Magistratura bo’limi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy himoya tizimi va unda pensiya tizimining rivojlanish yonalishlari
79
XULOSA O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya va pensiya tizimini rivojlantirish masalalari о‘rganildi, amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar va takliflar berildi. 1. Ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson manfaatlarini kо‘zlaydi. Aholini samarali ijtimoiy himoyalash deganda, jamiyatning har bir a’zosining turmush darajasini oshirish, о‘z qobiliyatini rivojlantirish, mehnat qobiliyati yо‘qotilgan taqdirda (keksalar, nogironlar, kasallar, bolalar uchun) kafolatlarini ta’minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimi tushuniladi. 2. O’zbekistonda fuqarolarning ijtimoiy kafolatlarni moliyalashtirish va ijtimoiy ziddiyatlarni hal qilishda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy sharoit Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va asosiy vazifalarini hamda jamg‘armaning daromadlari va xarajatlarini ilmiy tarzda tahlil etishni, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining faoliyatini jahon tajribasini hisobga olgan holda rivojlantirishni talab etadi. 3. Mamlakatimizda YaIMning barqarorligi, iqtisodiyotdagi etakchi
tarmoqlarning yuqori о‘sish sur’atlari ijtimoiy sohani, jumladan pensiya tizimini rivojlantirishga mustahkam zamin yaratmoqda. 4. Xorijiy mamlakatlarda pensiya tizimining quyidagi kamchiliklari namoyon bо‘ldi: - moliya bozoridagi tebranishlar pensiya jamg‘armalariga salbiy ta’sir kо‘rsatdi. - moliya bozorining risklari
jamg‘arib boriladigan pensiya
jamg‘armalarining kutilayotgan daromadlarni nisbatan past bо‘lishiga olib keldi. 5. Mehnat haqi hisoblashning muammoli jihatlaridan yana biri - respublikada korxona va tashkilotlarda о‘rtacha ish haqi darajasini oshirish va asta-sekin 80
rivojlangan davlatlar darajasiga etkazish orqali ijtimoiy jihatdan farovon hayotni yо‘lga qо‘yish masalasidir. 6. O’zbekistonda pensiyalarning о‘rtacha miqdori о‘rtacha ish haqiga nisbatan qoplash koeffitsenti 37,5 foizni tashkil etmoqda. Bu kо‘rsatkich Rossiyada 25,7 foiz, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa 23-28 foizdan iborat. Mamlakatimizda 2014 yilda bu kо‘rsatkichni 41 foizga etkazish kо‘zda tutilmoqda. 7. O’zbekiston Respublikasida kelgusida ham pensiya tizimidagi islohotlarni izchillik bilan davom ettirish fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini adolatli tashkil etishga va mukammal pensiya tizimining shakllanishiga xizmat qiladi. 8. O’zbekistonda pensiya tizimini rivojlantirish jarayonida ijodiy foydalanish imkoniyatlari borasida takliflar qilish mumkin: – O’zbekistonda kо‘p darajali aralash pensiya tizimini shakllantirish maqsadga muvofiq bо‘ladi. – O’zbekistonda pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish lozim. – O’zbekistonda pensiya tizimidagi turli imtiyozlar berishni va pensiyaga barvaqt chiqishni kamaytirishga qaratilgan izchil chora- tadbirlarni muntazam amalga oshirish. – O’zbekistonda pensiya tizimini modernizatsiyalashda pensiya miqdorini mehnat stajiga qarab emas, balki, sug‘urta stajiga, sug‘urta badalini tо‘lashga bosqichma-bosqich о‘tish. 9. Pensiya tizimini isloh etishga qaratilgan chora-tadbirlar quyidagilarni о‘z ichiga olishi kerak. – pensiyani indeksatsiya qilishda inflyatsiya sur’atlariga asoslanish; – pensiyaga chiqishni 65 yoshga oshirish, erkaklar va ayollar uchun ushbu kо‘rsatkichni tenglashtirish;
81
– davlat pensiyasi tо‘g‘risidagi axborotni muntazam ravishda aholiga etkazish. – kapitalni jamg‘arish va pensiya tо‘lash bosqichlarida moliya bozorlaridagi tebranishlarda sug‘urtalanish samaradorligini oshirish; – fond bozorini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faol qо‘llash, inflyatsiya darajasiga nisbatan indeksatsiya qilinuvchi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish. 10. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasining vaqtinchalik bо‘sh mablag‘larini investitsion faoliyatga joylashtirish orqali qо‘shimcha daromad olishni rag‘batlantiruvchi mexanizmni takomillashtirish maqsadga muvofiq bо‘ladi. 11. Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar va ushlanmalar summasidan ishlovchi nafaqa yoshidagilarga tо‘lovlarni ayrim jihatlariga ham о‘zgartirishlar kiritish lozim. Bizning fikrimizcha, pensiya yoshiga chiqqan ishchi va xizmatchilarga tayinlangan pensiyalarni moliyalashtirishdagi muammmolarni ularning pensiya summasini 50 foizga kamaytirish orqali emas, balki jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotini izchil va ta’sirchan mexanizmini shakllantirish orqali ham hal etish mumkin, deb о‘ylaymiz. Negaki tо‘liq stavkada ishlovchi pensiya yoshidagi ishchi va xizmatchilarning ish haqidan ajratmalarining joriy qismi unga tо‘lanadigan pensiya summasini tо‘liq qoplaydi.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling