Magistratura talabasining pedagogik amaliyot
Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov
Download 85.44 Kb.
|
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)
Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov
16.05.2022 2022-yilning 16 - may soat 8:00 da universitetga keldik. Aktiv amaliyot davomida yuritilishi lozim bo`lgan hujjatlarning shakli va rasmiylashtirish qoidasi bilan yana bir bor chuqur tanishish maqsadida barchamiz yig`ilib amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri Jalolov O.I. maslahat va tegishli o`rinlarda yordam olish maqsadida Ilmiy rahbarim bilan birgalikda magistrlik dissertatsiyasining II bobini yakunladik. 17.05.2022 Kafedra professor-o’qituvchilarining darslarida qatnashdik. Kafedramiz o‘qituvchisi Babayev Samandar Samiyevichning 3- bosqich talabalariga Hisoblash usullari fanidan “Ikki va uch qatlamli ayirmali sxemalarning kanonik ko’rinishi va turg’unlik shartlari. Tejamli ayirmali sxemalar.” mavzusidagi ma`ruza mashg`ulotiga dars tahliliga kirdim.Dars amaliyotida fan o’qituvchisiga magistr yordam berishiga kelishib olindi. Ma’ruzaning zamonaviy texnologiyalar yordamida o’tilishi o’quvchilarga mavzuni tushunishda qulaylik tug’dirdi. Dars mazmunli, qisqa va lo’nda qilib tushuntirildi. Xulosa qilishda o’quvchilar fikrlarini aytib o’tdilar. 18.05.2022 Kafedra professor-o’qituvchilarining darslarida qatnashdik. Talabalar o‘zlariga yuklatilgan vazifaga ijodiy yondashib bir qancha bukletlar, gazetalarda chiqqan maqolalar va internet havolalaridan qiziqarli hamda asosli maʼlumotlar tayyorlab kelishibdi. Dars davomida doskaga chiqqan har bir o‘quvchi o‘zi tayyorlab kelgan yangi maʼlumotni guruh bilan o‘rtoqlashdi. Kafedramizda Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirdim. 19.05.2022 Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo’nalishida ta’lim olayotgan 2-bosqich talabalari bilan birgalikda o’quv yili oxirida topshiriladigan oraliq va yakuniy nazoratlar, davlat imtihonlarining ahamiyati to’g’risida suhbat qildik. Bugun o’zaro darslarda qatnashdik. Kafedramizda Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirdim. 20.05.2022 Kafedra professor-o’qituvchilarining darslarida qatnashdik. Talabalar o‘zlariga yuklatilgan vazifaga ijodiy yondashib bir qancha bukletlar, gazetalarda chiqqan maqolalar va internet havolalaridan qiziqarli hamda asosli maʼlumotlar tayyorlab kelishibdi. Dars davomida doskaga chiqqan har bir o‘quvchi o‘zi tayyorlab kelgan yangi maʼlumotni guruh bilan o‘rtoqlashdi. Kafedramizda Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirdim. 21.05.2022 Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yilar ekan: Talaba: mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; mustaqillik yillaridagi o‘zgarishlarni, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak; O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish, atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma'naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bo‘lishi kerak. Ilmiy rahbarim bilan birgalikda magistrlik dissertatsiyasining III bobini yozish, tajriba-sinov natijalarini yoritdik Download 85.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling