Magistratura talabasining pedagogik amaliyot


Download 85.44 Kb.
bet10/23
Sana19.06.2023
Hajmi85.44 Kb.
#1614065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)

9.03.2022
Biz bugun kaferdamiz o’qituvchisi Toxirov Bekzodning ochiq dars mashg’uloti 1-juftlikda 1-2PMIK-20 guruhida “Ochiq kodli shriftlash” mavzusida o`tkazilgan ma`ruza mashg’ulotiga tahlilga kirdik. Bugungi amaliyot davomida biz pedagogik amaliyot davomida amaliyotchilarning huquqlari haqida ma`lumot oldik. Pedagogik amaliyot Vazirlik tomonidan tasdiqlangan o`quv rejasiga asosan ma`lum bir vaqt bo`yicha tashkil etiladi. Amaliyotga chiqqan talabalar pedagogik amaliyot ko`rsatma va dasturida belgilangan barcha tartib-qoidalarga qat`iy amal qilishi zarurligi aytib o`tildi. Har bir amaliyotchi pedagogik amaliyotni belgilangan muddatda o`tishi lozimligi uqtirildi. Talaba amaliyot yakunida o`z hisobotini oliy ta`lim muassasasi tomonidan tuzilgan hay`at oldida himoya qilishi tushintirildi. Amaliyot natijasi magistraturani tugatishda va magistrlik dissertatsiyasi himoyasida, albatta, hisobga olinishi tushuntirildi.
10.03.2022
Men bugungi amaliyotimni Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari Amaliy matematika (sohalar bo’yicha) magistratura Sodiqova Dilnavozning 1-1PMIK-18 va 1-2PMIK-18 ning “Ta’limda erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar tahlili. LMS tizimlarining asosiy funkstiyalari.”mavzusida reja asosida qo’yilgan ochiq dars mashg’ulotini tahliliga kirishdan boshladim. Dars jarayoni juda qiziqarli bo’ldi chunki dars jarayonini noananaviy tarzda interfaol metodlari yordamida o’tildi. Pedagogik amaliyot davomida universitetda olgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash va bu bilimlarni o`quvchilar bilan olib boriladigan o`quv-tarbiyaviy ishlar amaliyotida tadbiq etishni o`rgatadi. Psixologiya, pedagogika hamda bolalar va o`smirlar fiziologiyasi bo`yicha olingan bilimlarga tayangan holda magistrantlarning talabalar bilan individual xususiyatini hisobga olgan holda o`quv-tarbiya ishlarini yo`lga qo`yishga o`rgatadi. Talabalarning o`zlashtirish va qabul qilish qobiliyatlarini faollashtiradigan usullarni qo`llagan holda mustaqil darslar o`tkazishga tayyorlaydi. Kafedra mudiri, fan o`qituvchilari, guruh rahbarlar va boshqa pedagog xodimlar ishlarini o`rganish va tahlil qilishni o`rgandik.
11.03.2022

Fakultetimizning barcha ta’lim yo‘nalishi talabalariga birinchi juftligida axborot soati o‘tildi. Bunda sinf rahbarlari belgilangan reja asosida o‘quvchilarga axborot soatidagi mavzuni o‘tishdi. Milliy bayramlarimizdan biri Navro‘z kirib kelishi munosabati bilan axborot soati ham ayni shu kunga bag‘ishlandi, dars jarayonida sinf rahbarlari mavzu bilan birga o‘quvchilar bilan yaqindan suhbatlashishdi va ularni kirib kelayotgan navro‘z ayyomi bilan tabriklashdi. Shu bilan birga navro‘z bayrami munosabati bilan belgilangan dam olish kunlari va keyingi o‘quv jarayoni boshlanadigan kun muhokama qilindi. Unga ko‘ra 20, 21,22 hamda 23 mart kunlari bayram munosabati bilan dam olish kuni deb yigirma to`rtinchi martda esa o‘quv kuni deb e’lon qilindi.




Download 85.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling