Dasturning informatsion-metodik ta’minoti
“Tilshunoslik metodologiyasi” fanini o‘qitish jarayonida ilg‘or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish juda muhim. Mavzuning xarakteri va murakkablik darajasidan kelib chiqib o‘qitishning an’anaviy (ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar, kollokvium, turli xil lug‘atlar, shuningdek, ko‘rgazmali qurollardan) va noan’anaviy (aqliy xujum, komandada o‘qitish, aralash va turli xil didaktik o‘yinlardan), shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan- kompyuter, elektron darsliklar, elektron lug‘atlar va internet materiallaridan, multimediya imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ilmiy-nazariy adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, lug‘atlar, kartotekalar tizimi, shuningdek, axborot texnologiyalari (kompyuter, internet materiallari, proyektor, slaydlar, prezentatsiyalar va hokazolar).
Do'stlaringiz bilan baham: |