Magistratura talabasining pedagogik amaliyot


Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov


Download 85.44 Kb.
bet15/23
Sana19.06.2023
Hajmi85.44 Kb.
#1614065
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)

Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov

11.04.2022
Biz bugungi kuni pedagogik amaliyotning asosiy maqsadlaridan biri bo’lgan dars o’tish metodini o’rganish maqsadida dars tahliliga kirdik.. Maruza juda yaxshi tushuntirib berildi talabalar o’zlarining qiziqtirgan va tushunmagan savollari bilan ustozga murojaat qilishdi va barcha savollarga javob berildi. Men ham dars jarayonidan o’zimga anchagina bilim va tajriba oldim. Bunda talaba saytga kirishi va shu fan mavzularini ko‘rib chiqishi uchun fan o‘qituvchisi tomonidan muddat belgilanadigan HEMIS dasturi bilan ishlashni ko`rib chiqdik
12.04.2022
Kafedrada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ikkinchi bosqich magistrant talabalari uchun vazifa sifatida yozilayotgan tadqiqot ishining kirish qismini hafta oxirigacha yakunlab kafedrada muhokama uchun topshirishlari yuklatildi. Biz yuklatilgan vazifa yuzasidan Buxoro davlat universiteti kutubxonasining kompyuterlashtirilgan xonasidan foydalandik. Tadqiqot ishimizning kirish qismini yozish uchun magistratura bo‘limi tomonidan berilgan talab asosida kirish qismini yozdik. Bunda kirish qismi dissertatsiya ishining asosiy mazmunini g‘oyasini maqsadini talab va taklifini o‘rganilgan manbalarni uning yangiligini ochib berishi kerakligi uchun uni puxta o‘rganilgan holda yozdik.
13.04.2022
Axborot tizimlari ta`lim yo‘nalishi birinchi bosqich talabalaridan laborotoriya mashg’ulotiga tahlilga kirdik. Ishchi o‘quv reja asosida navbatdagi laborotoriya mavzulari talabalarga oldindan tayyorlanishlari uchun berilganligi sababli guruhda barcha talabalar laborotoriya darslariga tayyor edilar. O‘qituvchi darsni boshlab olgach, laborotoriya mavzusi yuzasidan tayyorlanib kelgan o‘quvchilarni bilimlarini baholadilar. Baholash mezonlari haqqoniylik va ilmiy izlanganlik prinsipi asosida bo‘ldi. Dars davomida yuzaga kelgan bir qancha savollarga o‘qituvchi dars yakunida batafsil tushuncha berib o‘tdi.
14.04.2022
Bugun barchamiz kafedrada bakalavr talabalardan olinadigan nazorat ishlari savol normalarini tuzishga kafedra o‘qituvchilariga yordamlashdik. Shu bilan birga o‘zimiz ham bu borada kerakli tajribaga ega bo‘ldik. Nazorat ishi uchun yoziladigan savolnomalar ko‘rinishidan oddiy ish bo‘lsa ham aslida bunday savol nomalarni tuzish o‘qituvchidan katta masʼuliyat talab etar ekan. Har bir nazorat savolnomasi ishchi dastur mavzularidan chetga chiqmagan holda, aniq va qisqa bayon qilingan bo‘lishi kerak ekan. Tuzilgan savolnomalar o‘quvchilarda turli tushunmovchiliklar keltirib chiqarmasligi uchun savolnomalar tushunarli qilib tuzilishi kerakligini bilib oldik.
15.04.2022
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari ta`lim yo‘nalishi ikkinchi bosqich talabalariga Algoritmlar va berilganlar strukturasi fanidan seminar darsida ishtirok etdik. Ishchi o‘quv rejasi asosida navbatdagi seminar darsi o‘qituvchi darsni noan’anaviy tarzda tashkil etish maqsadida guruh talabalariga oldindan vazifa bergan ekanlar, unga ko‘ra har bir talaba mavzu yuzasidan chop etilgan maqollar yoki kitoblardan qo‘shimcha ma’lumotlar olib kelishlari kerak edi. O‘qituvchining sinf o‘quvchilari bilan olib borgan ushbu dars o‘tish usuli bizga juda yoqdi. Bu darsning qiziqarli o‘tishi maʼlumotlarning ko‘plab to‘planishi va talabalarning izlanishiga turtki bo‘ladi. Magistr dissertatsiyasining nazariy va metodik asoslari xususida kafedra professor o’qituvchilaridan tavsiyalar oldik.
16.04.2022
Kafedra professor-o’qituvchilarining darslarida qatnashdik. Talabalar o‘zlariga yuklatilgan vazifaga ijodiy yondashib bir qancha bukletlar, gazetalarda chiqqan maqolalar va internet havolalaridan qiziqarli hamda asosli maʼlumotlar tayyorlab kelishibdi. Dars davomida doskaga chiqqan har bir o‘quvchi o‘zi tayyorlab kelgan yangi maʼlumotni guruh bilan o‘rtoqlashdi. Kafedramizda Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirdik.


Download 85.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling