Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


Narsaning aloqadorliklari cheksizdir


Download 295.08 Kb.
bet40/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

Narsaning aloqadorliklari cheksizdir (10- tamoyil). Chunonchi, egalik qo‘shimchasi, masalan, kelishik qo‘shimchalari bilan uzviy aloqada. Chunki kitobim, ukasi kabi so‘zshakllar qaratqichli aniqlovchi bilan bog‘lanadi: uning ukasi bir narsa bo‘lsa, u ukasi (U ukasi va h.) tamoman boshqa narsa. Narsa (egalik) qancha ko‘p va rang-barang munosabatlarida tadqiq va tavsif qilinsa, uning mohiyatiga shunchalik chuqurlashib boriladi (11- t). Bundan xulosa qilish mumkinki, narsa, uning mohiyati haqida bizning hukm va bilimlarimiz hamisha nisbiy. Biz hech qachon, masalan, egalik shaklining mutlaq mohiyatiga yeta olmaymiz. Mana shuni bilish bizni mutlaqlashtirishdan saqlaydi, ehtiyotkorlikka, bir narsa haqida turli xil fikr va talqinlar mavjudli­gi­ga (ko‘p fikrlilikka) ongli munosabatda bo‘lishga, har bir fikr-xulosa ma’lum bir sharoitdagina asosli ekanligiga o‘rgatadi. Taraqqiyotning asosi ham shunda. Har bir tadqiq manbai haqida ko‘p fikrlilik bo‘lmasa, narsaning ongdagi in’ikosi bo‘lmish shu narsa haqidagi ilmiy tushunchada taraqqiyot bo‘lmaydi. Narsaning aloqadorliklari va munosabatlari cheksiz­. Ko‘p hollarda biz bu aloqadorliklarni ko‘ra olmaymiz, xolos. Shuni nazarda tutib Albert Eynshteyn: “O‘zaro mutlaqo o‘xshash bo‘lmagan, bir-biridan juda uzoq turgan narsalar orasidagi umumiylik, o‘xshashlik yoki aloqadorlikni ochish fikr uchun naqadar quvonchlidir”, – deb ta’kidlagan edi. Masalan, eshik (deraza)ning oshiq-moshig‘i bilan shirin qovun so‘z birikmasi orasida qanday o‘xshashlik (aloqadorlik) bo‘lish mumkin? Oshiq-moshiqning bir tomoni (oshiq tomoni) ingichkalashgan, qoziqsimon, bir yoriqqa (o‘yiqqa, chuqurga) kiritishga mo‘ljallangan qismga ega. Uning moshiq tomonida esa shu qoziq kiritiladigan o‘yiq (bo‘shliq) bor. Demak, oshiqda qandaydir ortiqchalik, chiqib turgan qism, moshiqda shu qismga mos bo‘shliq bor. Ikki tomon birlashsagina (bo‘shliq ortiqchalik bilan to‘ldirilgach), parchin butun bo‘ladi, eshik bilan kesakini (eshik, deraza romini) birlashtirib, uni ochib-yopishga imkon beradi. Ikki qarama-qarshilikdan bir butunlik hosil bo‘ladi – oshiqdagi zarurat moshiqdagi imkoniyat bilan (yoki aksincha) qondiriladi va (ikki yorti bir butun deyilganidek) bir butunlik hosil bo‘ladi.

So‘z birikmasida ham shunday holat kuzatiladi.

Alohida olingan shirin so‘zi ma’lum bir ta’m-maza belgisini mavhum holatda atab keladi. Uni tatib ko‘rish mumkin emas, chunki belgini tatib, ushlab bo‘lmaydi. Qovun so‘zi esa ma’lum bir narsani, poliz o‘simligini atab keladi, lekin uning belgisi ko‘rsatilmagan. Narsa (predmet) esa hech qachon belgisiz bo‘lolmaydi. Demak,


Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling