2.Aholini ijtimoiy himoyalashda ish haqini tо‘lash muammolarini
xal etilishi
O’zbekiston Respublikasida ish haqi tо‘lash bо‘yicha oqilona siyosat olib
borilmoqda. Ish haqi tо‘lashga doir qarorlarni qabul qilishda aholini
ijtimoiy himoyalash masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
“Mehnat unumdorligi va ish haqi о‘rtasidagi bog‘liqlik iqtisodiy va ijtimoiy
jarayonlarga ham ta’sir kо‘rsatishi aniqlangan»
1
. Bir tomondan mehnat
unumdorligini oshirmay turib ish haqini kо‘paytirib bо‘lmaydi, boshqa
tomondan ish haqi miqdori mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda yirik sanoat korxonalaridagi unumdorlik
me’yorlariga asoslanib ish haqini hisoblash ba’zi tarmoqlar uchun samarali
bо‘lishi mumkinligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Sanoat korxonalaridagi
iqtisodiy samaradorlik asosida aholi turmush darajasini oshirishda mehnat
unumdorligining о‘sib borish qonuni muhim omil hisoblanadi.
Korxonalardagi mehnat unumdorligi va ish haqi о‘rtasidagi bog‘liqlik
tо‘g‘risidagi nazariyalar turli ilmiy maktablar namoyondalari tomonidan
о‘rganilgan.
Iqtisodchi olimlardan B.M.Genkinning ta’kidlashicha, har kim о‘z
mehnatiga yarasha rag‘batlantirilishi zarur. T.Edikson boshchiligidagi bir
guruh iqtisodchi olimlar mehnatga xaq tо‘lash mehnatning aqliy yoki ijodiy
faoliyat bilan bog‘liqligiga asoslanishi lozim, degan fikrni ilgari suradi.
A.Marshall mehnatiga xaq tо‘lash - mehnatning cheklangan unumdorligi
Do'stlaringiz bilan baham: |