudjet
jarayoni ishtirokchilarini, shuningdek undan foydalanuvchilarni byudjet tizimi va byudjet jarayoni tо‘g‘risidagi har tomonlama salmoqli va ishonchli axborot bilan ta’minlay oluvchi hujjat bо‘ldi. “Budjet kodeksida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari tuzilmasi, Davlat byudjeti va uning tarkibiga kiruvchi mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari aks ettirilgan. Qolaversa, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining qо‘shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanish tamoyillari belgilandi, byudjet ijrosi qismida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining tasdiqlangan parametrlariga о‘zgartirish kiritish tartibi soddalashtirildi» 1 . Budjet kodeksida nazarda tutilgan me’yor va qoidalarning amalga oshirilishi byudjet jarayonining barcha bosqich va darajalarida yagona huquqiy normalar qо‘llanilishini va bir xil yondoshuvni ta’minlaydi hamda byudjet jarayonining barcha qatnashchilari ishini engillashtiradi. Shu tariqa Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlashga erishiladi hamda davlatning ijtimoiy majburiyatlarini sifatli va samarali bajarish mumkin bо‘ladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tо‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 30-son Qaror qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tо‘g‘risida Nizom tasdiqlandi. Quyidagi rasmda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘ar-masining maksadlari berilgan. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya tо‘lovlarini va boshqa tо‘lovlarni tayinlashni, moliyalashtirishni,
1 O‘rozov U. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi: mohiyati, ahamiyati va afzalliklari. \\ Moliya. - Toshkent. 2014. №1. –B.28.
24
hisobga olishni va ularning tо‘lanishi monitoringini olib borishni, ushbu maqsadlarga yо‘naltiriladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlashni, shuningdek tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari faoliyatini tashkil etishni amalga oshirish bо‘yicha asosiy vazifalari, funktsiyalari va vakolatlarini belgilaydi.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling