Magnit materiallar kuchsiz magnit


Download 105.21 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.02.2023
Hajmi105.21 Kb.
#1183665
Bog'liq
Magnit materiallar - Vikipediya



Magnit materiallar
Magnit materiallar - kuchsiz magnit
maydonlarda magnitlanadigan va bu
maydonlarning qiymatini jiddiy
oʻzgartiradigan materiallar. Tabiiy
magnitlangan mineral — magnetit
(magnit temirtosh) qadimdan maʼlum
boʻlgan. Xitoyda 2 ming yillar ilgariyoq
undan magnit kompasining mili
(strelkasi) yasalgan. Magnetit — kuchsiz
magnetik. 19-asrdaX. K. Ersted, M.
Faradey, E. X. Leni, elektr magnetizm


qonunlarini ochishdi, B. S. Yakobi
oʻzgarmas tok mashinalarini, P. N.
Yablochkov oʻzgaruvchan tok generatori
va transformatorini yaratishdi, M. O.
Dolivo-Dobrovol-skiy uch fazali tokni
kashf etdi. Shundan soʻng ancha kuchli
magnetik — temir amadda Magnit
materiallar sifatida ishlatila boshladi.
1990-yildan telektrotexnikada temir
silitsiyli poʻlat, aloqa texnikasida
temirnikelli qotishmalar keng tarqaldi.
Ferromagnetizm nazariyasining
taraqqiyoti yangidan-yangi Magnit
materiallar ishlab chiqarishni ancha
tezlashtirdi. 20-asr oʻrtalarida oksid
Magnit materiallar — ferritlar paydo
boʻldi. Magnitlanish va qayta


magnitlanish xossalariga qarab Magnit
materiallar ferromag-netiklar, ferritlar,
magnit jihatdan yumshoq va magnit
jihatdan qattiq materiallarga boʻlinadi.
Magnit jihatdan yumshoq materi allarning
boshlangʻich va maksimal magnit
kirituvchanligi yuqori; toʻyinish magnit in-
duksiyasi — 0,2 — 2,4 T, koersitiv kuchi —
0,5 — 10 A/m, solishtirma elektr qarshiligi
10~7 — 10~8 Om-m. Bularga molibden
bilan legirlangan temir, temirnikelli
qotishmalar, vanadiy qoʻshilmali temir-
kobaltli qotishmalar, temirnikel-kobaltli
qotishmalar, marganetsruxli, nikelruxli
ferritlar, elektrotexnika poʻlati,
shuningdek, magnit dielektriklar,
magnitostriksion materiallar va boshqa


kiradi. Ulardan magnit oʻtkazgichlar,
drossellar, elektromagnit rele,
transformator oʻzaklari, ferritlardan
magnit antennalar va boshqa
tayyorlanadi. Magnit jihatdan qattiq
material l arning koersitiv kuchi (5-YU3 —

■ 105 A/m), qoldiq magnit induksiyasi
(0,2—1,2 T) va magnit energiyasi (103—
105 T A/m)ning kattaligi bilan farq qiladi.
Bularga magnitli poʻlat, temir-
kobaltmolibdenvolfram, temirnikel-
alyuminiykobalt asosidagi qotishmalar,
platina-kobalt, berilliyli, stronsiyli va
kobaltli ferritlar, magnit jihatdan qattiq
dielektriklar kiradi. Magnit jihatdan qattiq
materiallardan, asosan, oʻlchash
asboblarida, mikrodvigatel va gisterezis


elektr dvigatellarda, soat mexanizmlarida
ishlatiladigan doimiy magnit tayyorlanadi.
Elektrotexnika poʻlatiga oltingururt bilan
legirlangan temir asosidagi krtishmalar
kiradi. Tarkibida 0,1—0,3% marganets
ham boʻladi. Bulardan elektr toki
generatorlari, transformatorlar, elektr
dvigatellar va boshqa ishlab chiqariladi.
Maxsus Magnit materiallarga
termomagnit qotishmalar va
magnitostriksion materiallar kiradi.
Termomagnit qotishmalar temperatura
taʼsirida asboblarning magnit tizimlarida
magnit oqimlari oʻzgarishlarini
sezdirmaslik uchun ishlatiladi.
Magnitostriksion materiallar yordamida


elektromagnit energiya mexanik
energiyaga aylantiriladi.
[1]
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Magnit_materiallar&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 11:30 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Magnit_materiallar&oldid=28
47087" dan olindi

Download 105.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling