Magistrlik dissertasiyasi annotasiyasi
Download 13.2 Kb.
|
dissertatsiya annotatsiyasi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Magistratura bo‘limi Magistratura talabasi: S.Saidumarov Ilmiy rahbar: t.f.n., dots. E.F.Ibragimov O‘quv yili: 2021-2023 Mutaxassislik: qiyosiy dinshunoslik MAGISTRLIK DISSERTASIYASI ANNOTASIYASI Tayanch (eng muhim) so‘zlar: diniy bag‘rikenglik, musulmon ulamolar va xristian ruhoniylar faoliyatining qiyosiy tahlili. Tadqiqot ob’yekti: sifatida Oʻzbekistonda 1917-1950 yillarda musulmon ulamolar va xristian ruhoniylar faoliyatining qiyosiy tahlili belgilab olindi. Ishning maqsadi: Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad arxiv hujjatlari, manbaviy tarixiy dalillarga tayangan Oʻzbekistonda musulmon ulamolari va xristian ruhoniylar faoliyatining qiyosiy tahlilini tarixiy nuqtai nazardan bugungi kun voqe’liklari asosida yoritishdan iborat. Tadqiqot usullari: Mavzuni yoritish jarayonida tarixiylik va obyektivlik, dinshunoslik, xronologik ketma-ketlikda tarixiy-qiyosiy tahlil, mavzuga oid yondashuvlar va ilmiy qarashlarning tanqidiy tahlili usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar va ularning yangiligi: mavzu yuzasidan tarqoq holda saqlanib kelinayotgan ma’lumotlarni jamlab, muvofiqlashtirish va ilmiy muomalaga kiritish; tadqiqot mavzusiga doir mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar izlanishlarini maxsus hamda yaxlit tarzda tadqiq etish; Toshkent Yeparxiyasiga boshchilik qilgan ruhoniylarning faoliyatini yilma-yil bayon qilish; sovet davrining ilk yillarida qatagʻon qilingan musulmon ulamolar va xristian ruhoniylar faoliyatini qiyosiy tahlil qilish; Toshkent Yeparxiyasiga boshchilik qilgan ruhoniylari hamda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi raislari faoliyatini belgilangan davrlar asosida qiyosiy tahlil qilish; olib borilgan tadqiqot natijalari umumlashtirilib, tegishli ilmiy xulosa va takliflar ishlab chiqish. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi tarixiy jarayonlarni xolislik tamoyillari asosida, yangi uslubiy va nazariy yondashuvlarga tayangan holda obyektiv oʻrganish, tarixiy xronologik ketma-ketliklik negizida yoritishga asoslanildi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Dissertasiya natijalarining ilmiy ahamiyati fanlararo sohalardagi yangicha yondashuvlarga qat’iy amal qilish va sohaga oid birlamchi materiallarni tahlil etish hamda umumlashtirishga xizmat qiladigan uslublarni takomillashtirishga alohida urgʻu berilishida koʻrinadi. Dissertasiyaning amaliy ahamiyati shundan iboratki, musulmon ulamolar va xristian ruhoniylar faoliyatlarini oʻrganish turli xil diniy e’tiqodda boʻlgan fuqoralar oʻrtasida ahllilik, hamdardlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlashga, dinlararo bagʻrikenglik orqali diniy biqiqlikning zararli tomonlarini yoshlar qalbiga singdirish kabi umumbashariy qadriyatlarga amal qilishni targʻib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘llanish (foydalanish) sohasi: Tadqiqotda keltirilgan ma’lumotlar ilmiy asosga ega bo‘lib, undan oliy o‘quv yurti bakalavr yo‘nalishi talabalariga kurs ishi yozishda, maxsus kurslar tashkil qilishda, dinshunoslik fanida sovet hokimiyati yillarida din va dindorlarga qarshi qaratilgan qonun, hujjatlar tahlilidan foydalanishi mumkin. Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertasiya mavzusi boʻyicha 5 ta ilmiy maqola va tezis chop etilgan. Shulardan 4 ta maqola respublika ilmiy jurnallari va to‘plamlarida, 1 tasi xorijiy jurnallarda e’lon qilingan. Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish, olti paragrafdan tashkil topgan uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Ishning tadqiqot qismi 78 sahifadan tashkil topgan. Ilmiy rahbar: t.f.n., dots. E.F.Ibragimov Magistratura talabasi: S.M.Saidumarov Download 13.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling