Magistratura mutaxassisligiga kirish sinovlari uchun
о‘qitish metodikasi (tarix)
Download 311.52 Kb. Pdf ko'rish
|
5A110601 – Ijtimoiy va gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix)
о‘qitish metodikasi (tarix) mutaxassisligi bо‘yicha magistraturaga qabul
jarayonida о‘tkaziladigan mutaxassislik bо‘yicha magistraturaga kiruvchilarning bakalavr ta’lim bosqichida olgan bilimlariga hamda fanlar bо‘yicha mustaqil ta’limga tayyorgarlik jarayonlarida, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishi bajarish jarayonida shakllantirilgan ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, tarixiy tahlil va tarixiy taqqoslash orqali tarixiy dalil va manbalarning ilmiy tadqiqot jarayonlariga jalb etish, ilmiy tadqiqot ishlari va manbaviy hujjatlar bilan ishlash kо‘nikmalarining shakllantirilganligi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqidagi umumiy tushunchalari, ilmiy mushohada qila olish va yangi g‘oyalar shakllantira olish qobiliyati, ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish mazmuni bilan tanishganligi, tadqiqot natijalarini tahlil qila olish qobiliyatining mavjudligi, fanning ilmiy va ta’limiy xususiyatlarini о‘zlashtirish jarayonida о‘zlashtirgan bilimlari va malakalarini aniqlashga yо‘naltirilgan masalalarni qamrab olgan. Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - talabalar bilimlarini chuqurlashtirish va O‘rta Osiyo hududida ilk va o‘rta asrlarda o‘zbek davlatchiligi, uning shakllanish tarixi, sulolalar, savdo va hunarmandchilik, tashqi siyosat, Rossiya imperiyasi va sovet mustamlaka siyosati davrida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy, siyosiy tarixi, shuningdek O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritishi, iqtisodiy islohatlar va uning ijtimoiy yo‘nalishlari ma’naviy yangilanishlarni bilmoq Vatan tarixini chuqur bilishga, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashadi. Shuningdek, Mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini chuqurlashtirish kabi dolzarb masalani horijiy mamlaqatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotini tarixiy nuqtai nazardan o‘rganmasdan hal etib bo‘lmaydi. Jahon tarixini va jumladan Qadimgi sharq tarixi, (Qadimgi Misr, Messopotamiya, Kichik Osiyo, Hindiston, Xitoy), Qadimgi 3 Yunon-Rim tarixi, O‘rta asrlar, Yangi tarix (Osiyo va Afrika, Yevropa va Amerika mamlaqatlari yangi davrda), Eng yangi tarix rivojlanishini mukammal darajada bilmoq insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand qiladi, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashadi va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topishga imkoniyat yaratadi. 5A110601 – Ijtimoiy va gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix) magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan ixtisoslik fanlari bo‘yicha: Tarix o’qitish metodikasi, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi fanlaridan savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan. Download 311.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling