Magnit maydon a’zamjonova Zarina To’xtasin qizi


Download 14.36 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi14.36 Kb.
#1594023
Bog'liq
A\'zamjonova Tezis



MAGNIT MAYDON 
 
A’zamjonova Zarina To’xtasin qizi 
 
TATU Farg‘ona filiali 623-22-guruh talabasi 
+998906313178 
ANNOTATSIYA 
Tabiatda shunday tabiiy metall birikmalari mavjudki, ular ba‘zi bir 
jismlarni o‘ziga tortishi xususiyatiga ega. Jismlarning bunday xossasi 
ular atrofida maydon mavjudligini bildiradi. Bunday maydonni 
magnit maydon deb atash qabul qilingan. O‘z atrofida magnit 
maydon uzoq vaqt yoqotmaydigan jismlarni doimiy magnit yoki 
oddiygina magnit deb ataymiz. 
Kalit so‘zlar: Amper kuchi, Lorens kuchi, magnit maydon, uyurmaviy 
maydon, magnit oqimi. 
KIRISH 
Doimiy magnitning magnit tasiri eng kuchli bo‘lgan joyi magnit 
qutubi deyiladi. Har qanday magnit ikkita shimoliy va janubiy 
qutublari mavjud bo‘ladi. 
Ikkita magnit strelkasi bir-biriga yaqinlashtirilsa, ularning ikkalasi 
ham burilib, qarama-qarshi qutblari bir-biriga ro‘para kelib 
to‘xtaydi.Bu hol magnitning jismlar orasida o‘zaro tasir mavjudligini 
anglatadi. Ular maydon kuch chiziqlari bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. 
Kuch chiziqlari berk bo‘lgan maydonlar uyurmaviy maydonlar 
deyiladi. Magnit maydon uyurmaviy maydon ekan shu xususiyati 


bilan magnit maydon kuch chiziqlari elektr maydon kuch chiziqlari 
elektr maydon kuch chiziqlaridan farq qiladi. 
Magnit maydonnning biror nuqtasining kuch xarakteristikasini 
tavfsivlovchi fizik kattalik magnit maydon induksiyasi deb ataladi. 
Magnit maydon induksiyasi vector kattalik bo‘lib B harfi bilan 
belgilanadi. 
Magnit maydon induksiyasi birligi qilib XBS da Serbiya fizigi Nikola 
Teslaning sharafiga Tesla atash qabul qilingan. 
Magnit oqimi. Biror sirtini kesib o‘tayotgan magnit maydon kuch 
chiziqlari sonini tavsiflash uchun magnit oqimi degan tushuncha 
kiritilgan. S yuzadan o‘tayotgan magnit induksiya oqimi deb, 
magnit induksiya vektorning yuzaga ko‘paytmasiga aytiladi: Ta‘rifga 
ko‘ra, magnit oqimi ifodasini quyidagicha yozamiz: 
F=B*S, 
Magnit maydon induksiyasi 1 T ga teng bo‘lgan magnit maydonning 
Induksiya chiziqlari tik qo‘yilgan 1m2 yuzasini kesib o‘tayotgan 
magnit oqimi 1Wb ga teng. 
Lorens kuchi yo‘nalishi chap qo‘l qoidasi yordamida aniqlanadi. 
Agar chap qo‘lning kaftiga magnit induksiyasivektorini tik 
tushadigan va ko‘rsatkich barmoqlari yo‘nalishi musbat zaryad 
harakatining yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lsa, u holda 90 gradusga 
ochilgan Lorens kuchining yo‘nalishini ko‘rsatadi. 
XULOSA 


Xulosa qilib aytganda kiritilgan tokli o‘tkazgichga magnit maydon 
tomonidan ta’sir qiluvchi Amper kuchi, o‘tkazgichning shu qismidagi 
har bir zarraga magnit maydon tomonidan ta’sir qilayotgan 
kuchlarning yig‘indisidan iborat deb qarash mumkin. Magnit va 
elektr maydon ta’sirida vakuumda harakatlanayotgan zaryadli 
zarralarni massalari bo‘yicha tarkibiy qismlarga ajratuvchi asbob 
massaspektrometr deb ataladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. N.Sh.Turdiyev. Fizika. Umumta’lim maktablarining 8-sinf uchun 
darslik. T.: “Turon-Iqbol”, 2006 
2. А. Ниғмонхўжаев, К.А. Турсунметов ва б. Физика III. – Т.: 
«Ўқитувчи», 2001. – 352 б. 7. К.А. Турсунметов ва б. 
Физикадан масалалар тўплами. – Т.: «Ўқитувчи», 2005. (4 та 
нашр) – 216 б. 
3. 
Т.М. Оплачко, К.А. Турсунметов. Физика II – Т.: «Илм зиё», 
2006– 2017. – 208 б. 
4. A. No‘monxo‘jayev, A. Husanov, J. Usarov va b. Fizika. Optika. 
Kvant fizikasi. Atom va yadro fizikasi. – T.: «O‘qituvchi» NMIU. – 
2004. 
5. К.А. Турсунметов ва б. Физика. Маълумотнома. – Т.: 
«O‘zbekiston», 2016. – 176 б. 

Download 14.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling