Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


Fanning asosiy maqsad va vazifalari


Download 295.08 Kb.
bet90/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

Fanning asosiy maqsad va vazifalari

Fanning asosiy maqsadi: magistratura talabalarining o‘zbek tilshunosligining metodologiyasi masalalari haqida bilim olishlariga erishish.

Fanning asosiy vazifalari:

- bilish bosqichlari haqida ma’lumot berish;

- metodologiyaning xususiy fanlardagi rolini ochib berish;

- empirik va nazariy bosqich metodologiyasini farqlash va vazifasini idrok etishlariga erishish.



Fan bo‘yicha bilim, malaka, ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar

“Tilshunoslik metodologiyasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

a) ilmiy tadqiq metodikasi;

b) ilmiy tadqiq metodologiyasi;

d) ilmiy tadqiq metodi tushunchalari haqida zamonaviy bilimlar, ularni tahlil qilish ko‘nikmasi va bilimlarni amaliyotga tatbiq etish malakasiga ega bo‘lishlari kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

“Tilshunoslik metodologiyasi” tanlama ixtisoslik fani hisoblanadi. Bu fan dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida keltirilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Falsafa” fanlarida o‘rganiladigan muammolar borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.



Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling