Magistratura talabasining pedagogik amaliyot
Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov
Download 85.44 Kb.
|
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)
Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov
18.04.2022 2022-yilning 19 - aprelida soat 8:00 da universitetga keldik. Biz bugun ilmiy ishimizning amaliy qismini bajarish uchun laborotoriya bajardik. Tadqiqot ishimizning kirish qismini yozish uchun magistratura bo‘limi tomonidan berilgan talab asosida kirish qismini yozdik. Bunda kirish qismi dissertatsiya ishining asosiy mazmunini g‘oyasini maqsadini talab va taklifini o‘rganilgan manbalarni uning yangiligini ochib berishi kerakligi uchun uni puxta o‘rganilgan holda yozdik. 19.04 2022 2022-yilning 19 - aprelida soat 8:00 da universitetga keldik. Bugun kafedrada HEMIS dasturi yordamida masofadan turib ta’lim olayotgan talabalar uchun ma’ruza matnlari, seminar mashg‘ulotlari, ko‘rgazmali qurollar, slaydlar, qiziqarli savollar va topshiriqlarni dasturga joylashtirishni ko‘rib chiqdik. Bunda ham xuddi MOODLE tizimiga o‘xshab har bir o‘qituvchi uchun maxsus kirish kaliti berilar ekan va suv kalit yordamida kirilib har bir o‘qituvchi o‘ziga yuklatilgan fan ma’ruza matnlari va topshiriqlarini saytga joylashtirar ekan. Bunda talaba saytga kirishi va shu fan mavzularini ko‘rib chiqishi uchun fan o‘qituvchisi tomonidan muddat belgilanadigan HEMIS dasturi bilan ishlashni o‘rgatuvchi elektron qo‘llanmani o‘zimiz uchun yuklab oldik. 20.04.2022 Biz bugun kafedra mudirimizda o’qituvchi dars berishi uchun kerakbo’ladigan barcha ish hujjatlari haqidagi ma’lumotlarni so’rab oldik. Amaliyotchi magistrantlar bilan birgalikda hammamiz yig`ilishib guruh jurnali qanday yuritilishi haqida tanishdik. Fan o`qituvchisi tomonidan har bir guruhga berilgan guruh jurnali electron HEMIS platformasida har bir talabaning davomat ma`lumotlari yozilib, fan nomi va o`tilgan mavzu fan o`qituvchisi tomonidan qayd etilib tasdiqlab borilishi bilan tanishdik. Kafedrada Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirdik. 21.04.2022 2022-yilning 21-aprelida Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari kafedrasi o’qituvchilari uchrashilib, darslarga doir masalalar kelishib olindi. Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti N.Saidova tomonidan Informatika va axborot texnologiyalari ta’lim yo’nalishi magistrantlariga pedagogik tadqiqotlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berib o’tildi. Ma’ruzada interfaol metodlardan qay o’rinda foydalanish kerakligi ko’rsatib o’tildi. Dars mazmunli, qisqa va lo’nda qilib tushuntirildi. Xulosa qilishda o’quvchilar fikrlarini aytib o’tdilar. 22.04.2022 Bugun 22-aprelda ilmiy ishimizdagi ayrim kamchiliklar, imloviy xatolar formulalardagi ayrim indekslarni xatolarini topib shularni tuzatdik. Bu esa bizga yana bir bor ilmiy ishimizni ko’rib takrorlab olishimiz ucun imkon bo’ldi desan xato bo’lmaydi, bu jarayonda bizga kafedra mudirimiz va ilmiy rahbarimiz juda katta ko’mak berishdilar.Dars tahlilga kirdik. Dars jarayonida mavzu to’liq aniq va lo’nda qilib tushuntirildi biz o’zimizga anchagina metod va tajriba o’rgandik. Uniwork platformasida ma’lumot kiritishni o’rganish 23.04.2022 2022-yilning 20-aprelida soat 9.00da Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri Jalolov O.I. bilan uchrashuv bo`ldi. Dars tahlillari bo’yicha amaliy tavsiyalar olindi. Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti Saidova bilan dissertatsiya ustida ishlandi. Dissertatsiya annotatsiyasidagi kamchiliklarni bartaraf etishga kelishib olindi. Dissertatsiyaning ikkinchi bobidagi ba’zi qismlariga o’zgartirishlar kiritildi. Pedagogik amaliyot bo’yicha tegishli xulosalar olindi . Dastlabki himoyaga kirdim. Download 85.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling