Magnit materiallar magnit materiallar yordamida magnit oqida keskin kuchaytiriladi
Download 39.11 Kb.
|
Magnit materiallar
Magnit materiallar.magnit materiallar yordamida magnit oqida keskin kuchaytiriladi.magnit oqimidan past kuchlanishli toklarni yuqori kuchlanishli toklarga yoki elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda foydalaniladi.tashqi magnit maydon tasirida manitlanish xossasiga ega materiallar magit materiallar deyiladi. 1.diamagnetiklar M<1 2.paramagnetiklar M>1 3.paramagnetiklar>>1 Elektrotexnika sanoatida magnit materiallar yordamida kuchlanish va tokning qiymati oshirilishida,impuls energiyasini elektr energiyaga,elektr energiyani impuls energiyasiga aylantirishda keng qo’llaniladi. Bugungi kunda ferromagnitlarning qotishmasidan hosil qilingan yuqori magnit singdiruvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan fermit materiallardan keng foydalaniladi. Ferromagnitlar kristall shaklidagi jismlar bo’lib,uning tarkibidagi magnit momenti noldan farqli bo’ladi.bu xossa uning tarkibidagi elektr zaryadlarining yopiq hajm bo’ylab neytral aylanma toklari orqali hosil bo’ladi. Bunday toklar atom molekulasi orbitasidagi elektronlar,neytronlar aylanma harakatida yuzaga keladigan elektronli ,spontan-energiyali ko’chishlar orqali izohlanadi. Fewrromagnitlar tarkibidagi aylanma toklar (fuko toklari) magnit materiallarni to’yinish xususiyatini belgilaydi va bu gisterizis xodisasi deyiladi. Magnit materiallarning butun hajmi bo’ylab turli alohida yo’nalishga ega bo’lgan kichik qismlar magnitlik xossasini namoyon qiladi.bu qismlar doment deb yuritiladi.Domenlarning natijaviy magnit maydon yo’nalishi haroratga bog’liq holda o’zgaradi.Kyuri nuqtasi dweb ataladigan haroratda ularning yo’nalishi bir xil bo’ladi. Kyuri haroratidan yuqori haroratda magnitlanuvchi materialda magnitlanish to’xtaydi. Magnit materiallar qattiq va yumshoq materiallarga bo’linadi.yumshoq magnit materiallar tashqi kuch tasirida domenlarning o’zgartirilganda tashqi kuch olingandan so’ng o’z holatiga qaytadi.Yumshoq magnit materiallar yuqori magnitlanish xossasiga ega va gisterizis isrofi kam bo’ladi. Qattiq magnit materiallar tashqi kuch tasiridan so’ng domen yo’nalishi o’zgarmaydi. Anorganik dielektriklar.anorganik dielektriklarga shisha,stall,sopol ,slyuda va slyudali materiallar kiradi. Bu materiallar issiqqa chidamlilik,eskirmaslik,turxi xil nurlanishga bardoshlilik kimyoviy chidamli,siqilishga bo’lgan mexanik mustahkamlik va metall bilan birikkanda zich birikma xosil qilish xususiyatga ega. Kamchiligi sifatida ularning mo’rtligini, cho’zilishdagi mustahkamligining pastligi va zichligi katta qiymati (2500-8000kg/m3)ga ega ekanligini keltirish mumkin. Shisha.murakkab tuzilishli birikmalardan tashkil topgan bo’lib uning tarkibiga turli metall oksidlari kiradi.shisha tuzilishi jihatidan bir jinsli bo’lmagan amorf moddalar qatoriga kiradi. Shisha quyidagi xossalari bilan ajralib turadi. Yupqa parda va tolalar olinishi,optic jihatdan tiniqligi,turli xil metallar bilan birikishi,yuzasining tekisligi,mo’rtligi namgfa chidamliligi. Shishaning solishtirma og’irligi 200-8100kg/m3 cho’zilishdagi mexanik mustahkamligi 100-300 MPa siqilishdagi mexanik mustahkamligi esa 6000-21000 MPa. Sopol toshsimon anorganik plastmassa yoki uning kukunlariga yuqori haroratda ishlov berish orqali olinadi. Spool materiallarda asosan,kristall,shishasimon va gaz fazalari bo’ladi. Qo’llanilishi bo’yicha spool quyidagi turlarga bo’linadi. 1)o’rnatiluvchi buyumlarda ishlatiladigan s 2)kondenssatorlarda ishlatiladigan s. 3)signet s. 4)pezosopollar Sitallar-kristall strukturali anorganik materiallar bo’lib,maxsus tarkibli shishani kristallash orqali olinadi. Sitalning kristall fazasi tayyorlanish sharoitiga qarab 90-95 %ni tashkil etadi bunda kristall o’lchamlari 1-2 Mkm dan oshmaydi.kristall fazali sopoldan farqli o’laroq sital shisha qotishmalaridan xosil bo’ladi va mayda donador (kristall o’lchami 1Mkm) tarkibiga ega bo’lib material xajmida havo bo’shliqlari bo’lmaydi.quyidagi tarkibli sitallar keng tarqalgan: Litiy- alyumosilikatli (Li2O-Al2O3-SiO2) Magniy-alyumosilikatli (MgO-Al2SiO3) Litiy-rux-silikatli (Li2O-ZnO-SiO2) Litiy-magniy-silikatli(Li2O-Mgo-SiO2) O’tkazgich materiallar.Elektr toki o’tkazgichlari sifatida qattiq jismlar,suyuqliklar,va malum sharoitlarda esagaz ham qo’llanilishi mumkin. O’tkazgich materiallarning xossalarini asosiy ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat 1)Solishtirma qarshilik yoki solishtirma o’tkazuvchanlik 2)solishtirma qarshilikning temperatura koef. 3)issiqlik o’tkazuvchanlik koef. 4)Kontakt potensiallar farqi va termoelektr yurituvchi kuch 5)elektronlarning metalldan chiqish ishi 6)cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi Mumsimon dielektriklar.kristall tuzilishi jihatidan qatron va bitumlardan farq qilib qattiq xolatdan suyuq xolatga o’tishda o’zining aniq temperaturasiga ega.bu materiallardan elektr izolyatsiyasida shimiluvchi va quyiluvchi moddalar sifatida foydalaniladi. Ulardan foydalanilganda kondensator va boshqa elektr asboblarining konstruksiyalarini soddalashtirish imkoni yaratiladi. Mumsimon dielektriklar namga chidamli bo’lgani sababli ular qo’llanilgan konstruksiyalarni zichlash(germetizatsiyalash)talab etilmaydi.Mazkur dielektriklarning asosiy kamchiligi qotishda ular xajmiy kirishishining nisbatan yuqoriligidir(15-20%) Qutblilik darajasi bo’yicha mumsimon dielektriklar 3 guruxga bo’linadi 1.qutbsiz(paraffin,serezin) 2.qisman qutbli(polietilen,polizobutilen) 3.qutbli(olevaks) Parafin rangsiz,xidsiz,kristall strukturali mumsimon modda bo’lib, benzol neft moylari, benzin va efirda yaxshi eriydi. Parafin parafinli neft distillatini qayta ishlash orqali olinadi.parafinning erish temperaturasi qancha yuqori bo’lsa uning sifati shuncha yaxhi hisoblanadi. Parafinning zichligi 850-900 kg/m3 erish temp 50-60C Er =2,1-2,2 tg b=0,0003-0,0007 p=1013-1016 om Em=20-30 MV/m lak va kampaundlar. Lak tabiiy va sintetik qatronlar, biyum,quriydigan boshqa selluloza efiri va boshqa birikmalarning kolloid eritmasidir. Lakning qurish jarayonida uning tarkibidagi erituvchi moddalar uchib ketadi,natijada lak pardasi hosil bo’ladi. Vazzifasiga ko’ra elektr izolyatsiya laklari 3 guruxga bo’linadi: shimiluvchi, qoplovchi,yelimlovchi. Shimiluvchi laklar g’ovak va tolasimon izolyatsiya materiallari (qog’oz,yog’och)ga shimilishi natijaida ular xajmidagi xavo bo’shliqlarini siqib chiqaradi. Mazkur laklardan elektr mashina va apparati chulg’amlarini shimdirishda,lakli gazmollar va qatlamli plastiklar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Qoplovchi lakalr qattiq izolyatsiya materiallari yuzasiga surtilishi natijasida silliq,yaltiroq,mexanik mustahkam, namga chidamli qoplama olinadi. Yelimlovchi laklar 2 qattiq izolyatsiya materialini o’zaro yoki izolyatsiya materialini metall bn biriktirish vazifasini o’taydi.1> Download 39.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling