Magistratura talabasining pedagogik amaliyot
Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov
Download 85.44 Kb.
|
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)
Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov
23.05.2022 Kafedramiz o‘qituvchisi Babayev Samandar Samiyevichning 3- bosqich talabalariga Hisoblash usullari fanidan “To’r tenglamarni yechishning iteratsion metodlari. To’r tenglamalarni yechish usullari. Matrisaviy progonka usuli” mavzusidagi ma`ruza mashg`ulotiga dars tahliliga kirdim. Dars amaliyotida fan o’qituvchisiga magistr yordam berishiga kelishib olindi. Ma’ruzaning zamonaviy texnologiyalar yordamida o’tilishi o’quvchilarga mavzuni tushunishda qulaylik tug’dirdi. Dars mazmunli, qisqa va lo’nda qilib tushuntirildi.Pedagogik amaliyot hujjatlarini tayyorlash bilan shug’ullandik. 24.05.2022 Barcha pedagogik amaliyotchilar o`zlari biriktirilgan sinflarda bo`layotgan dars jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, kuzatilgan darslarni rasmiylashtirish uchun dars tahlillarini to`ldirishdi. Kursdoshlarimiz bilan birgalikda ilmiy amaliyot hujjatlar yig’ma jildini tayyorladik. 25.05.2022 Biz pedagogik amaliyotchi magistrantlar 2022-yilning 25-may kuni yana dars tahlillariga kirishda davom etdik. Dars jarayonida o’qituvchi har bir dars bosqichlari va mavzu yuzasidan qo’yilgan rejalarning barchasi haqida tushuncha berdilar. O’tkazilgan ochiq darslar, seminar, konferensiyalarda ishtirok etganligini yorituvchi hujjatlarni tayyorladim 26.05.2022 Bugungi amaliyotimizda biz amaliyot davomida nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida ma'lumotga ega bo'ldik. Amaliyot o'tishda: •amaliyot dasturida ko'zda tutilgan topshiriqlarni to'liq bajarish; •amaliyot ob'ektining ichki mehnat tartib qoidalariga bo'ysunish; •mehnat muhofazasi, havfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o'rganishi va qat'iy rioya qilish; •bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu amaliyot ob'ektlari ishchilari qatori javobgarlik olish; •kundalik daftar yuritishi, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarish; •amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berish va amaliyot bo'yicha yakuniy hisobotni topshirish lozimligi tushuntirildilar. Magistrlik dissertatsiyasining taqdimotini tayyorlash, ilmiy-ijodiy ishlar ro’yxatini tayyorladim. 27.05.2022 Bugungi amaliyotimiz davomida aktiv amaliyot davomida yuritilishi lozim bo`lgan hujjatlarning shakli va rasmiylashtirish qoidasi bilan tanishish maqsadida kafedrada hujjatlar ustida ish olib bordik. Ustoz barchamizni yig`ib, hujjatlarni rasmiylashtirish qonun-qoidasi va yuritilish tartibi haqida tegishli ko`rsatmalarni berdilar va biz magistrantlar berilgan nazariy tavsiyalardan amaliyot davomida o`rinli foydalanishga harakat qilamiz. Ilmiy rahbarim bilan birgalikda Magistrlik ishining xulosalarini tayyorladik. 28.05.2022 Bugun barcha ikkinchi bosqich magistrantlar yig’ilib birinchi bosqich magistrantlarining dars jarayoniga qatnashdik. Pedagogik amaliyot natijalari bo’yicha tahlil qildik. Amaliyot bo'yicha yakuniy hisobotni tayyorlash tartibini o`rgandik. Download 85.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling